Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə18/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Aylanish o`qi-
Ayoz qal`a- milodiy 2–4-asrlarga oid uchta qal’a harobasidan iborat arxeologik yodgorliklar majmuasidir. Ushbu qal`a Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan. Ayoz qal`a ni Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1937-yil topgan. Bu majmuadagi uchinchi qal’a mufassalroq o‘rganildi. Uning sahni 260×180 m bo‘lib, hovli va 40 xonali binodan iborat. Xonalarining umumiy maydoni 2400 kv. m. Xona devorlari to‘rt burchakli xom g‘ishtdan terilgan. Ayoz qal`a majmuasidan juda qadimgi sopol, mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar va tanga pullari topilgan. Ayoz qal`a o‘z davrida Xorazmning shimoli-sharqiy chegarasida mustahkam istehkom vazifasini o‘tagan.
Azot-(lotincha Nitrogenium) birinchi marta 1772-yilda Rezerford tomonigan aniqlangan. Azot havoda erkin holda uchraydi. Tuproqda turli minerallar va organic birikmalar tarkibida uchraydi. Azot sanoatda ham olinadi. Azot yunoncha so`zdan oingan bo`lib, “hayotsiz” degan ma`noni bildiradi. Chunki azot atmosfera tarkibida bo`lib, nafas olish uchun yaroqsiz va yonmaydigan gaz. Atmosfera havosining deyarli beshdan to`rt qismi mana shu gazdan iborat.
Badantarbiya- sog`liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg`un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Badantarbiyada, asosan, ertalab uyqudan uyg`ongandan keyin yengil mashqlar bajariladi. Bu organizmning chiniqishi, sog`lom bo`lishiga xizmat qiladi. Badantarbiya kishilarning kun tartibining bir qismini tashkil etadi.
Bahor- fasli, toʻrt fasldan biri boʻlib qish va yoz fasllarining oʻrtasida joylashgan fasl. Bahor fasli 3 oydan iborat: Shimoliy yarimsharda - mart, aprel va maydan, janubiy yarimsharda esa sentabr, oktabr va noyabrdan. Bahorda daraxtlar gʻuncha tugadi, kunlar asta-sekin isiy boshlaydi. Bu faslda qish faslida yogʻib oʻtgan qorlarning erishi va juda koʻp miqdorda yomgʻir, doʻl kabi yogʻinlarning yogʻishi suv omborlarini, koʻl va koʻlmaklarning toʻlishiga sabab boʻladi. Chaqmoq va momoqaldiroq kabi tabiat hodisalari ham eng koʻp bahor faslida roʻy beradi. Bahor faslida yogʻinlarning va baʼzi tabiat hodisalarining koʻp miqdorda sodir boʻlishi baʼzi oʻlkalarda toshqin, sel, va yongʻin kabi falokatlarga sabab boʻladi.Taqvimiy bahorga qaraganda, astronomik bahor kechroq, yaʼni yozgi tengkunlikda (shimoliy yarimsharda 20-yoki 21-mart, janubiy yarimsharda 22-yoki 23-sentabrda) keladi va yozgi quyosh turishi (shimoliy yarimsharda 20-yoki 21-iyun, janubiy yarimsharda 21-yoki 22-dekabrda) boshlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin