Utilizatsion o‘rnatma sifatida havo isituvchi 1 sanaladi, ya’ni yilning sovuq mavsumida non zavodini havo isitish yordamida isitish mumkin. Isitilgan havo ventilyator 3 orqali uzatiladi.
Yozgi mavsumda chiquvchi gaz issiqligini ishlatish uchun utilizatsion o‘rnatma texnologik suvlarni isitish uchun havo suvli issiqlik almashtirgichi 2 ga ulanadi.
Utilizator ikkita issiqlik almashtirgichdan iborat:
Birinchisi – havo isitgichi TVP, ikkinchisi – suv issiqlik almashtirgichi VVTO. Chiquvchi gazlar 240-2700C gacha havoni isitadi va 5400C dan 2090C gacha sovitadi.
Isitilgan havo VVTO da korxonaning issiqlik ta’minotida 950C gacha suvni isitish uchun ishlatiladi.
Utilizatorning texnik parametrlari:
TVP isitish yuzasi – 221 m2;
TVP ning xususiy og‘irligi – 3,3 t;
VVTO ning xususiy og‘irligi – 1,4 t;
VVTO ning isitish yuzasi – 270 m2;
Chiquvchi tutun gazlarining sarfi – 7000 nm3/s;
Gaz bo‘yicha umumiy ayrodinamik qarshilik – 40 mm suv ustuni;
Tarmoqdagi suv sarfi – 23,2 t/s;
VVTO suv tezligi – 0,5 m/s.
Past haroratli issiqlikdan foydalanish issiqlik nasoslari yordamida amalga oshiriladi.