Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Genofond-(gen va fransuzcha fond — asos so`zlaridan olingan) — individlarda



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə71/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Genofond-(gen va fransuzcha fond — asos so`zlaridan olingan) — individlarda mavjud boʻlgan va mazkur populyatsiyan tashkil qiluvchi genlar yigʻindisi. Genofond irq va turlarning paydo boʻlish jarayoni asosidir. "Genofond" terminini fanga rus olimi A. S. Serebrovskiy 1928-yil kiritgan.
Geolog-
Gerbariy- maxsus usullar bilan yig`ib, quritilgan o`simlikdir. Ulardan keng ma`noda ilmiy maqsadlarda, hozirgi zamonning eng muhim muammolaridan hisoblangan, ekologiya hamda tabiat muhofazasi bilan bog`liq masalalarni bartaraf etishda, tabiiy o`simlik xomashyolaridan oqilona foydalanish va “Qizil kitob”ga kiritilgan muhofazaga muhtoj o`simlik turlarini nazorat qilishda foydalanish mumkin. Oltin varaqlardagi yorliqlarga o`simlikning ilmiy va mahalliy nomlari, o`sadigan joyi, yili, oyi, kuni, gerbariy raqami, kim tomondan yig`ilgan, kim tomondan aniqlangan barchasi aniq yoziladi. Qariyb bir asrga tengdosh gerbariy nusxalari asl holatidagidek saqlangan. Gerbariylar quruq joyda, kartondan yasalgan uzunligi 45 – 50 sm li, eni 30-35 sm li va balandligi 25-30 sm li maxsus qutilarda saqlanadi.
Gidroelektrostansiya-(GES) -suv oqimining energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetroqda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES lar uzoqdan turib boshqariladi.
Gilos- (Cerasus avium L.) — raʼnoguldoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub danakli meva daraxti. Yovvoyi holda Oʻrta va Janubiy Yevropa, Eron, Kavkaz, Ukraina, Moldovada uchraydi. Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Yaponiya, Ukrainaning janubi, Kavkaz, Boltiqboʻyi va Oʻrta Osiyoda ekiladi. Gilos daraxtining boʻyi 10—15 m (baʼzan 30 m gacha boradi), shoxlari qalin, yoyilib oʻsadi. Bargi choʻziq-tuxumsimon, toʻq yashil rangda. Guli oq. Mevasining shakli dumaloq, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis bo`ladi. Gilos yangiligida isteʼmol qilinadi, kompot, murabbo, tayyorlanadi. Gilos asal beradigan oʻsimliklar qatoriga kiradi. Gilos unumdor, nam, moʻʼtadil yerlarda yaxshi oʻsadi, yorugʻlik va issiqlikka talabchan. Koʻchati ekilgandan keyin 4— 5-yili hosilga kiradi. Daraxti 100 yilgacha yashaydi, tupi 150—300 kg hosil beradi. Asosan mart—aprelda gullaydi, may—iyunda pishadi. Yozi issiq hududlarda yaxshi oʻsmaydi. Namga talabchan. Gilosning 100 ga yaqin navi maʼlum. Oʻzbekistonda gilosning Savri surxoni, Qora gilos, Sariq gilos, Bahor, Revershon, Sariq drogana, Chkalov navlari koʻp ekiladi.
Gil-soz loy, choʻkindi togʻ jinsi. Gil yopishqoqlik, qovushqoqlik xususiyatlariga ega. Suvda tez boʻkib, qovushqoq massa hosil qiladi, quriganda esa namligidagi shaklni saqlab qoladi. Gil har xil togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻlgan mahsulotlarning dengiz hamda koʻl havzalari ostida yotqiziqlar hosil qilishi natijasida paydo boʻladi. Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik hududlarida tarqalgan tuproqlar tarkibidagi kaolinit, montmorillonit koʻproq oʻrganilgan. Bunday mineralli gil tuproqda yaxshi suv va ozuqa rejimini vujudga keltiradi hamda uni donador qiladi. Shuning uchun qumli va toshli tuproqlar unumdorligini oshirish maqsadida ularga tarkibida koʻp organik modda tutuvchi gilli minerallar (mas, bentonit) solinadi.
Gips-(yunoncha gypsos — boʻr, ohak degan ma`noni bildiradi) - tabiiy boylik. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruxlar tarzida uchraydi. Toza gips rangsiz va shaffof bo`adi. Tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang , sargʻish, qoʻngʻir va boshqa rangli boʻladi. Gips suvi quriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida paydo boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan. Gips qurilishda qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda (gips bogʻlovchilar tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin