Mavzu: Konstitutsiyada bolaning huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi va himoya qilinishi. Reja



Yüklə 53,34 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü53,34 Kb.
#189682
  1   2
Документ (5)


Mavzu: Konstitutsiyada bolaning huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi va himoya qilinishi.


Reja:
1.Bola Huquqlari bu òzi nima?
2.Ona yurtimizda bola huquqlarining kafolatlari ta’minlanganligi va jahon hamjamiyatida bola huquqlari borasidagi ishlar salmog’i
3.Mamlakatimiz doirasida Bola huquqlarining ta’minlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar kòlami.
4.Xulosa


Bola huquqlari, bu umuman olganda inson huquqlari hamdir. Bola huquqlari, ya'ni inson huquqlari avvalambor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi-insonni va uning hayotini ulug'lashdir. Asosiy qonunimizning 13-moddasida: "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi", deb mustahkamlab qo'yilgan.
Konstitutsiyaning II-bo'limi aynan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid normalarni o'z ichiga oladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII, VIII, IX, X, XI-boblarida inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, burchlari, shuningdek bu huquqlarni ta'minlash kafolatlari ham belgilab berilgan.
Bola huquqlariga to'xtaladigan bo'lsak, shuni ta'kidlash lozimki, davlat sog'lom bolaning tug'ilishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Sog'lom avlod jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi. Yosh avlod qadrlanmagan jamiyat hech qachon mukammal va tez rivojlana olmaydi. Kelajakni ishonib topshirish uchun har qanday jamiyat o'sib kelayotgan yosh avlodni qadrlamog'i, uning har tomonlama sog'lom qilib tarbiyalanishiga sharoit yaratib bermog'i lozim.
Konstitutsiya va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo'ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ma'lumki, keyingi vaqtlarda O'zbekiston milliy qonunchiligining xalqaro standartlarga uyg'unligini ta'minlash sari dadil olg'a siljimoqda. Fikrimizning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, davlatimiz bola huquqlari kafolatlari to'g'risida, Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida va bola huquqlarini himoya qilishga doir boshqa qator qonunlarni qabul qildi.
Barchamizga ma'lumki, 1948 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.1989 yil 20 noyabrda esa Bosh Assambleya rezolyusiyasi asosida "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya qabul qilindi. O'zbekiston davlati bu konvensiyani 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya q ildi. Keyinchalik 2008 yil 7 yanvarda O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinib, unga ko'ra bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berildi.
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning ta'sirchan tizimini yaratish maqsadida 2019 yil 22 aprelda yana bir huquqiy hujjat: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4296-son qarori qabul qilindi va unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo'yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Darhaqiqat, "Bola huquqlarini ta'minlash hozirgi zamonning global muammolaridan biri bo'lib, uni hal etish bilan bog'liq masalalar jahon
Bola huquqlarini yanada keng doirada kafolatlash maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi "Inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi navbatdagi qarori Bola huquqlari bo'yicha vakil o'z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo'lmagan tarzda bajarishi, daxlsizlik huquqidan foydalanishi va u O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emasligi kabi qoidalarni qat'iy belgilab qo'ydi.
Davlat bolaning shaxsi, uy-joy daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta'minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo'ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo'ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo'pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.
Davlat bolaning shaxsi, uy-joy daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta'minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo'ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo'ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo'pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish bo'yicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilganda bola o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so'rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmaganligi sababli ko'rib chiqmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.
Bolaning hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'ilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo'lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma'lum qilishlari shart. Shunday ma'lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha zarur choralar ko'rishi shart.
Davlatimiz tomonidan bola huquqlarini nechog'li kafolatlanganligini nafaqat mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan sa'y-harakatlarda, balki qator normativ -huquqiy aktlarda ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar bobida tegishli javobgarlik normalari o'rnatilgan. Chunonchi, Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy hatti-harakatlarga jalb qilish, voyaga yetmagan bolalarni tilanchilik qilishga majbur qilish, o'n olti yoshga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, ularga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish kabi jinoyatlar uchun qat'iy jazo choralari belgilab qo'yilgan.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, davlatimizning bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo'yilgan normalarni hayotga izchil tadbiq etish yo'lida olib borayotgan siyosati Bolaga va uning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Biror bir bolaning huquqi sud organining asoslantirilgan qaroridan tashqari hech bir organ yoki mansabdor shaxs tomonidan cheklanishi mumkin emas.
Bola huquqlari – har bir bola (18 yoshga to‘lmagan shaxs bola hisoblanadi) hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir. Bolalar va yoshlar kattalar bilan bir xil inson huquqlariga ega va bu barcha tomonidan tan olinadi.
Bola huquqlarining ta’rifi mantiqan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy g‘oyalaridan kelib chiqadi. Uning alohida moddasi bolalarga bag‘ishlangan. Unda aytilishicha, "Onalik va bolalik alohida g‘amxo‘rlik va yordam olish huquqini beradi". Shunday qilib, deklaratsiyada e’lon qilingan barcha erkinliklarga bolalarning teng huquqliligini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat bolalarga qo‘shimcha yordam va qo‘llab-quvvatlash zarurligini tan oladi. Ya’ni, bolalar o‘zlarining maxsus ehtiyojlari, shuningdek ekspluatatsiya va suiiste’molliklarga nisbatan zaifligi tufayli qo‘shimcha huquqlarga ega.
10 yil davomida (1979 yildan 1989 yilgacha) BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasida ishtirok etgan dunyoning ko‘plab mamlakatlari mutaxassislari bola huquqlari to‘g‘risidagi yangi hujjatning matnini ishlab chiqdilar, unda bolaning jamiyatdagi hayotining barcha jabhalari maksimal darajada hisobga olinadi. 1989 yil 20 noyabrdaBirlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi. Shu bilan barcha mamlakatlar butun dunyo bo‘ylab bolalar oldida tarixiy majburiyat oldilar. Bu tarixdagi eng ko‘p ratifikatsiya qilingan inson huquqlari bo‘yicha shartnomaga aylandi va butun dunyo bo‘ylab bolalar hayotining o‘zgartirishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan.
Konvensiya barcha bolalarning asosiy insoniy qadr-qimmatini va ularning farovonligi hamda rivojlanishini ta’minlashning dolzarbligini tan oladi. Konvensiyaga ko‘ra, bolalar huquqlarini himoya qilishning asosiy prinsipi – bolalar manfaatlarining ustuvorligini tan olishdir.
Har bir bola oziq-ovqat, birlamchi tibbiy yordam va rasmiy ta’lim, o‘yin va dam olish kabi asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan g‘amxo‘r, mehribon hamda yetarli turmush darajasiga ega bo‘lgan oilada o‘sish huquqiga ega. Bundan tashqari, har bir bola e’tiborsizlik va zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan. Hususan, Konstitutsiyaning 78-moddasidan quyidagicha norma o‘rin olgan:
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.


Xalqaro darajada bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan deklaratsiyalar va konvensiyalar ko‘p. Ayrimlarini sanasak, 1924 yilda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Jeneva deklaratsiyasi, 1959 yildagi Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya, 1989 yildagi Bola huquqlari konvensiyasi kabilardir. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlari bo‘yicha asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Sababi, 10 yil davomida, ya’ni 1979 yildan 1989 yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasida ishtirok etgan dunyoning ko‘plab mamlakatlari mutaxassislari bola huquqlari to‘g‘risidagi yangi hujjatning matnini ham ishlab chiqishda qatnashdilar. Hujjatda bolaning jamiyatdagi hayotining barcha jabhalari maksimal darajada hisobga olingan. Va nihoyat 1989 yil 20 noyabrda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi va 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan.
E’tiborli jihati, davlatlar tomonidan tarixdagi eng ko‘p ratifikasiya qilingan inson huquqlari bo‘yicha hujjatga aylandi. Bu bilan mamlakatlar dunyo miqyosida bolalar oldida tarixiy majburiyat olishdi. Natijada, butun dunyo bo‘ylab bolalar hayotini ijobiy o‘zgartirishga yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqilligining dastlabki yillaridanoq, aniqrog‘i, 1992 yil 9 dekabrda ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qildi.
O‘zbekistonda ham bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bola huquqlari kafolatlarining qonunchilik asoslari bo‘lgan Oila kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida"gi,“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi, “Jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risida"gi,“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida"gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi,“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi kabi qonunlar qabul qilindi.
Ular orasida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun alohida ahamiyatga ega. Unda bola huquqlarining kafolatlari ta’minlanishi bilan bog‘liq munosabatlar ishtirokchilari, ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan. Shuningdek, qonunda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati, bola huquqlarining kafolatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari kabi bolalarning huquqiy himoyasi mustahkamlab qo‘yilgan.
Ayniqsa, keyingi yillarda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollik, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomala, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan himoya qilish, milliy me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish orqali muhim islohotlar boshlandi. Erkak va ayollar uchun nikoh yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilandi, bolalarning davlat organlariga bevosita murojaatlarini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlandi, bolalar mehnatiga butunlay chek qo‘yildi, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirildi.
Mamlakatimizda bolalar huquqlarini ta’minlash maqsadida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2019 yil aprel oyida “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni va boshqa hujjatlar shular jumlasidandir.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini, qadr-qimmatini muhofaza qilish, uning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish kabi davlat siyosatning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishini ta’minlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati yuzaga keldi.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga binoan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil instituti joriy etildi.
Agar xalqaro tajribaga e’tibor bersak, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, xususan, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Lyuksemburg, Rossiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Gvatemala, Kolumbiya, Kosta-Rika, Peru, Kanada, Isroil va Yangi Zelandiyada bolalar bo‘yicha Ombudsman instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimizda Bolalar ombudsmani institutining tashkil etilishi jamiyat uchun bolalar muammolariga e’tiborning muhim ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ldi. Prezidentimizning “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilandi.
Umuman, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiqni tashkil etadi. Bu esa bola huquqlari sohasidagi qonunchilik bilan ixtisoslashgan holda ish olib borish hamda uning ijrosi bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Shu ma’noda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash uchun muhokama qilinmoqda.
Qonun loyihasida Bolalar ombudsmanini saylash tartibi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatining asosiy jihatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartib-taomillari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi belgilanmoqda.
Muhim jihati, loyihada Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati alohida moddada keng tarzda bayon etilmoqda.
Albatta, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlaydi, bolalar huquqlarini amalga oshirish sohasidagi islohotlarni to‘ldiradi, himoyaga eng muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga asos bo‘ladi. Shuningdek, bola huquqlarini kafolatlash bo‘yicha xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga yordam beradi.
Endi farzandlar tarbiyasi, ularga ta’lim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota-ona majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning burchi sifatida belgilanmoqda.
Konstitutsiyada bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanishi belgilanmoqda. Shukrki, bugungi O‘zbekistonda uzoq yillar yurtimizning xalqaro imidjiga salbiy ta’sir qilib kelgan majburiy mehnatga to‘liq barham berildi.

Yüklə 53,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin