Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə64/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Faraz-
Farg`ona shahri-(1907 yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907 — 1924 yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 223 mingga yaqin (Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining janubiy qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
Farg`ona tog` tizmasi-Markaziy Tyanshanning g`arbiy qismidagi (Qirg`iziston) tog` tizmasi. Farg`ona vodiysini Ichki Tyanshandan ajratib turadi. Shimoli-g`arbda Isfanjoylov Boyboshota tog` tugunidan boshlanib, Kichik Olay tizmasining sharqida Tuzbel dovonida (3934 m) tugaydi. Uzunligi 225 km, eng keng joyi 90 km dan ziyod. Balandligi 3000 m. Eng baland joyi 4692 m. Tizmaning g`arbiy yon tarafida O`zgan va Kuchari soyliklari, sharqiy yon bag`rida Ko`kiyrim, Arpa soyliklari bor. Farg`ona tizmasidan Qoradaryo, Yassi, Kuchari, Qoraungur, Qoraqulja, Olabuqa va boshqa daryolar oqib tushadi. Iqlimi shimoli-sharqiy qismida keskin kontinental, yog`in miqdori kam, janubi-g`arbiy yon bag`rida esa mo`tadil. Farg`ona tizmasida, asosan, janubi-sharqiy qismida muzlik ko`p (soni 156 ta, maydoni 125 km²). Tizmaning janubiy yon bag`rilarida mevali o`rmonlar, igna bargli daraxtlar, archazorlar, butalardan zirk, na`matak, baland qismlarida subalp va alp o`tloqlari mavjud. Yovvoyi hayvonlardan qizil bo`ri, tulki, bars, tog` echkisi va qo`yi, turli qushlar, sudralib yuruvchilar uchraydi. Farg`ona tizmasining janubi-g`arbiy yon bag`rida ko`mir, tog` oldi qismida neft-gaz konlari ochilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin