Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə53/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Daryo foreli-
Daryo- tabiiy o`zanda doimiy yoki mavsumiy oqadigan va daryo havzasidagi yer usti va yer osti suvlari hisobiga to`yinadigan suv oqimi. Har bir daryoning manbai va dengiz, ko`lga quyiladigan yoki boshqa daryo bilan qo`shilib ketadigan joyi - mansabi bo`ladi. Manba suvayirg`ichga yaqin joylashgan bo`ladi.Daryolar ko`pincha ko`l, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. O`zbekistondagi daryolar, asosan, tog`lardagi qor va muzliklardan hamda yomg`ir suvlaridan to`yinadi. O`zbekiston hududini kesib o`tuvchi eng katta suv arteriyalari bo`lmish Sirdaryo va Amudaryo hamda ularning irmoqlari O`zbekistondan tashqarida boshlanadi. O`zbekistonning yirik daryolari: Norin, Qoradaryo, So`x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning ko`pchiligi faqat o`rta va quyi oqimida O`zbekistan hududidan o`tadi.
Dasht zonasi- tabiiy landshaftlarida koʻp joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning mo`tadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. Mo`tadil mintaqalarning dasht zonalarida iqlim quruq va continental bo`ladi. Iqlimi quruq va continental. Qoratuproq, toʻq kashtan va kashtan tuproqlarida oʻtsimon, koʻproq boshoqli oʻsimliklar oʻsadi. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika hududlarida yaqqol koʻzga tashlanadi, Janubiy Amerikaning janubida ham uchraydi. Dasht zonalarida havo mo`tadil issiq bo`lib, yogʻin kam yog`adi, quyoshli yozi kam, qorli sovuq qishi esa tez boshlanadi.
Dashtobod shahri-Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar). Shahar 1937-yilgacha Karatepa qishlogʻi, 1937—1974-yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974-yildan 1996-yilgacha Ulyanove, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax shashridandan 60 km uzoqlikda joylashgan. Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shimoli togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qadimgi karvon yoʻlida joylashgan. Hozirgi kunda aholisi 21 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Shaharda paxta tozalash zavodi, un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 6 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Samarqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv quvuri qurilgan.
Dastarbosh-(Aciella) murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bo`yi 60-85 sm ga yetadigan ko`p yillik osimlik. Poyasi ko`p bo`lib, tuklari bor. Barglari uzun, pastki barglari bandli, yuqoridagilari esa bandsiz bo`ladi. Savatchasi 4-10 mm kattalikda,turli xil sondagi gullardan iborat, novdaning uchlarida joylashgan. Gullari sariq rangda, urug`I esa kulrang-qora rangda bo`ladi.bu osimlik iyun-sentabr oylarida gullaydi va urug`laydi.dastarbosh adir va tog`larda, ariq bo`ylarida, daryo sohillarida, shag`al va mayda toshli joylarda o`sadi. Undan tayyorlangan sharbat va qiyom oshqozon og`rig`I uchun davo bo`ladi.
Davr-jamiyat taraqqiyotida muhim voqea, hodisa yuz bergan, hukm surgan yoki o`ziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan maʼlum vaqt oralig`i (masalan, tosh davri, temir davri va boshqalar).

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin