Mavzu: Dirijorlik usullari bolalar qo’shiqlaridan namunalar tinglash va tahlil qilish
Reja:
1.Dirijorlik usullari
2.Dirijorlik san’ati
3.Bolalar musiqasidan namunalar
Jamiyat m a’naviyatini yuksaltirish - davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ma’naviyat esa uzluksiz, harakatdagi jarayon. San’atga aloqador boyliklar ma’naviy boylikni tashkil etadi. San’atsiz hayot nursiz, jilosiz, mantiqsiz va zerikarli bo'lib qolardi. San’at nima? San’at deganda badiiy ijodni tushunamiz, har bir san’at asari o ‘z janr xususiyatlariga ko‘ra, hayot manzarasini ifodalaydi. Olam hodisalarini yorqin obraz orqali yoki tasvirini musiqa orqali ifodalashga erishadi. U (musiqa) insonning m a’naviy kamolotida faol ishtirok etadi, go'zallik, did haqidagi tasawurlarining shakllanishiga samarali ta’sir ko'rsatadi. Necha ming yillardan beri insoniyat musiqaga, uning go'zal ohanglariga maftun bo'lib keladi, ustoz-shogird an’analari orqali ijrochilik mahoratlarini egallash borasida izlanishlar olib boradi. Bunda musiqiy meros asarlarining uslublarini m a’naviy tarbiya vositasi sifatida o'rgatish katta ahamiyat kasb etadi. San’atlar ichida eng yoshi va kam o'rganilgani dirijorlik san’ati hisoblanadi. Dirijorlik amaliyoti uning nazariyasini ancha ortda qoldirdi. Biroq aynan nazariyaga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, dirijorlikka o'rgatish ishida unga ehtiyoj katta. Dirijorlik sohasida ta’lim berish uchun nazariy negiz yaratishga doir izlanishlar tinimsiz davom etayapti, biroq shu paytgacha, hatto eng fundamental tushunchalaming umum qabul qilingan va barcha uchun tushunarli bo'lgan ta ’riflari yo'q. Terminologiyani ta’riflashda ham turli, ba’zan bir-biriga zid fikrlar mavjud. Ba’zilar dirijorlik - bu san’at emas, unga o'qitishning hojati yo'q, shunchaki orkestr yoki xor oldida turib, taktga solish yoki metronomlashi kifoya, ya’ni ijro etilayotgan asar taktining alohida qismlarini qo'l bilan ko'rsatsa bas va dirijorning vazifasi shu bilan tugaydi, deb hisoblaydilar. Boshqalar esa, dirijorlik — faqat ichki histuyg'ularga asoslanadi, bu qandaydir sehrgarlik va bunga alohida qobiliyatli insonlar qodir, shu sababli dirijorlikka o'rganib bo'lmaydi, deb hisoblaydilar. Har ikkala fikr va unga o'xshash mulohazalarning xato ekanligini isbotlab o'tirish shart emas. Dirijorlik san’atiga bu kabi qarashlarni rad qiluvchi misollar hayotimizda ko'plab uchraydi. Dirijorlik — bu qo'shiq aytish, royal, skripka yoki boshqa cholg'uni chalish kabi ijrochilik san’atidir. Shu bilan birga dirijorlik ijrochilik san’atining boshqa turlaridan jiddiy farq qiladi: agar musiqachilar jonsiz www.ziyouz.com kutubxonasi jismda musiqa ijro etsalar (fortepiano, skripka, truba, nay, rubob va h.k.) va ularning ijrolari cholg‘uning sifati ham da o ‘zlarining mahoratlariga bogiiq bo‘lsa, dirijor ko'plab bir-biridan farq qiluvchi insonlar bilan ishlaydi. U o'z oldida turgan xor yoki orkestr a’zolarini bir jam oada to'plab, ularni shunday birlashtirishi kerakki, bu jamoa uning boshqaruvida xuddi yaxshi sozlangan musiqa cholg'usidek yangrashi lozim. Aytish joizki, dirijorga o'z san’ati haqida yozishdan ko'ra, dirijorlik qilish osonroq: dirijorlik faoliyatining ko'zga ko'rinuvchi qismini um um an ta ’riflash qiyin. Zero, u yoki bu qo'l harakatini musiqasiz, so'zlar bilan tavsiflagandan ko'ra, uni musiqa fonida ko'rsatib bergan osonroq. Shu bois, dirijor ishining o'ziga xosligi, orkestr yoki xor rahbari sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifaning naqadar murakkabligini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bo'lajak dirijor ushbu murakkab va mas’uliyatli ishda muvaffaqiyat qozonish imkonini beruvchi m axsus qobiliyatga, katta m usiqiy-nazariy va am aliy tayyorgarlikka ega bo'lishi shart. www.ziyouz.com kutubxonasi I B O B . D I R I J O R L I K S A N ’A T I. 1. D ir ijo r lik s a n ’a ti t a r ix id a n «Dirijor ко ‘risk va eshitish san ’atiga ega bo ‘Imog 7 lozim, и yengil va ayni paytda kuchli bo ‘lishi darkor, и sozlar kompozitsiyasini, ulaming tabiati va qamrovini his qilishi, partiturani о ‘qiy olishi, shular barobarida alohida iste’dod egasi bo'lishi muhim... Uyana o'zi va orkestr o'rtasida ко 'zga ко ‘rinmas aloqa о ‘matilishi uchun kerak bo 'Igan yana boshqa, deyarli noaniq xususiyatlarga ham ega bo 'lishi shart. Agar dirijor orkestrga o'z hissiyotlarini yetkazish xususiyatiga ega bo'lmasa, unda и orkestr ustidan «hukmronlik» qila olmaydi, unga о 'z ta ’sirini о 'tkazishdan mahrum bo'ladi. Bu holda и orkestming dirijori emas, balki oddiygina «takt uruvchi»ga aylanib qoladi, shunda ham agar umuman taktni to'g'ri belgilash va ajratishni uddalay olsa!» Gektor Berlioz. «Ko‘p yillar awal, sokin qish oqshomida, konsertdan so‘ng Strasburg ko'chalarida kezib yurgan edim. Konsertdan olgan taassurotlarim ta’sirida men xuddi sarmast odamdek, hozirgina Brams simfoniyasini kashf etib bergan dirijor mahoratiga tan berib, sayr qilishda davom etdim. Zaldan chiqib kelayotgan odamlar orasidan o ‘tar ekanman, men keyinchalik ham unuta olmagan suhbatni eshitib qoldim: —Ajoyib konsert, - dedi kimdir yoqimsiz ovoz bilan. —Bo‘lmagan gap! - deb javob berdi o ‘ziga haddan ziyod ishongan kishining ovozi. Uning ovozidagi ishonch meni joyimga mixlab qo‘ydi. Orkestr ajoyib. Biroq nima uchun uning oldida doimo dirijor qaqqayib turishi meni taajjublantiradi. —Men ham Brams simfoniyasi yangragan paytda faqat shu haqda o ‘yladim, - deya kinoya bilan javob berdi yoqimsiz ovoz». Taniqli dirijor Shari Myunsh o'zining «Men dirijorman» kitobini shunday boshlaydi. O'sha paytlarda yosh sozanda boigan Shari Myunshning achchiqlanishiga sabab bo'lgan ushbu suhbatda berilgan savollar vaqti-vaqti bilan boshqa tinglovchilarda ham tug'ilib tursa ajab emas. Haqiqatan ham, frak kiyib, orkestr tepasida turgan va musiqa yangrayotgan bir paytda qo'llarini silkitib turgan odamning haqiqiy roli nimadan iborat? www.ziyouz.com kutubxonasi «Dirijor» so‘zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident», italyanlar «Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar. H ar qaysi tilda ham bu so‘z rahbar, boshliq, direktor m a’nosini anglatadi. Shunday qilib, dirijor bu - orkestr jamoasining rahbaridir. U n in g asosiy vazifasi — bu jam oaning hayoti faol va yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lishini nazorat qilishdan iborat. Dirijor sozandalar musiqiy asarni uyg'unlikda ijro etishlari, ular asarni birga boshlab, birga tugatishlari, o‘z cholg‘ularini bir maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda kuy boshlashlarini ta ’minlaydi. Dirijor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishi, ularni ijroga yo‘naltirish uchun belgi berishi lozim. Darvoqe, uzoq vaqt davomida ko'pchilik, dirijor vazifasi faqat orkestming yagona ritmdagi ijrosini ta’minlashdan iborat, deb tushunar edi. Aslida esa dirijorlik kasbi juda murakkab va qiyindir. U juda katta aqliy va asabiy mehnat, doimiy jismoniy quw at talab qiladi. Demak, dirijor mustahkam salomatlikka va chidam hamda bardoshga ega bo'lishi zarur. Uning uchun zarur bo'lgan o'zini qo‘lga ola bilish xususiyati ham salomatlik va asab tizimining ahvoliga bog'liq. D irijo r 100 d an o rtiq m u siq a c h ilar fao liy atin in g asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning roli qisman rejissor roliga o'xshab ketadi. Rejissor — teatrdagi sahna asarining badiiy rahbari, spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijorni ham bevosita orkestming rejissori deb qarash mumkin. Lev Tolstoyning «San’at o'zi nima?» deb nomlangan mashhur maqolasida shunday so'zlar bor: «San’atning faoliyati — bir marotaba boshdan kechirgan hissiyotni o'zida tiklab, so'z orqali ifoda etilgan harakat, bo'yoq, tovushlar, tim sollar yordamida ushbu hissiyotni boshqalar ham boshdan kechira oladigan tarzda yetkazib berishdan iborat. San ’at — bu insonga xos shunday faoliyat turiki, uning vositasida bir inson o'z boshidan kechirayotgan hissiyotlarni tashqi belgilar orqali boshqalarga yetkazadi, ular esa bu hissiyotni o'z qalblariga ko'chiradilar. dildan his etadilar». Bu e ’tirof dirijorlik san’atiga bevosita taalluqlidir. B unda dirijorning em otsional ta ’sir kuchi. uning boshqalarga hissiyotlarni yetkaza bilish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Aw alo, u o ‘z hissiyoti bilan orkestrni rom elishi, so'ng esa u bilan birga tinglovchilarni sehrlab qo'yishi darkor. Aynan emotsional ta ’sir www.ziyouz.com kutubxonasi ko‘rsata olish xususiyati ko'p jihatdan dirijoming iste’dodi, uning artistlLk mahorati va ishi sifatini belgilaydi. Boshqalarga o'z hissiyotini yetkaza bilish qobiliyati dirijor ijodining mustaqilligi, qolaversa, ilhom belgisidir. Tom ma’nodagi ilhom - bu emotsional samimiylik, chuqur intellekt, san’atkorona temperament, idrok, erkinlik va intizom, o‘zini boshqarish, yuksak mahorat, va nihoyat, bu haqiqiy yorqin iste’dod hamda aqliy mehnat demakdir. Shu o'rinda ajoyib dirijor A. M. Pazovskiyning «Dirijor qaydlari» kitobidan Artur Toskanini haqidagi quyidagi mulohazalarini keltirish joiz: «Shaxsan mening fikrimcha, Arturo Toskanini zamonamiz dirijorlik san’atining eng yuksak cho'qqisiga erishgan insondir. Uning daholigi, ulkan iroda kuchi, romantik insonga xos individuallik va hissiyotchanligi, muallif matnini yorqin va o'ziga xos tarzda o ‘aiy bilishi, o'zining artistlik qobiliyatini kompozitor shaxsiyati va musiqasi bilan uyg'unlashtira olishi, bu musiqaning obrazliligini yanada chuqurlashtirib, uning shaklini kamol toptirishdan iboratdir». Shu bois dirijorning o'zi, aw alo, musiqiy asarning g ‘oya va mohiyatini chuqur anglashi, shundan so'nggina uni orkestrga yetkazib, musiqachilar uning maqsadlarini amalga oshirishlariga erishishi lozim. Dirijor partituradagi unsiz nota belgilariga hayot ato etishi lozim. Bunda u musiqani to'g'ri talqin etishi zarur. O'z ishini yaxshi bilmaydigan yoki iste’dodsiz dirijor tomoshabin oldida, hattoki eng ajoyib musiqiy asami ham barbod qilishi mumkin. Ayniqsa, asar yangi, hali ko‘pchilikka notanish bo'lsa. Shuning uchun yangi asarni ijro etishda dirijor juda ehtiyot bo'lishi kerak. Chunki uni awal eshitmagan tinglovchi dirijor xatolarini bastakorniki deb o'ylashi mumkin. Albatta, har qanday eng mahoratli, yuksak iqtidor sohibi bo'lgan dirijor ham yomon musiqani yaxshi qilolmaydi. Biroq musiqiy asarning noyob tomonlarini ochib berish, yoki muallif g'oyasini buzib ko'rsatgan holda, bunday xususiyatlarni yashirish - faqat dirijorga bog‘liq. Shu bois Rimskiy-Korsakovning «Dirijorlik - qorong'u ish» degan iborasi qaysidir m a’noda shu kungacha o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Garchi o'sha paytlardayoq Rimskiy-Korsakovga javoban Ippolitov-Ivanov «Bu ish faqat dirijorlik texnikasi asoslari bilan tanish bo'lmaganlargagina «qorong'u ekanligini» aytgan bo‘lsa-da, bunday asoslarni nazariy jihatdan ishlab chiqish ishi to'liq yakunlangan deyish qiyin. Barcha musiqachilar kabi, dirijor ham musiqaning elementar nazariyasini, solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlilini yaxshi bilishi www.ziyouz.com kutubxonasi kerak. Shuningdek, u inson ovozi haqida umumiy m a’lumotlarga ega bo'lishi. cholg'ushunoslik, musiqa tarixi, estetika va boshqa kerakli sohalardan bohabar bo‘lmog‘i lozim. Dirijor orkestr yoki xorga nisbatan rahbar, o ‘qituvchi, instruktor bo'lishini ham unutmasligi kerak. Bu mezonlar dirijor xoh yosh, xoh qari, tajribali yoki o‘z faoliyatini endi boshlayotgan bo‘lsin — barchasiga barobar tegishlidir. Albatta, dirijorlik tajribasini amaliy faoliyatsiz to‘plab bo'lmaydi. Biroq bu faoliyatdan oldin, ya’ni boshlovchi dirijor orkestr yoki xor qarshisida turish huquqini qo'lga kiritguncha qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko‘p. Buning uchun endi faoliyat boshlayotgan dirijor alohida qobiliyatga ega bo'lishi kerak, bu — o'ta muhimdir. Bundan tashqari u yaxshi musiqachi bo'lishi, ya’ni musiqiy madaniyat va bilimga ega bo'lishi lozim. Musiqa sadolarini yaxshi ilg'ash, ritm va temp hissi, musiqiy shakl va usliibni tushunish qobiliyati, musiqiy did, m e’yor hissi, musiqiy xotira, temperament va tasaw ur kabi ijrochi-musiqachilarga xos xususiyatlardan tashqari dirijor yana bir qator alohida jihatlarga ham ega bo'lishi darkor. Bu awalo, qo'llam ing maqsadga muvofiq va ohista harakatlari hamda shunga yarasha yuz ifodasi yordamida orkestr yoki xor a’zolariga musiqiy asarning mohiyatini yetkaza olishdir. Bunda dirijor o'zini nazorat qila bilishi, har qanday vaziyatda tezkor va ifodali bo'lishi lozim. Bularning ban dirijorga musiqa asarlarini tinglovchi oldida ijro etilayotgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan og'ir vaziyatlardan muvaffaqiyat bilan chiqib ketishi uchun kerak bo'ladi. D irijorda tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, intizomlilik, tashkilotchilik iste'dodi uyg'unlashgan bo'lib, shu bilan birga jamoaga nisbatan xushmuomalalik, osoyishtalik va chuqur his eta bilish quw ati namoyon bo'lishi kerak. Orkestr yoki xor bilan yaxshi ishlash uchun dirijor ziyrak va oqil pedagog-tarbiyachi bo'lishi lozim. Bunga qo'shimcha qilib shuni aytish mumkinki. mardlik, halollik va prinsipiallik kabi xususiyatlarsiz haqiqiy dirijorni tasaw ur qilib bo'lmaydi. Repetitsiyalarda dirijor orkestmi u yoki bu musiqiy asarni ijro etishga tayyorlaydi. Bunda har bir orkestr yoki xor jam oasi o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olish zarur. Shu bois dirijor oldida turgan vazifalar ko'p bo'ladi-vu. unga ajratilgan vaqt esa kam bo'ladi. Qisqa vaqt ichida orkestrga kerak bo'lgan hamma narsaga ulgurish lozim. Biroq dirijorning o'zi ham repetitsivaga muhtoj-ku. ayniqsa. agar orkestr bilan yangi musiqiy asarni birinchi bor mashq qilayotgan bo'lsa Agar dirijor faqat orkestr uchun qavg'urib. o'zi ustida ishlash www.ziyouz.com kutubxonasi haqida unutib qo'ysa, ya’ni o‘zini nazorat qilishdan to'xtasa, bu uning xatosidir. Agar dirijor o ‘zi haqidagina o‘ylab, orkestrni tashlab qo'ysa, undan-da noto‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘ladi. Bordi-yu, dirijor orkestr haqida o‘ylamasa, o'zining dirijorligi haqida unutib qo‘ysa va faqat shunday bo'lishi kerakligi uchungina majburan ishlasa yoki xotirasini sinash maqsadida yoddan dirijorlik qilib, o'z harakatlarining «go‘zalligi»ga mahliyolik tuyg'usi bilan yashasa bundan yomoni bo'lmaydi. Hikoya qilishlaricha, Rixard Vagnerdan keyingi davrlarning eng buyuk dirijorlaridan sanalgan Gans Rixter (1843—1913), Vena opera teatrining bosh dirijori paytida, repetitsiya vaqtida kontrabaschining xatosini ko'rib, unga qo'pol tarzda tanbeh bergan. Shunda musiqachi: «Siz haqsiz, men xato qildim, biroq bunga qo'pol tanbeh bermasangiz bo'lardi. Agar sizning tayoqchangiz uchida qo'ng'iroqchasi bo'lganda bormi, biz ham ba’zida noto'g'ri harakat tovushlami eshitgan bo'lardik!» Darhaqiqat, orkestr a’zolari dirijor xatolarini «eshitib» turadilar, lekin doim emas. Dirijor xatosini faqat uni kuzata turib, noto'g'ri harakatini ko'rib qolgan kishigina anglashi mumkin. O'z vaqtida Gektor Berlioz uquvsiz pianinochi yoki xonanda ijrosiga chidash mumkin, lekin asar maromini va orkestr jarangini his qilmagan, uyg'unlikni anglamagan, musiqachilarga xalal berayotgan dirijor qancha tashvish orttirishini tasaw ur qilish qiyinligini ta ’kidlab o'tgan edi. Shu bois, musiqiy va kasbiga xos qobiliyatlardan tashqari dirijor tartibli inson bo'lib, reja bo'yicha ishlashi, repetitsiya maromi va muhitini to'g'ri tashkil eta bilishi lozim. Ko'rinib turibdiki, dirijorning vazifalari juda ko'p va mas’uliyatli. Xo'sh, musiqa san’ati oldida shunchalik katta mas’uliyatli bo'lgan san’atkor qanday fazilatlar egasi.. bo'lishi kerak? Dirijor va orkestr o'rtasida «ko'zga ko'rinm as aloqa» vujudga kelishi uchun zarur b o'ladigan in tellek tu al, badiiy-ijodiy, professional va insoniy fazilatlarning ko'pqirrali majmuasi nimalardan tarkib topadi? Bu awalo, keng ko'lamli musiqiy bilimlardir. Dirijor ko'p musiqiy asarlar - ularning shakli, turli davrlarga xos musiqiy tilning xususiyatlarini bilishi kerak. Orkestming har bir musiqachisi qanday muammoga duch kelishi va uni bartaraf etish yo'lini tushunish uchun orkestming har bir musiqa cholg'usini yaxshi bilishi shart. Dirijor orkestr partiturasini erkin o'qiy olishi, musiqa tarixi sohasida keng bilim va dunyoqarashga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, agar tartib bilan sanab o'tsak, «iste’dod» deb atashga o'rganganimiz — asosiy ifoda www.ziyouz.com kutubxonasi vositalariga kiruvchi musiqiy eshitish, xotira, temperament, tasawur qilish qobiliyati, musiqiy shakl va ansambl hissi, urg‘u sezgirligi, qo‘llar va yuzning tabiiy harakatchanligi - bularning hammasi dirijorga orkestr a ’zolariga o'zining badiiy maqsadlarini yetkazishga yordam beruvchi vositalardir. Xuddi shu fazilatlar kabi, dirijor qalbida doimo metroritm hissiyoti yashaydi. Bu hissiyot musiqaga shakl, hayot, harakat va rivojlanish beradi. Agar dirijorda texnika iste’dodi bo'lsa, unda uning egiluvchan qo'llari va yuzining, ayniqsa, ko'zlarining ma’nodor ifodasi bilan uyg'unlashsa, dirijorning ajoyib va betakror «tili»ga aylanadi. U ana shu tild an qanchalik unum li foydalansa, o 'z in in g badiiy maqsadlariga shunchalik tez va aniq yeta oladi. Agar dirijorning texnikasi yomon bo'lsa, dirijorga musiqaning nozik qochirimlarini, o'zgarishlarini ifoda etishga xalal beribgina qolmay, unga taktni bir maromda chalishga imkon ham bermaydi. Ba’zi dirijorlarning qo'l harakatlari erkin va plastik bo'lsa-da, ijrochilar ularni baribir tushunmaydilar. Buni shunday izohlash mumkin, ular o 'zlarin in g chiroyli qo ‘l harakatlari bilan m a’no ifoda eta olmaydilar. Shu bois dirijorga qo'l harakatlarining tashqi chiroyi emas, balki ulam ing m a’nodorligi va ishontiruvchanligi muhim. Buning eng yaxshi isboti sifatida buyuk rus kompozitori Pyotr Chaykovskiyning ajoyib dirijor Artur Nikish haqida quyidagi so'zlarini keltirish joiz: «Uning dirijorligi, — deb yozadi P.I. Chaykovskiy, — Gans Fon Byulovning ta ’sirchan va o'ziga xos usuliga mutlaqo o'xshamaydi. Fon Byulov qanchalik harakatchan, notinch va ko'zga tashlanuvchi harakatlari ta’sirchan bo'lsa, janob Nikish shunchalik xotiijam va nafis, ortiqcha harakatlardan xolidir. Shu bilan birga janob Nikish hayratlanarli darajada kuchli, hukmronlik tuyg'usiga to'liq va o'ta irodalidir. U bamisoli dirijorlik qilayotgandek emas, balki qandaydir sirli ilhom ta ’sirida harakatlanayotgandek, ohanglar oushida suzayotgandek tuyuladi kishiga. U diqqatni ko'p ham jalb qilavermaydi, chunki e’tiborni o'ziga tortmaslikka harakat qiladi. Vaholanki, orkestming ulkan jam oasi, mahoratli ustaning qo'lidagi bir cholg'udek, uning hukm ida ek an in i, to 'liq b o 'ysunayotganini sezasiz. O rkestrni boshqarayotgan bu rahbar - 30 yoshlar chamasidagi rangpar, chaqnoq ko'zli yigit sehrli kuchga egadek tuyuladi. Bu kuch ta ’sirida orkestr, goh minglab lerixon karnaylaridek gumburlaydi, goh kaptardek mayin ovoz chiqaradi, gohida esa sehrlab qo'yuvchi sirlilik og'ushiga sizni batam om bog'lab qo'yadi. Bularning barchasi tinglovchilar o'ziga www.ziyouz.com kutubxonasi b o ‘ysunuvchi orkestr ustida xotirjam hukm ronlik qilayotgan bu kichkinagina kapelmeysterga e’tibor ham bermaydigan tarzda amalga oshiriladi. Menimcha, bu - ideal!» Zamonaviy dirijorlik tili - yuz ifodasi va qo‘l harakati tili sifatida insonning ko‘p asrlik tajribasi bilan sinalgan muloqot vositasidan foydalanib, shakllangan. Qo‘l harakati va yuz ifodasi tili hammaga tushunarli, serma’no va boydir. U darhol qaytariluvchi emotsional javobga sabab bo'ladi. Qo'l harakatlari katta hissiy - obrazli ifoda kuchiga ega: ular jahldor yoki muloyim, so'roq yoki tasdiqlovchi, iltimos qiluvchi yoki rad etuvchi, da’vatkor yoki taklif qiluvchi, kutib oluvchi yoki hayratlanuvchi, ogohlantiruvchi yoki tahdid qiluvchi bo'lishi mumkin va hokazo. Ijro etilayotgan musiqaning obrazli - emotsional mohiyatiga qarab u yoki bu ma’noli harakat tanlanadi. Turli dirijorlarda qo'l harakatlari va yuz ifodasi (mimika)ning nisbiyligi turlicha. Aytish mumkinki, mimika, asosan, kerakli emotsional (hissiy) holatni, qo'l harakatlari esa ijroning texnik detallarini boshqaradi. Mimika - dirijorning obrazli fikrlashi naqadar yorqin va aniqligini namoyon etuvchi omildir. U - ma’nodor qo'l harakatining doimiy hamrohidir. Zero, qo'l harakatiga hamroh bo'lgan nigoh uni ruhlantiribgina qolmay, uning ta’sirini kuchaytirib, birinchi navbatda bu harakat mo'ljallanganini ham bildiradi. Agar yuz ifodasiz bo'lsa, hatto eng aniq va nozik qo'l harakati ham kerakli badiiy ta’sirga ega bo'la olmaydi. Hattoki, ba’zi hollarda mimika qo'l harakatini ortda qoldirib, asosiy m a’no kasb etadi. Shu o'rinda «Yosh gvardiya» («Molodaya gvardiya») jumalida keltirilgan bir qiziqarli faktni eslash joiz (1966, 10-son 180-bet): amerikalik Din Dikson ismli dirijor bir kuni chap qo'Ii va o'ng yelkasini shikastlab olibdi. Navbatdagi konsertni qoldirmaslik uchun u faqat ko'z va qoshi harakati yordamida dirijorlik qilgan. Konsertdan so'ng musiqachilar o'z dirijorining yuz ifodasini yaxshi tushunganliklarini bildirganlar. Ana shu narsalaming barchasini bilish uchun qancha o'qish kerak? Odatda, dirijorlik kasbini biron-bir musiqiy cholg'uni yaxshi chala oladigan musiqachilar egallaydilar. Ba’zida esa dirijorlikka orkestr artisti yoki yakkaxon sozanda sifatida uzoq yillar faoliyat ko'rsatgan tajribali kishilar murojaat qiladilar. Gohida esa dirijorlikka bastakorlar qo'l uradilar. Buning uchun dirijorga tabiatdan berilgan musiqani tinglash qobiliyati va musiqa xotirasi nihoyatda zarur bo'ladi. Zero, pultda turar ekan, u musiqiy asarning har bir notasini eshitishi kerak bo'ladi. Agar orkestr a’zolaridan qaysi www.ziyouz.com kutubxonasi biridir n o to ‘g ‘ri chalsa, yuz kishidan aynan qay biri n o to ‘g ‘ri chalayotganini aytib berish - dirijorning burchidir. «Ohang mazm unini oldindan ilg‘ab, mag‘zini chaqib, har bir musiqiy cholg‘uning tovushini yaxshi tushunishga, qulog‘ingni ularga xos pardalarni ajrata bilishga o ‘rgat» Robert Shumanning bu o‘gitini har bir dirijor doimo esda tutishi kerak. Nozik, yaxshi «sozlangan» tembral eshitish qobiliyati (тембралный слух) dirijor kasbida juda katta ahamiyat kasb etadi. U dirijomi har bir ijrochining ijodiy sa’yharakatini nafaqat ulardagi m ahorat va iqtidordan, balki sozning muayyan imkoniyatlaridan kelib chiqib aniq va to‘g‘ri yo‘naltira bilishga qodirlik darajasini ko‘rsatadi. Buni bilish qobiliyati o ‘ta muhim jihatlardan biridir. Orkestr cholg'ularining tabiatini puxta o'zlashtirish orqali yaxshi dirijor eshitish qobiliyatini va har qanday cholg'ularga xos jilvalarni chuqur his etish xususiyatini o'zida shakllantirishi mumkin. Inson ovozlari kabi, har bir musiqiy o ‘ziga xos intonatsion — koloristik ifoda kuchiga ega, uning texnik xususiyatlari qamrovi bor, o‘ziga xos ovoz ko‘lami va tezlik chegarasi mavjud. Shu bois dirijor bularning hammasini yaxshi bilishi darkor. Aks holda u repetitsiyalarda bajarishi mumkin bo'lmaydigan yoki texnik noqulayliklar tug'diruvchi narsalarni talab etayotgan nohaq o'qituvchi holatiga tushib qolishi mumkin. Ijrochi uchun noqulay va o'zini oqlamagan har bir narsa ijroning badiiyligining pasayishiga olib keladi. Ba’zan ijrochilar, ayrim yosh dirijor bilan uning talabchanligiga qaramay, ishlash qulayligini, boshqa dirijor bilan esa, garchi u talabchan bo‘lmasa-da, ishlash noqulayligini aytadilar. Buning sababi nafaqat musiqa talqinlarini turlicha ekanida, balki bir dirijor ijrochilik san’atining har bir turiga xos ifodali va texnik imkoniyatlarini yaxshi tushunishi, ijodiy mahorat cho'qqilariga erishish yo'llarini bilishi, boshqasi esa, bularni tushunmasligi va bilmasligiga borib taqaladi. Ana shu «boshqasi» o'zining «betakror ijodiy maqsadlari» haqida jimjimador tarzda fikr yuritishi mumkin-u, ammo bu maqsadiga qanday ijrochilik vositalari yordamida erishish mumkinligini tasaw ur ham qilolmaydi. U badiiylikni ijro texnikasidan ayri oladi, bu esa san’atda hunarbozlikka olib keladi. Yaxshi dirijor bo‘lib yetishish uchun ko'p narsani bilish kerak, awalo, haqiqiy musiqachi bo'lishi kerak. Taniqli dirijor Oskar Frid aytganidek: «Eng nozik musiqiy tasavvurlami ilg'ashga qodir yurak bilan tug'ilish kerak, ana shu tasawurlarni g‘oyalarga aylantirishga www.ziyouz.com kutubxonasi qodir aqlni tarbiyalash zarur, bu g'oyalarni orkestrga yetkazish uchun esa kuchli qo'lga ega bo‘lish lozim». Mohir dirijorning san'atini orkestrdan ajratib bo’lmaydi deganimizda, biz awalo, uning ijrochilar jamoasini ko‘ptovushli va rang-barang yagona musiqa cholg‘usi sifatida qabul qila olish qobiliyatini nazarda tutamiz. Ana shu yagona musiqiy cholg’u - tirik, o ‘ziga xos tarzda fikr yurituvchi, his qiluvchi va yaratuvchi ijodkor — musiqachilar guruhidan iborat ekanligini doimo esda tutish kerak. Orkestr jamoasiga uyg’unlashib ketish, butun vujudi ila u bilan nafas olish, kuyiash, ijro etishga qodir boim agan musiqachi mohir dirijor bo‘la olmaydi. «Yaxshi xotira — dirijorning asosiy va eng yaxshi fazilatlaridan biridir», — degan edi Shari Myunsh. Bu borada Nikolay Anosov Balakirev bilan sodir bo'lgan voqeani misol qilib keltiradi: « 0 ‘z navbatida ajoyib pianinochi ham bo'lgan Balakirevning dirijorlik fazilatlari uning zamondoshlari boigan bastakorlarning rus musiqa shinavandalari orasida ommaviylashuviga ko‘p jihatdan ko‘maklashdi. Balakirev tomonidan M. 1. Glinkaning «Ruslan va Lyudmila» operasini Pragada sahnalashtirilganligi ham bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Bu postanovka bilan bog’liq qiziqarli voqeani eslab o‘tmasdan iloj yo’q. Premyera arafasida «Ruslan va Lyudmila» partiturasi g’oyib bo’ldi va umuman topilmadi. Biroq bu spektakl muvaffaqiyatiga zarracha putur yetkazmadi — Balakirev butun operani voddan bilgani uchun bemalol o'tkaza oldi». Orkestr oldiga chiqishdan awal, dirijor partiturani birinchi notadan so'nggi notasigacha, sinchiklab o’rganib. uni yodlab oladi. Shunga qaramay, pultda juda ko’p buyuk dirijorlar partituradan foydalanadilar. Ba’zilar esa, yoddan dirijorlik qilib, muxlislarning alohida e'tiborini tortib. olqishiga sazovor bo'ladi. Slui munosabat bilan XIX asarning taniqli dirijori Gans Fon Byulov «dirijorlarni kallasi partiturada va partitura kallasida bo’lganlarga» ajratar edi. Bu - eng asosiy va to'g'ri aytilgan gap.