Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə73/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Go`sht- qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Go`sht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi. Go`shtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki Go`shti sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi. Go`shtning saqlanish muddatini uzaytirish uchun muzlatiladi, tuzlanadi, dudlanadi.
Go`shtxo`r hayvon-
Grafit-(yunoncha grapho — yozaman degan ma`noni bildiradi) — mineral, yer poʻstlog'ida uchraydigan sof uglerodning bir koʻrinishi. Kimyoviy formulasi — S. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va toʻq kulrang , metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning oʻzida esa yuqori — 5,5 va undan koʻp. grafit keng tarqalgan. Oʻtga chidamli, elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Grafit sunʼiy ravishda ham olinadi. Oʻzbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar hosil qilgan. RFda (Ilmen togʻi), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstraliya, AQShda konlari bor. Eng katta koni Toshqazgʻanda (Quljuqtog`). Grafitdan tigel, qalam, elektrod, boʻyoqlar tayyorlanadi.
Granit-(lotincha granum – dona degan ma`noni bildiradi) to`liq kristallangan nordon tog` jinsi. Yer po`stidagi eng ko`p tarqalgan tog` jinsi. Granit Yer po`stining chuqur qismida magmaning butunlay kristallanishidan hosil bo`ladi. Granitning rangi qizil, pushti, och sariq, bo`zrang, ba`zan och yashil bo`ladi. Granit yaxshi silliqlanadi, bo`laklarga ajraladi. Shuning uchun imorat devorlarini bezash, poydevoriga naqsh ishlash, zinapoyalar yasash va haykaltaroshlikda ko`p foydalaniladi. Granit O`zbekistonda Chotqol, Qurama, Hisor, Zirabuloq, Ziyovuddin va boshqa tog`larida, xorijda esa Ural, Kavkaz tog`larida, Ukraina, AQSH va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan.
Gugurt-
Gul changi-gulli o`simliklar changdonlarida hosil bo`ladigan chang donachalari. Chang donchalari shakli (yumaloq, cho`zinchoq, bo`lakchali yoki ko`p burchaqli), hajmi va qobiq ko`rinishi bo`yicha nihoyatda xilma-xil. Gulli o`simliklar gul changi mayda, yirik va gigantlari ham bo`ladi. Gul changi oziq moddalar (qand, yog`, oqsil va boshqalar)ga boy, shuningdek, tarkibida fermentlar, vitaminlar ko`p uchraydi. Ko`pchilik urug`li o`simliklarda chang donachalari, odatda, ko`p bo`ladi.
Gul- o`simlikning urug` hosil qiladigan qismi. Gul o`sishi cheklangan, shakli o`zgargan novda hisoblanadi. Gul gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urug`chidan tashkil topgan. Kosachabarglar — gulning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, o`simlik turiga qarab soni har xil bo`ladi. Gultoj barglar — kosachabarglardan ichki qavatga joylashgan gulbarglardan iborat. Rangi har xil. Tojbarglar ham tutash va ayritoj bo`ladi. Changchilar gulning chang (mikrospora) hosil qiluvchi qismi. Ular uchinchi qavatni tashkil qiladi. Urug`chi gulning urug`kurtak (makrospora) hosil qiluvchi qismi bo`lib, markazda joylashgan. Kosachabarglar bilan tojbarglar gulqo`rg`on deyiladi. Kosachabarglar bilan tojbarglarga aniq ajralgan gulqo`rg`on murakkab, bunday ajralmay, rangi bir xil bo`lgan gulqo`rg`on oddiy gulqo`rgon deyiladi.
Gulbeor-(Portulaca grandiflora) semizo`tdoshlar oilasiga mansub bir yillik o`t. vatani Janubiy Amerika. Poyasi nisbatan yo`g`on, sersuv, serxhox bo`lib, bo`yi 10-15 sm bo`ladi. Barglari ensiz, tuksiz. Guli yirik, shoxchalarning uchida 2-4 tadan joylshadi. Gullari oq, qizil, sariq, binafsharang va boshqa ranglarda bo`ladimay-sentabr oylarida gullaydi. Ko`sakchasi bir chanoqli, ko`p urug`li. O`zbekistonda manzarali o`simlik sifatida ekiladi. Gulbeor urug`idan yaxshi ko`payadi. Shu sababli beorgul deb nomlangan. O`zbekistonda semizo`t deb atalgan 1 ta yovvoyi turi o`sadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin