Mavzu: Issiqlik energetik zaxi



Yüklə 33,01 Kb.
səhifə1/8
tarix14.12.2023
ölçüsü33,01 Kb.
#180231
  1   2   3   4   5   6   7   8
Issiqlik energetik zaxiralarining hisobi. Ikkilamchi energetik zaxiralardan foydalanish.




Mavzu: Issiqlik energetik zaxiralarining hisobi. Ikkilamchi energetik zaxiralardan foydalanish.

REJA:

1. Issiqlik energetik zaxiralarining hisobi


2.Ikkilamchi energiya resurslari turlari.
3. Ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish.
4. Ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish uchun issiqlik nasoslarini ishlatish.


  1. Issiqlik energetik zaxiralarining hisobi

Har xil turdagi energiyani (kimyoviy, nurlanish, elektr va boshqalar) issiqlik energiasiga aylntirish texnologik qurilmalarda termodinamik jihatdan mumkin bo‘lgan sharoitlarni yaratish orqali amalga oshiriladi. Bunday holda ishchi jism – issiqlik energiyasini toshuvchi hosil bo‘ladi. Odatda suyuqliklar yoki gazlar issiqlik energiyasini uzatish uchun ishlaydigan vosita bo‘lib hizmat qiladi. Bular issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik ta’minoti tizimlarida issiqlik tashubchi sifatida suv, suv bug‘i, havo, shuningdek qaynash harorati past bo‘lgan organik seroqlinlar, freon, ammiak va boshqalar qo‘llaniladi.
Berilgan potentsiyaning issiqlik enegiyasiquyidagi o‘zgarishlar orqali olinadi:
-yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi;
-yadro yoqilg‘isining bo‘linish paytida ajralib chiqadigan energiya;
- elektr energiyasi;
- quyosh nurlanishining energiyasi;
-geotermal energiya.
Bunga muvofiq issiqlik energiyasining ishlab chiqarishning quyidagi usullarimavjud:

  1. organik yoqilg‘ini oksidlovchi muxitda yoqish usuli – bu ekzotermik kimyoviy reaktsiyalarga asoslangan bo‘lib, yuqori haroratli gazsimon reaktsiya mahsulotlari hosil bo‘ladi issiqlik boshqa issiqlik tashuvchiga (suv yoki suv bug‘i) uzatiladi

  2. neytronallar ta’sirida trans uron elementlarining og‘ir yadrolarining bo‘linishining boshqariladigan zanjirli yadroviy reaksiyasiga asoslangan usul;

Bunda reaktor aktiv ­­__________ issiqlik tashuvchi energiyasi ortadi. Issiqlik toshuvchi sifatida suv yoki suv bug‘i ishlatiladi kelajakda geliy ham ishlatilishi mumkin.

  1. Yuqori elekte qarshiligiga ega bo‘lgan isitgichni isitish orqali elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuli, keyin bu issiqlik issiqlik uzatish orqali ishchi qisimga ( gaz yoki _______) uzatiladi.

  2. Quyosh energiyasini qabul qiluvchi maxsus qurilmalarda geli qurilmalarda quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuli, keyinchalik issiqlik ishchi kesimga ( suv, havo, freon) uzatiladi.

  3. Isssiqlik almashtirishdagi geotermalsuvlardan issiqlikni ishchi kesimga o‘tkazish va iste’molchiga yuborishga asoslangan usul.

  4. Past energiya patentsiyalli issiqlik toshuvchi energiyasini boshqa issiqlik tashuvchining yuqori patentsiyalli issiqlik energiyasiga aylantirish usuli, bunda ma’lum miqdorda tashqaridan boshqa turdagi energiya( masalan, issiqlik _______ elektr energiyasi va boshqalar) sariflanadi.

Har bir usul samaradorligi ba qo‘llanish sohasi energiya o‘zgarishlarining texnologik sxemasining mukammalligiga, shuningdek istemolchiga yuborilgan issiqlik tashuvchining parametrlari bilan belgilanadi.



Yüklə 33,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin