Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə38/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Buxoro viloyati-O‘zbekiston respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Buxoro viloyati 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming kv. km. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi. Buxoro viloyati tarkibida: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon kabi tuman shaharlari bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan o`zbek, rus, fors (eroniylar), turkman, tojik, ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi. Markazi-Buxoro shahri.
Buyrak- odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft aʼzo bo`lib, loviya shaklida, qorin boʻshligʻining orqa tomonida, umurtqa pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan. Har bir buyrakning boʻyi 10—12 sm, eni 6 sm, yoʻgʻonligi 3—4 sm, ogʻirligi oʻrtacha 140—150 g bo`ladi. Oʻng buyrak tepasida jigar borligi tufayli, chap buyrakka nisbatan bir oz pastroqsa yotadi. Buyrak ichida buyrak usti bezlari bor. Moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan buyrak orqali chiqib ketadi. Shu bilan birga buyrak organizm uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab, tashqariga chiqarmay qoʻyadi, organizmning ichki muhitini taʼminlaydi.
Buyum-
Buyurtma parvarishxona-
Buzoqboshi- qurtlar - may qoʻngʻizlarintlng tuproqda hayot kechiradigan qurtlari.
Buzoq-sigirning 6 oylikkacha boʻlgan bolasi. Yirik zotli buzoq og‘irligi tug‘ilishda 35–45 kg, mayda zotlisining og‘irligi 25–35 kg bo‘ladi. Buzoq tugʻilishi bilan og‘izburnidagi shilimshiq sochiq bilan artiladi, tug‘ilganda kindigi uzilmagan bo‘lsa qorin tomondan 10—12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, so‘ngra yalab tozalash uchun onasi oldiga qo‘yiladi. Tug‘ilgandan keyin 1—1,5 soat o‘tgach, birinchi marta onasiga emdiriladi. Buzoq chorvachilik fermalarida quruq, toza poxol to‘shalgan katakda birinchi hafta ichida og`iz suti bilan boqiladi. So‘ngra umumiy buzoqxonaga ko‘chirilib, alohida katakda, keyin 5—6 buzoq birgalikda saqlanadigan kataklarda boqiladi. 20 kunlik bo‘lguncha sutkasiga 6—8 l dan qaymog‘i olinmagan sut bilan, 30 kunlik bo‘lganda bunday sut kamaytirilib, sun’iy sut bilan boqiladi. Ikkinchi o‘n kunlikdan boshlab sifatli o‘t, mayin pichan, uchinchi o‘n kunlikda aralash ozuqalar yeyishga o`rgatiladi. Ikki oyligidan esa buzoqlarga ildizmevalar, yaxshi silos, aralash yem, tuz va boshqalar beriladi. Yaxshi parvarishlangan va soglom buzoqlar vazni 6 oyligida 125–150 kg ga yetadi.
Captiva- Janubiy Koreyaning "General Motors" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan besh eshikli, besh o'rinli mashina. Mashina Daewoo Winstorm, Opel Antara, Saturn Vue, GMC Terrain avtomobillarida GM Theta platformasiga (GM Theta platformasi) asoslangan. Captive avtomobili bugungi kunda O`zbekistonda “General Motors” bilan o`zaro hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. 2,4 litr hajmli motori esa 167 ot kuchi quvvatigacha bera oladi.
Chalov- tog` va tog` etaklarida o`sadi. O`zbekistonda chalovning 13 ta turi uchraydi. Chalovning hamma turi o`rtacha yem-xashak hisoblanadi. Chorva mollari ularni bahorda yaxshi yeydi, gullaganidan keyin esa yemay qo`yadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin