Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə9/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Antarktida materigi- Antarktika Janubiy qutbning markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln kv.km. Doimiy aholisi yo‘q. O‘rtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort tog‘idagi Vinson cho‘qqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. Antarktida materigi Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy okean) bilan o‘ralgan. Antarktidaning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan. Muzning o‘rtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% Antarktidadadir. Muzdan xoli yerlar voha ko‘rinishida uchraydi.
Anzur- (Allium stipitatum) yo`g`onligi 3-6 sm, yirik yassi-dumaloq, usti qora qog`ozsimon qobiq bilan o`raglan. Bargi 4-6 ta, eni 2-4 sm bo`ladi. Anzur piyozi may-iyun oylarida gullaydi va urug`i iyun-iyul oylarida yetiladi. U G`arbiy Tyanshan, Zarafshon va Hisor tog`larining yumshoq tuproqli joylarida o`sadi. Anzur piyoz shifobaxsh o`simlik.
Apollo-11-Apollon seriyasidagi, uchuvchili kosmik kema. 1969-yilning 16-24-iyul kunlari, tarixda ilk marta, bortida inson bilan Oyga parvoz qilgan va Oy sirtiga qo‘nish amalga oshirilgan ilk fazo kemasi. Ikkita asosiy moduldan - boshqaruv moduli - "Kolumbiya" va Oy moduli "Burgut"dan iborat bo‘lgan. 1969-yil, 16-iyul kuni, Floridadagi, Kennedi kosmik markazining 39A kompleksidan, "Saturn-5" raketa eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan. Parvoz - 8 kun, 3 soat, 18 daqiqa va 8 soniyani davom etgan. Kema kapitani - Nil Armstrong, ekipaj a'zolari - Edvin Oldrin (Oy moduli uchuvchisi) va Maykl Kollinz (boshqaruv moduli uchuvchisi). 24-iyul kuni, parvozning 195 soat 3 daqiqasi orta qolgan vaqtda, "Apollon-11" Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kirib keldi va 122 km balandlik masofasida, 11 km/soniya tezlik bilan pastlay boshladi. 3 daqiqadan so‘ng, Oyga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan qahramon ekipaj bilan birga "Apollon-11", Tinch okeani suvlariga kelib tushdi, va avvaldan tayinlangan AQSH dengiz flotiga tegishli "Xornet" kemasi yordamida, chiqarib olindi va Pirl-Xarbor yaqinidagi Ford oroliga eltildi.
Applikatsiya- (lotinch applicatio – yopishtirish so`zidan olingan) gazlama, qog‘oz va boshqa ma-teriallarga rang-barang gazlama, qog‘oz bo‘laklarini tikish yoki yopishtirish yo‘li bilan naqsh ishlash, bezash usulidir. Shu usulda yasalgan gul, tasvir ham aplikatsiya deb ataladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin