Mavzu: Iqtisodiy mexanizm va tizimlar Iqtisodiy tizim



Yüklə 48,05 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü48,05 Kb.
#146594
  1   2
10 tema


Mavzu: Iqtisodiy mexanizm va tizimlar


Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.
I.t. masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xoʻjalik-iqtisodiy ti-zimlarni i.ch. vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiklashtirish va boshqarish usuliga koʻra tas-niflash koʻproq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda I.t.ni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qoʻllaniladi, I.t.ning eng muhim bir qator belgilari taʼriflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; i.ch. harakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi.
Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta I.t. boʻlganligi qayd etiladi. Ortodoksal, yaʼni marksistik nazariya I.t.ni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yonda-shadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsi-yaning borligi yoki yoʻqligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda I.t. ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga koʻra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi I.t.lar bor, ularning biri-ikkinchisiga oʻrin boʻshatib beradi, ular ketma-ket oʻrin almashadi, eng mukammal va soʻnggi I.t. kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil taʼlimotlarda I.t.ga texnologik va i.ch.ning harakteri, i.ch.ning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan. Taraqqiyot bosqichlari nazariyasiga koʻra, ham 5 ta I.t. yoki bosqich mavjud: anʼanaviy jamiyat bosqichi; parvoz uchun shartsharoit hozirlash davri; parvoz davri; yetuklik sari harakat davri; ommaviy va yuksak isteʼmol davri. Bu bosqichlar ham oʻzaro ketma-ketlikda oʻrin almashadi. Baʼzi bir karashlarda agrar, industrial va informatsion iqtisodiyot davrlari qayd etiladi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar anʼanaviy, bozor va maʼmuriy-buyruqbozlik I.t. lari borligini asoslaydilar.
Anʼanaviy I.t. belgilari: qoʻl mehnati va tabiat kuchlaridan oddiy usulda foydalanish, gʻoyat kam unumli texnologiyaning mavjudligi i.ch.ning agrar harakteri, iqtisodiyotning asosiy tayanchi ekstensiv yuritiladigan qishloq xoʻjaligi; sanoatning hunarmandchilik va xonaki sanoat shaklida mavjudligi; iqtisodiy biqiklik, yaʼni xujalik avtarkizmi; iqtisodiyot biqiq boʻlganidan mahsulotlar, asosan, oʻz is-teʼmoli uchun yaratiladi, ularni ehti-yojdan ortib qolgan qismigina ayirboshlanadi. Xoʻjaliklar natural isteʼ-molchi boʻlganidan kamdan-kam hollarda bozor bilan aloqa oʻrnatadilar, oʻzini-oʻzi taʼminlagani sababli ular uchun pulning ahamiyati boʻlmaydi; oʻzaro iqtisodiy aloqalar xoʻjalikning ichida yoki mahalliy kichik hudud doirasida anʼanaviy qoidalarga, urf-odatlarga koʻra, amalga oshadi; iqtisodiy faoliyat jamoa va yakka xususiy mulkka asoslanadi; aholi turmush darajasi past boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi belgilari: yuksak zamonaviy texnologiyaning mavjudligi; i.ch.ning industrial harakterda boʻlishi, iqti-sodiy taraqqiyotda axborotning urni va ahamiyatining yuqoriligi; i.ch.da servis — xizmat koʻrsatish sohasi rolining ortib borishi; iqtisodiy usishning intensiv usuli ustuvorligi; iqtisodiyotning ochiq boʻlishi, uning bozor aloqalariga tayanishi; xil-maxil mulkchilik boʻlgani holda xususiy mulkning yetakchi urinda bulishi; iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishga egaligi; aholi turmush darajasining yuqoriligi; iqtisodiyotga siyosatning kuchli taʼsir koʻrsatishi; iqtisodiyotning globallashuvi.
Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi belgilari: mashinalar tizimiga asoslangan texnologiyaning boʻlishi, lekin uning past darajasi, i.ch.ning industrial-agrar harakteri; iqtisodiyotning yopiq bulishi; davlat mulkining hukmronligi, jamoa mulkining bu mulk qushimchasiga aylani-shi, xususiy mulkning taqiklanishi; iqtisodiyotning bir markazdan turib rejalashtirilishi, reja topshirikdarining majburiyligi; resurslar va mahsulotlarning yagona reja asosida taqsimlanishi; iqtisodiy stimullar zaif boʻlgani holda siyosiymaʼnaviy stimullarga ustuvorlik berilishi; iqtisodiyotning taqchilli bulishi, aholi turmush darajasining iqtisodiy salohiyatga nisbatan past bulishi, uning gʻoyat sekin oʻsishi.
Evolyusion tarixiy rivojlanish natijasida anʼanaviy I.t. bozor tizimiga aylanadi, uni revolyusiyey yul bilan yoʻqotish natijasida zurlik bilan maʼmuriy-buyrukbozlik tizimi urna-tiladi, u uzini oklamaganidan qaytadan bozor tizimiga utish yuz beradi. Shunday oʻtish jarayonida transformatsiyalashayotgan, yaʼni utish xrlatidagi I.t. yuzaga keladi. Bu tizimning asosiy belgisi rejali maʼmuriy-buyrukbozlik tizimining bozor tizimiga aylanib borishidir. Bu jarayonda bozor isaohotlari muhim urinda turadi.

Kishilaming iqtisodiy faoliyati jamiyatda kechadi, bu jamiyatning esa o‘ziga xos ichki tuzilishi, ya’ni anatomiyasi borki, uning tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy tizim alohida o‘rin tutadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim - bu iqtisodiyot taraqqiyotining umumiy shart-sharoitidir. Tizimlar baholanganda turli nazariy oqimlar uning bosh mezoriiga har xil qarashadi. Bulardan biri bosh mezon sifatida ijtimoiy-sinfiy farqlarni olsa, boshqasi texnologiya darajasini yoki tirikchilik ne’matlarini yaratish usullarini, yana boshqasi boshqarishning turlicha boTishini asos qilib oladi. Ammo ko‘pchilik nazariyalarda tizim belgilariga kompleks (yaxlitlikda) qarash zarurligi, ammo bu belgilar turlicha bo‘lishi qayd etiladi, Tizimlar baholanganda moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy sharoit birgalikda qaralishi kerak. Bunda nimani va qanday usullar bilan ishlab chiqarilishi aniq bo‘ladi. Moddiy shart-sharoit belgilari bu yaratilgan mahsulot va xizmatlaming qanday boTishi, ya’ni ulaming natural mahsulot yoki tovar mahsuloti bo‘lishi, ulaming tarkibiy tuzilishining qandayligi, moddiy shakldagi yoki nomoddiy xizmat shaklida bo‘lishidan iborat. Ammo, moddiy shart-sharoit tavsiflanganda resurslaming qandayligi ham nazarda tutiladi. Tabiatdagi ne’matlar to‘g‘ridan to‘g‘ri yerdan olib iste’mol qilinishi yoki tabiatga tayanib mahsulotlami ishlab chiqarish mumkin. Bir yerda ular faqat sarflansa, boshqa yerda ulaming tiklanishi ham yuz beradi. Inson me hnati yaratgan moddiy resurslaming sifati mehnat shart-sharoitiga ta’sir etadi. Ishlab chiqarishda qo‘l mehnatiga asoslangan, oddiy mashinalami qo‘llashga, mukammal mashinalar turkumini qollashga asoslangan texnologiya, oddiy mexanik ishlov berish yoki fizikaviy, kimyoviy, biokimyoviy, biofizikaviy ta’sir etish texnologiyalari moddiy shart-sharoitni tavsiflab, tizimlami farqlantiradi. Tizimlar belgilarini aniqlashda ishlab chiqarish shaxsiy insoniy omilining sifatli tavsiflari ham ahamiyatlidir. Tizimlar qanday ish kuchining qo‘llanishi bilan ham ajralib turadi. Bir yerda umuman xat-savodsiz, hech bir malaka talab qilmaydigan kishilaming ish kuchi ishlatilsa, boshqa yerda dastlabki xat-savodni egallagan, qandaydir kasbiy mahorat va tajribaga ega ish kuchi qo‘llanadi, yana boshqa bir yerda bilim darajasi g‘oyat yuqori, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini qo‘llashga qodir, o‘z kasbini tezda o‘zgartira oladigan va harakatchan xodim mehnati ishlatiladi. Hamma tizimlarda mehnat taqsimoti yuz berib, mehnat, birinchidan, ixtisoslashadi; ikkinchidan, mehnat turlari bir-biri bilan bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Natijada mahsulot jamiyatdagi o‘zaro bog’langan mehnat turlarining natijasi bo‘ladi. Hamma tizimlarda mehnat turlari o‘rin almashadi, kishilar bir mehnatdan boshqa mehnatga o‘tadilar, o‘z kasbini o‘zgartiradilar. Turli tizimlarda, ularni tashkil etuvchi unsurlaming o‘zaro bog‘lanishi har xil bo‘ladi. Shunday bog‘lanishlar orasida omillaming birikish usuli asosiy o£rin tutadi, shu jihatdan tizimlar farqlanadi. Tizimlar tafsilotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming mazmuni ham muhim mezon rolini o‘taydi. Buni eng awal mulkchilik belgilab beradi. Mulkchilik munosabatlari — jamiyatdagi boyliklarni o‘zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir.Mulkchilik birinchidan, inson bilan boylik bo£lmish buyum yoki boshqa narsa o’rtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik xususida kishilar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatdir. Kishilar buyumlami o’ziniki qilib olgandagina o‘zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o‘zganing buyumini o‘zlashtirib bo’lmaydi. Boylikning o‘ziniki yoki o’zganiki bo’lishi kishilami mulkdor yoki mulksiz qilib, ular o’rtasida ma’lum aloqalami yuzaga keltiradi. Mulk sohibi mustaqil o’z mulkiga tayanib ish yuritadi, u qaram emas. Mulksiz o’zga mulkini ijaraga olib faoliyat yurgizishi yoki mulkdorga yollanib, yoki nochorlikdan unga qaram holda ishlashida, birovning qo’liga qarab qolishi mumkin. Mulkchilikning ikki tomoni bor: 1) mulk obyekti, ya’ni nimaning mulk hisoblanishi; 2) mulk subyekti - kimlaming mulk sohiblari boriishi. Resurslar kimniki bo’lsa, ularni ishlatishdan kelgan natija shulamiki bo£ladi. Shunga qarab o£zlashtirish ikki yo‘sinda boradi: 1) ishlab chiqarish resurslarini o£zlashtirish, bunda moddiy resurslar ishlab chiqarish sohibining mulkiga aylangandan so‘ng o’zlashtiriladi. Ishlab chiqarishdagi o’zlashtirish birlamchi, chunki bu yerda ishlab chiqarishning omillari birikadi. Mana shu omillaming o’zlashtirilishiga qarab, mehnat natijalariga nisbatan mulk shakllanadi; 2) ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish — yaratilgan mahsulot va xizmatlar kimning mulkiga aylanishini bildiradi. Resurslar kimning mulki bo’lsa, natija ham shuniki. Iqtisodiy tizim baholanganda mulk kimniki boiishining o‘zi kifoya qilmaydi, buning uchun mulkning qanday usulda iqtisodiy jihatidan amalga oshirilishi, ya’ni mulkdan qanday yo‘llar bilan daromad topilishini ham hisobga olish zarur. Gap shundaki, mulk manfaatni, manfaat esa mulkdor maqsadini hosil qiladiki, bunga har xil vositalar bilan erishiladi. Turli tizimlar ularda qaysi mulk shaklining ustuvorligi bilan ham ajralib turadi. Tarixan jamoat mulki, xususiy mulk va davlat mulki mavjud bo‘lgan, lekin bu mulklarning ichki tuzilishi farqlangan, ular har xil usulda iqtisodiy jihatdan amalga oshgan. Masalan, yer xususiy mulk bo‘lsa, uning egasi bundan oladigan daromadi uni ijaraga berishidan, sotishdan yoki o‘zi ishlov berishidan keladi. Yerga ishlov berish o‘z mehnati hisobidan, erkin yollangan o‘zga mehnati hisobidan yoki zo‘rlab ishlatilgan kishilar mehnati hisobidan bo‘ladi. Turli tizimlarda quyidagi mulk shakllari amal qiladi:
1. Xususiy mulk — bu ayrim sohiblarga tegishli mulk bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi bor. Birinchisi individual, ikkinchisi korporativ, xususiy mulk. Individual mulk — bu ayrim individga qarashli, faqat uning o‘ziga daromad keltiruvchi mulk. Korporativ xususiy mulk — bu korporatsiya (birlashma) doirasida amal qiluvchi mulk. Buni individual tarzda ishlatib bo‘lmaydi, chunki u birlashtirilgan mulkning bir qismi. Mazkur mulk egasi mulkidan kelgan daromadni umumiy daromadning bir ulushi sifatida oladi.
2. Jamoa mulki. Bu jamoaga birlashgan kishilaming umumiy mulki. Bu qavm-qarindoshlar, bir yerda istiqomat qiluvchi kishilar va m a’lum maqsad yo‘lida ko‘ngilli tarzda birlashgan kishilar mulki. Bu mulkdan daromad topishning asosiy sharti jamoa faoliyatida qatnashish hisoblanadi.
3. Davlat mulki — bu davlatga qarashli resurslar va yaratilgan mahsulotlarning, umuman boylikning davlat tomonidan o‘zlashtirilishini bildiradi. Bu mulk davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, ammo uning maqsadi va miqyosi o‘zgarib turadi. U xususiy va jamoa mulkidan o‘sib chiqadi, ya’ni ularga tegishli moddiy va ma’naviy ne’matlar davlat tasarrufiga o‘tadi. Aytilgan mulk shakllari hamma tizimlarga xos bo‘ladi, lekin ular turli qorishmada mavjud. Bu yerda mulk shakllarining nisbati ulardan qaysi birining ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Tizimni tavsiflovchi iqtisodiy munosabatlar mulkchilik bilan cheklanmaydi, balki xo‘jalik aloqalarining xarakteri, mehnat stimullarining qandayligi bilan ham ajralib turadi. Ulaming hosilasi esa iqtisodiy mexanizmdir.



Yüklə 48,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin