Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Bog`bon- bog`ni parvarish qilish bilan shug`ullanadigan kishi. Bol-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə31/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bog`bon- bog`ni parvarish qilish bilan shug`ullanadigan kishi.
Bol- asalari asalining ma`nodoshi.
Bola- ona qornida rivojlanadi. Oradan to`qqiz oy o`tgach dunyoga keladi. Bola ona qornida 9 oy 9 kun rivojlanadi. Bola bu davr davomida kindigi orqali oziqlanadi. Yangi tug`ilgan bola alohida g`amxo`rlikka muhtoj bo`ladi. Uni emizish, cho`miltirish, isitish va tagini almashtirib turish lozim.
Bolg`acha- zarb berish uchun ishlatiadigan dastakli qurol. U kallak va dastakdan iborat. Bolg`a kallagi, asosan, po`latdan, dastagi esa yog`ochdan tayyorlanadi. Kallakning har ikkala tomoni toblanadi. Bolg`alar ishlatilish maqsadiga ko`ra turli xil bo`ladi. Masalan, yog`och bolg`a, yumshoq muhrali bolg`alar, tepmaydigan bolg`a, xavfsiz bolg`a va boshqalar.
Bolta- oʻtin kesish-chopish, urushlarda qurol, tantanalarda koʻrgazmali ramz sifatida qoʻllaniladigan asbobdir. Boltalarning bir necha turi mavjud; biroq barchasi baribir bosh va sopdan iborat. Bolta yordamida yogʻochni chopish, kesish, yoʻnish, yorish, daraxt agʻdarish mumkin. Metall kallak va yogʻoch dastadan iborat. Tigʻi dastasiga parallel boʻladi. Bolta kallagi poʻlatdan tayyorlanib, tigʻiga asbobsozlik poʻlati payvandlanadi va toblanadi, dastasi qattiq yogʻochdan 40—50 sm uzunlikda yasaladi. Boltaning katta bolta (ogʻirligi 3 kg gacha), oʻrta bolta (2,5 kg gacha), boltacha (1 kg gacha) va oybolta kabi xillari bor. Osiyoda jangovar bolta - oybolta ayniqsa koʻpaygan.
Bosh-
Bosh (kalla) suyagi- umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda bosh suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar o`rtasida suyaklanmagan qism - liqildoklar bo`ladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq bo`ladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun bosh suyagining miya qismi (Kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga cho`zilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga cho`zilgan bo`lib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Bosh suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan nafas sistemasining boshlanish qismi - burun bo`shlig`i, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi - og`iz bo`shlig`i va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin