Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə5/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Akkumulator-(lotinch– to`plovchi) – keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani to`playdigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr akkumulator elektr toki ta`sirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Yig‘ilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani to‘plash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylantiradi. Akkumulatorlardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada energiya manbai sifatida foydalaniladi.
Akonit- ko`p yillik o`simlik. Akonitning ko`pchilik turi zaxarli. Uning ildiz tugunagida zaxarli modda bo`lib, hamma qishloq xo`jalik hayvonlari uchun xavflidir. Akonit silos qilinganda va quritilganda ham zaxari saqlanib qoladi. Akonitning ayrim turlari manzarali o`simlik sifatida ham ekiladi. Akonitning tugunagidan dori tayyorlash uchun ishlatiladi.
Akula-(Selachomorpha) yirtqich ulkan baliq. Akulalar dengiz va okeanlarda yashaydi. Akulaning og`zida bir necha qator o`tkir tishlar joylashgan. Ko`pgina akulalarning terisi tikanli tangachalar bilan qoplangan. Akulalar bir soatda 40 kilometrgacha masofaga suza oladi. Akulaning tanasi suyri shaklda. Akulaning uzunligi 15–40 sm dan (tikanli qora akula) 15–20 m gacha (gigant akula), og‘irligi 14 t gachabo`ladi. Jabra yoriqlari 5 (ba’zi turlarida 6–7) tadan bo‘lib, boshining ikki yonida, og‘zi boshining ostida tanasiga ko‘ndalang joylashgan. Dum suzgichi kuchli rivojlangan, har xil kattalikdagi ikkita bo‘lakdan iborat. Tishlari ko‘p, uchi o‘tkir. Yirtqich akulaning tishlari juda yirik. Ko‘pchilik akulalar yirtqich, baliqlar, mollyuskalar va boshqa hayvonlar bilan, kit va gigant akula esa plankton bilan oziqlanadi. Akula tuxumdan tirik tug‘adi yoki tuxum qo‘yib ko‘payadi.
Akvarium-(lotincha aqua – "suv", arium – "joy", "xona") manzarali baliqlar saqlash va boqish uchun ishlatiluvchi shaffof devorli idishdir. Ba’zan akvariumlarda baliqlardan tashqari suvoʻtlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar yoki suvda yashovchi sut emizuvchilar boqilishi mumkin. Akvariumni suvli vivariy deb ham atashadi. Akvariumning tuzilishi, shakli va o‘lchami har xil bo‘ladi. Akvarium odatda yaxlit shishadan yoki sinchi metalldan, devori shishadan yasaladi. Standart akvarium to‘g‘ri burchakli, balandligi bilan eni bir xilda, bo‘yi enidan 1,5 marta uzunroq qilib yasaladi. Akvarium tubiga yuvib tozalangan daryo qumi (zarrachalarning o‘lchami 2–4 mm) solinadi. Baliq boqish uchun akvarium suvi kislorodga to‘yingan, undagi mineral tuzlarning tarkibi va nisbati muayyan miqdorda bo‘lishi lozim. Suvni kislorodga to‘yintirish uchun akvariumda suv o‘simliklari o‘stiriladi, o‘simliklar har kuni 10–12 soat davomida yoritib turiladi. Suvni doimo toza saqlash uchun akvarium devori tozalab turiladi, suv tubiga cho‘kkan chiqindilar olib tashlanadi, bug‘langan suvning o‘rni to‘ldirib turiladi. Akvariumning ustini shisha bilan yopib, qopqoqni cheti havo kirib turishi uchun bir oz ochib qo‘yiladi. Dastlabki akvarium 19-asrning 2- yarmida qurila boshlagan (Sevastopol –1871, Neapol –1872). Dengiz hayvonlarini o‘rganish uchun akvarium odatda dengiz sohiliga yaqin joyda quriladi. Eng yirik akvarium Neapol, Bombey, Sevastopolda qurilgan. Dengiz akvariumi ba’zan okeanarium deb ham ataladi. Odatda akvarium deyilganda, xonaki akvarium tushuniladi. Xonaki akvarium hajmi koʻpi bilan 1000 litr boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, jamoat akvariumi deb ataluvchi katta hajmli (7500 kub metrgacha) akvariumlar ham mavjud boʻlib, ular hayvonot bogʻlarida, okeanariumlardagi yirik dengiz hayvonlarini saqlash va namoyish qilish uchun quriladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin