Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti



Yüklə 61,83 Kb.
tarix26.05.2022
ölçüsü61,83 Kb.
#59704
касбий психология

Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti.

REJA:

1)Kasbiy psixologiya fanining maqsad va vazifalari.

2)Kasbiy psixologiya fanining predmeti.

3)Kasbiy psixologiya fanining sub'ekti va ob‘ekti.

Kasbiy psixologiya fanini o‘rganish davomida mutaxassislar mehnat jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning psixologik mexanizmlarini anglash bilan birga umuman olganda shaxslararo munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o‘rganishga erishadilar.


Kasbiy psixologiya fanining maqsad va vazifalari.

Kasbiy psixologiya fani o‘quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan

qurollantirish hamda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishi lozim.

Buning uchun kasblarga doir qo‘llanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash

lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik,

ziddiyat, to‘siqlarni oldini olgan holda o‘quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga

yo‘llash imkoniga ega.


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga fan soxasidagi psixologik
tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvular zahirasini shakllantirish.
Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy
ma'lumotlar manbaini berish.
Fanning vazifalari:
Talabalarini ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish:
Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liklikni asoslash;
Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish;
Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish
masalalarini;
Kasb psixologiyasi o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba:
-kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga
yo‘naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari,
kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi,
xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak;
Kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini
diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli
qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash, hamda kasbga yo‘naltirishga doir malakalariga
ega bo‘lishi shakllantiriladi.

Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e'tibor beriladi.


Kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni
tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni,
shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi
psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin.
Kasb psixologiyasining ob‘ekti - shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega.

Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i.

E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub‘ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir.


Kasb psixologiyasining predmetining ta‘rifiga asoslanib, uning quyidagi
vazifalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot
tamoyillarini, o‘zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo‘lgan tadqiqot uslullarini
ishlab chiqish va o‘ziga xos uslublarini tuzish;

3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;

4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;

5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya‘ni shaxsning deformasiyasi, kasbiy faoliyatga bo‘lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;


6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada
psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestasiyadan
o‘tkazish;
7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda
insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo‘llab-quvvatlash;
8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma‘lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi
psixologik jihatlari, attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitasiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Yüklə 61,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin