Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə4/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ajoyib bo`zbosh-(Dracocephalum formosum gontsch) Hisor tizmasidagi kam uchraydigan o`simlik. Bo`yining uzunligi 15-40 sm bo`lib, u ko`pyillik o`simlik. Barglari yumoloq yoki tuxumsimon, chetlari tekis yoki kungurali shaklda bo`ladi. Poyasi kmbargli bo`lib, guli pushti- binafsharangli, ustki tomoni sertuk bo`ladi. Gullari poyaning uchuda zich to`pgul hosil qiladi. Iyul-avgustda gullab, avgust-sentabrda mevasi yetiladi. Ajoyib bo`zbosh Hisor tizmasida (Cho`lbayir tog`i va Topalang daryosining havzasi) tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Asosan, tog`larda, daryo va irmoqlarning yoqalarida hamda buloqlarning atroflarida o`sadi. U urug`idan ko`payadi. Chorva mollarining buloq atroflarida va daryo bo`ylarida ko`plab boqilishi sababli soni kamayib ketgan. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ajriq-(Cynodon dastylon) boshoqdoshlar oilasiga mansub, bo`yining uzunligi 15-25 sm ga yetadigan, ildizpoyasidan ko`payuvchi ko`p yillik o`simlik. Ajriq aprel oyida unib chiqib o`sa boshlaydi. To kechki sovuqlargacha gullab, urug`layveradi. Urug`lari va ilpoyalaridan ko`payadi. Daryo etaklarida, ariq bo`ylarida, tashlandiq yerlarda,tog` etaklarida ko`p o`sadi. Don ekinlari ichida kam o`sadi, u ekin maydonlari uchun katta zarar yetkazuvchi ashaddiy begona o`simlikdir. Ajriq chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Uning poyasini ham, ildizini ham molar yaxshi yeydi.
Akatsiya- burchoqdoshlar oilasiga mansub daraxt va buta. Akatsiyaning 500 dan ortiq turi bor. Ko‘proq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston yarim orolida tarqalgan. Akatsiya mayda patsimon bargli, to‘pgullari erta bahorda ochiladigan bo‘lgani uchun xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Akatsiyaning po`stlog‘idan oshlovchi moddalar olinadi,mevasi va yog‘ochidan yelim olinadi. Yog‘ochidan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Oq akatsiyaning bo`yi 20—30 m. Bargi uzun bandli, uzunligi 10—25 sm, patsimon bo`ladi, har bir bargida 5—12 juftgacha yaproqchalari bor. Gullari oq, hidli, shirali, to`pguli shingilsimon bo`ladi. Dukkagi tuksiz, uzunligi 5—7 sm. Akatsiya aprel oyining oxiri — mayning boshida gullaydi, oktabrda meva tugadi. O`rta Osiyoda manzarali (asalli) daraxt sifatida park va xiyobonlarga ekiladi, qurg`oqchilikka va sho`rga chidamli bo`lgani bois tog` yonbag`irlarini va adirlarni o`rmonlashtirish uchun ko`paytiriladi. Yog`ochi pishiq bo`lganligi uchun duradgorlikda ishlatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin