Atmosfera- (yunoncha atmos– bug` va sfera– yer degan ma`noni bildiradi) yer sharini o`rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qatlamidir. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon (0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon, kripton va ksenon kabi boshqa gazlar tashkil qiladi. Quruklik va suv yuzidagi doimiy bug`lanish tufayli Atmosferada suv bug`i ham bo`ladi. Bug`ning quyuklashuvi bulut va yog`inlarni hosil qiladi. Havoda doimo har xil kattalikda chang zarrachalari mavjud. Atmosfera troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera va ekzosfera qatlamlaridan tashlik topgan.
Atrofimizdagi olam- Attraksion-(franssuzcha attraction – tortilish degan ma`noni bildiradi) madaniyat va istirohat bog`lari, bolalar saroylari, umuman ommaviy sayil joylarida ko`ngil ochish uchun o`rnatilgan qurilma (charxpalak, karusel va kema-arg`imchoq va boshqalar).
Avgust- lotinchaAugustus so`zidan olingan. Grigoriy taqvimida yilning sakkizinchi oyi. 31 kundan iborat. Rim imperatori Avgust nomi bilan atalgan.
Avlod-(arabcha valid – bola so`zining ko`pligi) umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi. Masalan, ota-onalar, farzandlar, nabiralar – ketma-ket kelgach 3 avlod deyiladi. Avlod ota va ona avlodlariga bo`linadi. Ota avlodiga amaki-amakivachchalar, amma-ammavachchalar, aka-ukalar va ulardan keying tarqalgan nasl, ona avlodiga tog`a-tog`avachchalar, xola-xolavachchalar va ularning tarqalgan nasllari kiradi.
Avstraliya materigi-(lotincha australis – janubiy degan ma`noni bildiradi) – Janubiy yarim sharda joylashgan materik. Maydoni 7682 ming kv.km. Avstraliya– materiklar ichida eng kichigi. Materikni g‘arb, shimol va janubidan Hind okeani, sharqdan Tinch okean dengizlari o‘rab turadi. Qirg‘oqlari unchalik egri-bugri emas, shimolida Karpentariya, janubida Katta Avstraliya qo‘ltiqlari bor. Avstraliya shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. Avstraliya ning sharqiy sohili bo‘ylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan. Avstraliya materigining iqlimi issiq. Aholining katta qismi sohil bo`ylarida qurilgan shaharlarda yashaydi. Qirg`oqlardan olisdagi yerlar taqir bo`lib, qurg`oqchilik hukmron bo`lgan yerlar hisoblanadi. Avstraliya o`ziga xos tabiati bilan mashhur. U yerda yashovchi ayrim hayvon va o`simliklar dunyoning boshqa joyida uchramaydi. Eng katta darxt bo`lgan evkalipt daraxti faqat Avstraliyada o`sadi. Evkalipt daraxti novdalari orasida yashovchi koala deb nomlanuvchi hayvonni ham faqat Avstraliyada uchratish mumkin.
Avtomobil-(yunoncha auto - o`zi va lotincha mobilis - harakatlanuvchi, yuruvchi, ya`ni o`zi yuruvchi degan ma`noni bildirad) dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Avtomobillar yo`lovchilar va yuk tashishga mo`ljallangan. Transport avtomobillari yengil avtomobil, avtobus va yuk avtomobillarga bo`linadi. Maxsus avtomobil ma’lum ishlar uchun mo`ljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. O`t o`chirish, un tashish, sement tashish, sanitariya avtomobillari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqa maxsus avtomobillar shular jumlasidan. Poyga avtomobili sportda ishlatiladi. Yengil avtomobil 2-8 tagacha o`rinli bo`ladi. Ular berk kuzovli, ochiq kuzovli va ochiladigan kuzovli bo`lishi mumkin. Yuk avtomobili 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun mo`ljallangan kuzovsiz bo`ladi. O`tuvchanligi bo`yicha tekis va qiyin yo`llarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi bo`yicha g`ildirakli, g`ildirak-gusenitsali, yarim gusenitsali, pnevmatik g`altakli va boshqa xillarga bo`linadi.