Banka- shishadan tayyorlanadigan idish. Bankadan xo`jalikda turli maqsdlarda foydalaniladi. Asosan, suyuqlik solinadi. Bankalar turli xil kattalikda bo`ladi.
Baqa-(Ranidae) dumsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvon. Tanasining uzunligi 3 sm dan 20 sm, baʼzan 32 sm gacha bo`adi. Tishlari yuqori jagʻlarida joylashgan. Tanasi ixcham, orqa oyoqlari nisbatan uzun (sakrovchi). Baqaning 555 turi maʼlum. Janubiy Amerika, Jananubiy Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari yer yuzining hamma qitalarida keng tarqalgan. Baqaning orqa oyoqlaridagi barmoqlari orasida pardasi, tilining orqa erkin uchida ayrisi boʻladi. Oʻlja ushlayotgan baqa tilining orqa tomonini otadi. Baqa, yashil (oʻt) baqa, hovuz baqasi, oʻtkir tumshuq baqa Yevropaning sharqiy qismida uchraydi. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonda asl lbaqaning faqat bir turi — koʻl baqasi tarqalgan. Bu tur Kavkaz, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlarida ham uchraydi. Koʻl baqasining suvda yashaydigan shakli yashil, quruqlikda yashaydigan shakllari esa qoʻngʻir tusda boʻladi. Baqaning bir qancha turlari (oʻtkir tumshuq baqa, yashil baqa), suv havzalari yaqinidagi nam joylarda yashab, faqat koʻpayish davrida suvga tushadi, boshqalari (mas, koʻl baqasi) asosan suvda yashaydi va oʻrmon hamda dasht mintaqalaridagi suv havzalarida tarqalgan. Baqalar qanotli hasharotlar, yirik baqalar esa mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Ayrim baqalar suv havzalari tubidagi balchikda, boshqalari quruqlikdagi pana joylarda yashaydi. Asosan suv havzalariga tuxum qoʻyib koʻpayadi. Urgʻochisi 500 dan 11 minggacha tuxum qoʻyadi. Koʻpchilik baqalar koʻpayish davrida har xil ovoz chiqarib sayraydi.
Barg-o‘simliklarning asosiy qismlaridan biri. Barglar o`simlik uchun juda zarur bo`lgan fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli o‘zgarib, oziq yoki suv g‘amlash, himoya qilish, ilashish kabi qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. Bargning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim o‘simliklar (masalan, palma, banan) barglari 20 m ga yetadi. Bargning kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi barg bandi deyiladi. Barg oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy barg bandida bitta, murakkab barg bandida bir necha yaproq bor. Bargga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir bo‘ladi. Barglar karbonat angidrid gazini yutib, kislorod hosil qiladi.
Barmoq- odamda qoʻl-oyoq kaftlarining uch qismi. Barmoqlar beshta boʻlib, har bir barmoqda uchtadan (bosh barmoqda ikkita) naysimon mayda suyaklar — falangalar bor. Barmoq oʻzaro boʻgʻimlar, muskullar orqali bir-biri bilan erkin harakat qila oladigan tarzda birlashgan. Odam qoʻl barmoqlarini bukib asboblarni ushlash, mehnat qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega. Oyoq barmoqlari bukilib-yozilib odamning yurishiga, tik turganda muvozanatni saqlashga moslashgan. Barmoqdagi muskullar mayda qon tomir va nervlarga boy, shu tufayli turli nozik harakatlarni (musiqa asbobini chalish, yozish, rasm chizish va h. k.) bajarishga imkon beradi.