Mavzu: Kirish. Tibbiyot texnikasi va yangi tibbiyot texnologiyalari fani. Zamonaviy fan- texnika yutuqlari va kompyuter dasturlari taxliliining tibbiyotda yangi tibbiy texnologiyalarini rivojlanishidagi axamiyati



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114762
  1   2   3   4
7-маьруза оптика


Termiz – 2023
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TERMIZ FILIALI
IJTIMOIY - GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI
MAVZU: OPTIKA. YORUG’LIKNING XOSSALARI. KO’ZNING OPTIK SISTEMASI
REJA:

XVII asrning oxirida yorug’likning tabiati haqida ikki gipoteza: Nyutonning korpuskulyar gipotezasi va Gyuygensning to’lqinli gipotezasi paydo bo’ladi. Nyuton gipotezasiga binoan, yorug’lik qizdirilgan jismlar chiqaradigan maxsus zarrachalar oqimidan iborat. Yorug’likni to’lqin tabiati keyinchalik Maksvell tomonidan tushuntirildi. U yorug’likni elektromagnit to’lqin ekenligini ta’kidladi. Bu nazariya keyinchalik 1900 yillarga kelib M.Plank va A.Enshteynlar tomonidan kvant nuqtai nazaridan izohlandi. Unga ko’ra yorug’lik fotonlar oqimidan iborat elektromagnit to’lqindir.
To’lqin uzunligi qariyib 400.000 nm dan 2 nm gacha bo’lgan elektromagnit to’lqinlar optik nurlanish deb ataladi. To’lqin uzunligi 760 nm dan 400 nm (qariyib 380nm) gacha bo’lgan optik nurlanish ko’zga ta’sir qilganda yorug’likni sezishni paydo qiladi va shunga muvofiq ko’rinadigan nurlanish yoki oddiy qilib aytganda yorug’lik deb ataladi.
Turli to’lqin uzunligidagi ko’zga ko’rinadigan nurlanish ko’zda sifat jihatidan farq qiladigan har xil sezishni paydo qiladi. Bu farq yorug’likning rangi deb ataladi. Nurlanish oddiy yoki monoxromatik va murakkab bo’lishi mumkin. Amalda to’lqin uzunligi 0,1 nm dan ortiq farq qilmaydigan nurlanishlar monoxromatik deyiladi.
Barcha nuqtalarda yorug`likning tarqalish tezligi bir xil bo`lgan muhit bir jinsli muhit deb ataladi. Yorug`lik bir jinsli muhitda to`g`ri chiziqli tarqaladi. Ikki xil muhit chegarasida nur o`zining yo`nalishini o`zgartirib bir qismi birinchi muhitga qaytadi. Bu hodisa yorug`likning qaytishi deb ataladi. Yorug`likning qolgan qismi еsa ikkinchi muhitga o`tib, uning ichida tarqalishini davom еttiradi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin