Ehtiyoj- Ekin- aholi va sanoat uchun oziq-ovqat hamda xom ashyo olish maqsadida ekiladigan o`simliklardir. Ekinlar madaniy o`simliklar bo`lib, maxsus ekin maydonlariga ekiladi va parvarish qilinadi.
Ekin maydoni- qishloq xo`jaligi ekinlari bilan band bo`lgan haydalma yerlar. Ekin maydonlari bir nechta turlarga bo`linadi. Umumiy ekin maydoni (ko`p yillik bog`lar, tokzorlar, o`rmonlardan tashqari barcha qishloq xo`jaligi ekinlari bilan band bo`lgan yerlar), ayrim qishloq xo`jaligi ekinlari ekin maydoni (paxta, sholi, kartoshka, kanop, tamaki va b), ekin guruhlari ekin maydoni (bahori va kuzgi don, texnika, sabzavot-poliz ekinlari va boshqalar)ga bo`linadi.
Ekologik tizim- Ekologiya-(yunoncha — uy, turar joy va logiya fan, ya`ni uy-joy haqidagi fan degan ma`noni bildiradi) —organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan.
Ekomarkaz- Ekskavator-(lotincha yexsauo - o`yaman, qaziyman degan ma`noni bildiradi) tog` jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki to`plash uchun mo`ljallangan qazish-yuklash mashinasi. Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki siklli ishlaydigan) va ko`p kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga bo`linadi. Ekskavatorning asosiy qismlari: kovsh (cho`mich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenitsa, g`ildiraklar). Ekskavatorlar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham ekskavatorlar ishlab chiqarilgan (1945-1990).
Ekvator-(lotincha so`z bo`lib teng boʻluvchi degan ma`noni bildiradi) - Yer yuzasida qutblardan teng uzoqliqdan oʻtkazilgan katta aylana chiziq. Yerning aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan va uning markazidan oʻtuvchi yassi yuza bilan yer yuzasining kesishgan chizigʻi. Ekvator uzunligi 40 075 696 m. Ekvator Yer sharini ikkiga — Shimoliy va Janubiy yarim sharlarga boʻladi. Ekvatorda kecha va kunduz doimo teng boʻladi. Ekvator Yerning eng issiq joyi hisoblanadi va uyerdagi mamlakatlarda sovuq havo harorati kuzatilmaydi.