Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə29/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Bo`zsuv kanali-Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgi terassalar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari, Toshkent shahri hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 159 km. Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan katta-kichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil Qorasuv, Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi, Shimoliy Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uzunligi 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.
Bobotog`-Surxondaryo viloyatining sharqidagi togʻ tizmasi. Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasida, Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oraligʻida shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon Amudaryo sohiligacha choʻzilgan. Uzunligi qariyb 125 km, eni 30– 40 km. Eng baland choʻqqisi — Zarkosa togʻi, 2290 m. Iqlimi quruq va keskin kontinental. Togʻ yon bagʻirlarida buloqlar, qish va bahorda toʻlib oqib, yozda qurib qoladigan soylar bor. Togʻ oldilari mol boqiladigan yaylovdir. Qumqoʻrgʻon tumanining "Oqqopchigʻay" jamoa xoʻjaligida dunyoga mashhur sur qorakoʻl terisi olinadigan qorakoʻl qoʻylari boqiladi. Tokchilik xoʻjaliklari ham tashkil qilingan. Bobotog`ning Kofarnihon vodiysida sugʻoriladigan dehqonchilik rivojlangan.
Bobur milliy bog`i-Andijon shahridan janubi-sharqda,markazdan 8 km uzoqlikda joylashgan. Bog’ 1993-yilda Xalqaro Bobur fondi tomonidan Andijon farzandi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Bog’ maydoni 357 gektar bo’lib, atrofi mevali bog’lar va uzumzorlar bilan o’ralgan. Bobur milliy bog’i istirohat va ziyoratgoh maskani hisoblanadi. Bog`ga gulzor oralab kiriladi. Bog`da Bobur haykali va Bobur xalqaro fondi tomonidan tashkil etilgan muzeyga duch qurilgan. Muzeyda Bobur qadamjolari bo’ylab uyushtirilgan ekspeditsya tomonidan yurtimizga olib kelingan, noyob eksponatlar, qo’lyozmalarni ko’rish, Bobur va boburiylar hayoti, faoliyati haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. Bog`ga Agradagi va Qobuldagi Bobur qabridan olingan tuproq, shoir hoki ramziy qabrga qo’yilgan. Bog’da turli bolalar o’yingohlari, attraksionlar, hayvonot bog’i va boshqa ko’ngilochar maskanlar mavjud. Osma sim arqonlar orqali adirning yuqoriga chiqish mumkin.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin