Farg`ona viloyati- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming kv.km. Aholisi 3,317 ming kishidan ziyod. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Fargʻona shahri.
Fasl- bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir Shimoliy qutb, bir Janubiy qutb Quyoshga qarab qoladi. Shimoliy qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda Shimoliy yarim shar koʻproq isiydi, Janubiy qutb Quyoshga roʻpara kelganda esa Janubiy yarim shar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi. Shim. yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb - Quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan oʻtish vaqti (21 - 22 mart); yoz faslining boshlanishi deb Quyoshning yozgi turish nuqtasidan oʻtishi (21 - 22 iyun); kuz faslining boshlanishi deb - Quyeshning kuzgi teng kunlik nuqtasidan oʻtishi (23- sentabr) va qishning boshlanishi deb - Quyoshning qishki turish nuqtasidan oʻtishi (21 - 22 dekabr) kunlari qabul qilingan. Janubiy yarim sharda bularning aksi boʻladi.
Fazan (tustovuq)- Fazo- Ferma- xususiy qishloq xoʻjaligi korxonasi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ferma oʻz mulkida yoki ijaraga olingan yerda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan fermerga tegishli boʻladi. Ixtisoslashishiga qarab, ferma qoramolchilik, qoʻychilik, choʻchqachilik, parrandachilik va boshqa yoʻnalishlarda tashkil etiladi. Chorvachilik fermalari naslchilik va tovar fermalariga boʻlinadi, ularning miqyosi chorva mollari bosh soni va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi. Fermalar yem-xashak ekinlarini ekish, mollarni yaylovda boqish sharoiti, suv resurslari, yoʻllarning joylashishi, aholi yashash joylarining uzoq-yaqinligi, veterinariya-sanitariya va boshqa omillar mavjudligiga qarab tashkil etiladi.