Mavzu: Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tartibi Reja



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/5
tarix28.09.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#150230
  1   2   3   4   5

Mavzu: Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tartibi

Reja:
1. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tushunchasi
2. Andijon viloyati iqtisodiy-ijtimoiy xolati tahlili
3. Korxonalar faoliyatining davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati


  1. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tushunchasi


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davlaatning faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash hamda uni oz’garib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta;minlash; Raqobatni himoya qilish; Daromad va boylikni qayta taqsimlash; Resurslarni qayta taqsimlash; Iqtisodiyotni barqarorlashtirish
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – bevosita ta’sir qilish usullari; bilvosita ta’sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy usullar.
Bevosita usullar – yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish. Masalan, iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini “muzlatib” qo’yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni lo’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqarish va qabul qilish.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin