Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə62/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Elevator-
Eman- qimmatli darax hisoblanadi. Eman Dub daraxti ham deb yuritiladi. Emannin g diametri 1 m, bo`yining balandligi 40 m gacha boradi. Eman barg yozayotganda gullaydi. Mevasi to`ng`iziyong`oq deb ataladi. Eman yorug`sevar, qurg`oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydigan o`simlik. Emanning yog`ochi juda mustahkam bo`lib, qurilish va mebel tayyorlashda sifatli mahsulot hisoblanadi. Eman to`nlasidan o`sib chiqadi va urug`idan ko`karadi. Ko`kalamzorlashtirishda ham alohida ahamiyatga ega bo`lgan manzarali daraxt.
Eshik peshtoqi-
Eski Anhor kanali- (Eski angor ham deyiladi) Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qurilgan magistral kanal. Dargʻom kanalidan suv oladi. Eski Anhor qadimiy kanal, miloddan avvalgi 1-asrda qazilgan va Manas nomi bilan yuritilgan. Dastlabki uzunligi 300 km dan ortiq boʻlgan. 6—8, 8—13-asrlarda, moʻgʻullar istilosi davrida vayron qilingan. Temuriylar davrida esa qayta tiklangan. Soʻnggi 4-asr davomida qarovsiz qolgan. 1954-yilda uni rekonstruksiya qilish boshlanib, 1955-yilda ishga tushirildi. Kanal trassasi janubi-gʻarb yoʻnalishida choʻl yerlardan oʻtadi. Umumiy uzunligi 184 km. Kanal kam suvli Qashqadaryo havzasini iyul—avgust oylarida Zarafshon daryosining suvi bilan toʻyintiradi. Qashqadaryoga Qarshi shahridan yuqoriroqda quyiladi. 1974-yil 56-km da uning davomi sifatida sharq yoʻnalishida Moskva (hozirgi Mustaqillik) kanali qurildi. Eski Anhordan sugʻoriladigan Koson tumani etagidagi ekinzorlar Pistoli kanalidan mashina yordamida suv olinib, sugʻorila boshlandi. Kanal oʻzani toʻliq beton toʻshama bilan qoplangan. Kanal 76 km da Chiroqchi shahridan yuqoriroqda Qashqadaryoga suv tashlaydi. Kanalning qurilishi Chiroqchi tumanida 15 ming, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlar etaklaridagi bir necha ming gektar ekinzorlarning suv taʼminotini yaxshiladi.
Eskiyer suv ombori- Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida qurilgan suv ombori. Bu suv ombori1978-yilda ishga tushirilgan. Gʻirvonsoy va Namangansoy suvlarini oqizish mavsumida toʻplaydi. Toʻgʻonining balandligi 23 m. Chortoq, Yangiqoʻrgʻon, Namangan tumanlaridagi yerlarni sugʻorishda foydalaniladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin