Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə7/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Amudaryo quyi oqimi-Pitnak yaqinidagi Tuyamo`yin topligidan to Orol dengiziga qadar boradigan qismi. Quyi oqimning uzunligi 500 km, shundan 325 km Nukus bilan Orol dengizi oralig`iga, hozirgi deltasiga to`g`ri keladi.
Amu-Qarshi kanali-
Andijon suv ombori- Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshoot. Ko‘p yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga mo‘ljallangan. Suv omborining qurilishi 1982 yilda nihoyasiga yetkazildi. Andijon suv ombori omborining balandligi 121 m, uzunligi 1040 m bo‘lgan katta betonli to‘g‘on qurib hosil qilingan. Andijon suv omborining suvi Farg‘ona vodiysida 273 ming gektarga yaqin maydonning suv ta`minotini yaxshilaydi, qo‘shimcha 35 ming gektar yerni sug‘orish imkoniyatini beradi.
Andijon viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Farg`ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Andijon viloyati 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming kv. km. Aholisi 2196,0 ming kishi (2000)ni tashkil etadi. Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi – Andijon shahri. Andijon viloyati hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqdanadi. Andijon viloyati Respublikada alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda Andijon viloyati muhim ishlab chiqarish markazlaridan biri hisoblanadi.
Andijonsoy kanali-Andijon viloyatidagi kanal. Umumiy uzunligi 76,7 km. kanal Andijon suv omboridan suv oladi va Katta Farg`ona kanali bilan tugaydi. Kanal Qo`rgontepa, Jalaquduq, Andijon, Oltinko`l tumanlaridagi ekinzorlarni suv bilan ta`minlaydi. Andijonsoydan Ishkol, Dehqon, Yangi Ko`tarma, Qatortol, KO`k Gumbaz, Xo`tan, Qo`shariq kabi 10 ga yaqin katta-kichik kanallar va 30 ga yaqin ariqlar suv oladi.
Angren shahri-(forscha Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) – Toshkent viloyatidagi shahar bo`lib 1941 – 1946 yillarda Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan. Shahar Ohangaron daryosi bo‘yida joylashgan. Toshkentning 120 km janubi-sharqda joylashgan. Hozirda aholisi 130,0 mingdan ziyod kishini tashkil etadi. Angrenni shimoli-g‘arbdan Chatqol tizmasi, janubiy-sharqdan Qurama tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Iyul oyida shaharning o`rtacha havo harorati +27, yanvar oyida esa o‘rtacha havo harorati – 2 ni tashkil etadi. Bahor faslida jala yog‘ib, qattiq shamollar bo‘lib turadi. 1934 yildan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940 yil Angrenda dastlabki ko‘mir shaxtasi barpo qilinib, 1942 yil ishga tushirildi. Angren O‘rta Osiyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir va energetika sanoati markazi. Urush yillarida O‘zbekistonning ko‘pgina sanoat korxonalari Angren ko‘miri bilan ta’minlanib turdi. Angrenda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. Angrenning eng yirik sanoat korxonasi "O‘zbekko‘mir" kombinatidir.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin