Forel baliq- Fosfor-(yunoncha phosphoros — yorug`lik tashuvchi, phos — yoruglik va phoro — tashiyman, lotincha Phosphorus), Mendeleyev davriy jadvaliga kiruvchi kimyoviy element. Tabiatda fosforning oq, qizil va qora turlari uchraydi. Fosfor harbiy maqsadlarda, gugurt sanoatida, metallurgiyada, fosforli bronzalar hosil qilishda qoʻllanadi. Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol oʻynaydi.
Fosforit- cho`kindi tog` jinslari. Sof fosforitning rangi asosan oq bo`lib, juda kam uchraydi. Fosforit tarkibidagi rangli moddalarga ko`ra qora, kulrang , jigarrang , ba`zan ko`k, yashil, qizil, sariq, och kulrang bo`ladi. fosfatlarga toʻyingan choʻkindi togʻ jinslari. Sof F.ning rangi asosan oq boʻlib, juda kam uchraydi. Fosforit tarkibidagi rangli moddalarga koʻra qora, kulrang , jigarrang , baʼzan koʻk, yashil, qizil, sariq, och kulrang boʻladi. Fosforit tuzilishiga qarab yaxlit, donador, shagʻalsimon turlarga boʻlinadi. Yaxlit va donador fosforit koʻp tarqalgan. Fosforit kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy isteʼmolchi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, fosforitdan 90% gacha fosforli oʻgʻitlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, fosforitdan yoʻl-yoʻlakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. Rossiya, Boltiqboʻyi, Sibir, Qozogʻistonda yirik fosforit konlari bor. Oʻzbekiston hududida fosforit paleogen, boʻr, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgan. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi Jeroy Sardara, Shimoliy Yetimtogʻ va Karakata konlarida mavjud.
Foydali hasharotlar- Foydali qazilma-Yer po`stida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida to`plangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga ko`ra sanoatda ishlatishga yaroqli bo`lgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Foydali qazilmalar 3 guruhga: metall, nometall va yonuvchilarga bo`linadi. Metall foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, nodir yer elementlaridan iborat. Nometall foydali qazilmalarga konchilik-kimyo xom ashyolari kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshko`mir va qo`ng`ir kumir, torf, yonuvchi slanetslar yonuvchi foydali qazilmalarga mansub.
G.A. Gagarin-Smolensk viloyati, Klushino qishlogʻida 1934-yil 9-mart kuni tavalluda topgan. U sovet uchuvchisi va fazogiri boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini 1 soat 48 minut davomida aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi. Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi Qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi. Ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili 27-mart kuni 34 yoshida Mig 15 uchogʻini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi. Gagarin sharafiga xotira tangalari, pochta markalari zarb etilgan, haykal va monumentlar oʻrnatilgan, uning sharafiga maktab, kinoteatr, topografik joylar nomlangan. Har yili 12-aprelda Kosmonavtika Kuni nishonlanadi. 2011-yili odamzotning ilk parvozini Google ham xotirladi
G`arb-ufqning , dunyoning 4 asosiy tomonlaridan biri. Shimolga qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo`ladi. Oʻrta asrlarda g`arb oʻrniga magʻrib atamasi ishlatilgan. Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismi, Tunis, jazoir, Marokash Magʻrib deb, Atlantika okeani, Oʻrta dengiz Magʻrib dengizi, Sahroi Kabir, Sudan choʻllari Magʻrib choʻllari deb atalgan. Magʻribdan mashriqqacha deganda Afrikadan Xitoygacha boʻlgan hudud tushunilgan. G`arb Quyosh botadigan tomon.