Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə47/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Chorvoq suv ombori- Chirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan gidrotexnika inshooti. Bu suv ombori 1963-1970-yillarda qurilgan. Xalqni bir meʼyorda suv bilan taʼminlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Chatqol va Ugom tog`lari orasiga qurilgan. Tosh tuproqli toʻgʻoni uzunligi 768 m, balandligi 168 m, yuqori qismining eni 12 m ga teng. Toʻgʻonda Chorvoq GESni suv bilan taʼminlash uchun uzunligi 800 m va diametri 11 m boʻlgan 2 ta tunnel bor. Suv omboriga Piskom, Koʻksuv, Chatqol daryolari quyiladi. Suv oqimi koʻpayib, xatarli darajaga yetganda suvni chiqarib yuboradigan shaxtali va 2 ta pogʻonali suv tashlagichlar bilan jihozlangan. Chorvoq suv ombori Chirchiq—Boʻzsuv suvenergetika traktini bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilishi bilan suv kam boʻlgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi 355 ming gektardan ortiq yerni barqaror suv bilan taʼminlash, Chirchiq daryosining yuqori oqimida roʻy beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi.
Choshgohlik-
Chotqol davlat biosfera qo`riqxonasi- Toshkent viloyatining Parkent tumani tog`li hududida, Chotqol tog` tizmalarining janubi-g`arbida joylashgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 21-iyundagi qarori bilan Chotqol qo`riqxonasi (1947) negizida Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog`i tashkil etilishi munosabati bilan uning janubiy qismida alohida qo`riqlanadigan hudud tarzida ajratilgan. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish boshqarmasiga qaraydi. G`arbiy Tyanshanning ulkan va noyob o`simliklari, hayvonot va qushlarini o`rganish, saqlab qolish va ko`paytirish maqsadlarida ish olib boradi. Umumiy maydoni 9900 gektar. Qo`riqxona hududi sharqda deyarli Namangan viloyati, janubi-g`arbda Ohangaron tumani tog`li hududlariga yaqin boradi. Qo`riqxonada o`simliklarning 1300 ga yaqin turi, Hayvonlardan 30 dan ortiq turi, qushlarning 140 dan ortiq turi, umurtqasizlarning 19 turi uchraydi. G`arbiy Tyanshan uchun noyob bo`lgan o`simliklarning 33 turi, hayvonlarning 3 turi, qushlarning 4 turi Xalqaro va O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin