Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Chuqurlik- Chust shahri-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə50/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Chuqurlik-
Chust shahri- Namangan viloyati Chust tumanidagi shahar, tuman markazi. Fargʻona vodiysining shimoliy chekkasida, togʻ etagidagi tekislikda, Chust soyi sohilida, Namangan shahridan 36 km gʻarbda, Chust temiryoʻl stansiyasidan 13 km shimolda, dengiz sathidan 1000–1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi 64 mingga yaqin. Chust Fargʻona vodiysining qadimiy shaharlaridan biridir. Chustning shimoliy chekkasidagi Buonamozor (Bibionamozor) manzilgohi hududidan Chust madaniyatiga oid materiallar topilgan. Chust qadimdan Fargʻona vodiysining hunarmandchilik markazlaridan biridir. Chustlik temirchilar, toʻquvchilar, sopol buyum ustalari, zargarlarning mahorati shuhrat qozondi, chust pichoqlari va doʻppilarining dongʻi keng tarqaldi. 1912-yilda 6 paxta tozalash, charm zavodlari faoliyat koʻrsatgan. 1926-yildan Chust yangi tashkil qilingan Chust tumanining markazi boʻldi. Chustda „Barion“, „Paxta tolasi“, „Chustmash“ va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari, „Suvmash“, non zavodlari va savdo korxonalari, bosmaxona, koʻzi ojizlar korxonasi, kichik korxona, mikrofirmalar, qurilish, transport korxonalari va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, shu jumladan, gimnaziya-internat maktabi, sanatoriyinternat maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, 2 bolalar va musiqa sanʼat maktablari, 6 kasb hunar kolleji, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, stadion, tennis korti, suzish havzasi, kutubxonalar va klublar, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi, tugʻruqxona, markaziy tuman kasalxonasi va uning boʻlimlari ishlab turibdi. Chust orqali Fargʻona halqa avtomobil yoʻli oʻtadi va shaharni Namangan, Andijon, Pop, Fargʻona, Kosonsoy, Gʻova, Varzik, Olmos, Axcha va boshqa aholi punktlari bilan bogʻlaydi.
Chuvalchang-
Cobalt-„General Motors“ tomonidan ishlab chiqilgan avtomobil. Ushbu avtomobil to‘rt turda ishlab chiqariladi. Cobalt mashinasi 2009-yildan boshlab ishlab chiqrila boshlangan. „Cobalt“ 1,5 litr hajmdagi to‘rt silindrli, benzin bilan ishlaydigan 106 ot kuchi quvvatiga ega va 5 bosqichli mexanik uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. 100 kilometrga taxminan 6,2 litr yoqilg‘i sarflaydi. Rivojlanib borayotgan bozorlarda bu avtomobil B turkumiga kiruvchi yagona model bo‘ladi. Bundan tashqari, uning 6 bosqichli avtomat transmissiya o‘rnatilgan rusumi ham mavjud. Besh kishi uchun mo‘ljallangan keng salonli avtomobil yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yon tomonlari baland anatomik o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Avtomobil konditsioner, quyma disklar, audiotizim, xavfsizlik yostiqchalari, elektr ko‘zgular va avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin