Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə40/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Charx ilon-(efa deb ataladi) (Echis) — qora ilonlar oilasiga mansub. Charx ilonning uzunligi 80 sm gacha bo`ladi. Kulrang yoki qoʻngʻir tusli tanasida oqish ilon izi hoshiyasi bor. Tanasining 2 yonidagi tangachalari qirrasida tishchalari boʻladi. Charx ilonlar tanasini halqa qilib oʻraganida tangachalar ishqalanishi natijasida charx toshi aylanishiga oʻxshash tovush chiqadi (nomi shundan). Bu ilonning 3 turi, jumladan, qum charx iloni va chipor charx iloni Shimoliy Afrika, Janubiy, Janubi-Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda qum charx iloni Buxoro, Surxondaryo viloyatlari hamda Qizilqum choʻlida uchraydi. Shomda va tunda faol hayot kechiradi. Mayda umurtqalilar, yosh charx ilonlar, asosan, hasharotlar va oʻrgimchaklar bilan oziqlanadi. Tuxumdan tirik tugʻadi. Urgʻochisi 3 tadan 18 tagacha bola tugʻadi. Charx ilon zaxarli bo`lib, chaqishi oʻlimga olib kelishi mumkin. Zaxaridan tibbiyotda dori tayyorlash uchun foydalaniladi.
Chekish- ayrim tutovchi o`simlik mahsulotlari (tamaki, afyun va boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki chekish keng tarqalgan zararli odatlardan bo`lib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sog`lig`iga yomon taʼsir etadi, yuraktomir, meʼda, o`pka kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Tamaki chekkan odam unga o`rganib, chekmasdan turolmaydigan bo`lib qoladi. Tamaki tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir etib, u markaziy va periferik nerv sistemasiga taʼsir ko`rsatadi, qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi, nafasni tezlashtiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi, kariyes, stomatit kabi kasalliklar vujudga keladi, u bronxlar shilliq pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va o`pka emfizemasiga, keyinchalik tuzatib bo`lmaydigan xavfli o`smalar rivojlanishiga olib keladi.
Cherkez-(Salsola richteri Karel) — shoʻradoshlar oilasiga mansub yirik buta yoki daraxt. Oʻrta Osiyoning qumli choʻllari, Eron va Afgʻonistonda oʻsadi. Boʻyi 4 m cha, barglari ingichka, deyarli ipsimon, uzunligi 4—8 sm. Gulyonbargchalari gullaridan qisqa yoki ularga teng . Gullari koʻrimsiz bo`ladi. Cherkez iyun—sentabrda gullab, meva beradi. Oʻzbekistonning qumli yerlarida keng tarqalgan. Yem-xashak va dorivor oʻsimlik. Undan koʻchma qumlarni mustahkamlashda ham foydalaniladi. Xashagi toʻyimli, mevasidan dorivor moddalar, yangi barglaridan gazlama boʻyoqlari olinadi, yangi novdalari sovun tayyorlashda ishlatiladi. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkilaridan koʻpayadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin