Mamlakatimizda Respublika Prezidentining farmoni bilan «O„zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg„armasini tashkil etilishi» (1) va uni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi o„zbek sportini, jumladan, bolalar sportini tamomila yangicha yo„nalishda shakllanishiga turtki bo„lmoqda. Mazkur hujjatda nafaqat bolalar sportini rivojlantirishda muhim omil bo„lgan moddiy va huquqiy ta‟minotni yaratish zarurligiga asos solingan, balki shu yo„nalishni jadal sur‟atlar bilan taraqqiy ettirish uchun raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga katta e‟tibor qaratilgan. So„nggi yillarda yurtimizda ko„pdan-ko„p jahon standartlariga mos sport inshoatlarining barpo etilishi, Respublikamizning deyarli barcha mintaqalarida nufuzli xalqaro musobaqalarni o„tkazilib borilayotganligi hamda turli yoshdagi sportchilarimizning Olimpiya va Osiyo o„yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari kabi yirik musobaqalarda yuksak natijalarga erishib kelayotganligi yuqorida qayd etilgan fundamental hujjatlarning hayotiy aksidir. YOsh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo„yicha iste‟dodli sportchi bolalarni etishtirish o„quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi. Sport amaliyoti tajribasi shuni ko„rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo„llaniladigan an‟anaviy uslub va vositalar ko„p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o„z samaradorligini yo„qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to„xtashi ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatni kelib chiqishi tabiiy holatdir. CHunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz bo„lmaydi, an‟anaviy yuklamalarga ko„nikish hosil bo„ladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlar sport mahoratini o„sishiga «qudrati» etmay qoladi (12,15,16,). Qayd etilgan holatlar bizni ixtisoslashtirilgan bolalar va o„smirlar olimpiya zahiralari maktabi (IBO„OZM) da shug„ullanuvchi yosh gimnastikachilar misolida ularning jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligi samaradorligini oshirishga mo„ljallangan. Ma‟lumki, yildan yilga gimnastik mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega bo„lib, ijro etilayotgan harakat kombinatsiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Binobarin, ushbu vaziyat gimnastik ko„pkurash turlari istiqbolini oldindan belgilab berish imkonini yaratadi (12,13). Bularning barchasi olimpiada o„yinlarining ommalasha borishi, ularning dasturlari va medallar sohiblari geografiyasining kengaya borishi hamda “katta” sportning professional va tijorat qiyofasiga kirib borayotganligi bilan bog„liqdir. Bu esa o„z navbatida mashg„ulot va musobaqalar yuklamasi hajmi hamda shiddatini ortishi (6), sportchilar mahoratining o„sishi, tayyorgarlikning yangi samarali uslub va vositalarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish, “katta” sport yo„nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining jaddallashishi va shu jarayonni ta‟minlashda qo„llanilidagan ilmiy-tadqiqot asboblarining yangi avlodini yaratilishi, malakali sportchilarning tayyorgarlik jarayonini kompyuter tizimi asosida nazorat qilish, sport anjomlari, uskunalari va sport kiyimlarini takomillashib borishiga asoslanadi. Sport industriyasining keng quloch yozishi, sport infrastrukturasining rivojlanib borishi, xalqaro musobaqalar taqvimining kengayishi, sportchi va murabbiylarning turli mamlakatlarda faoliyat ko„rsatishi (12,13), sport va ilmiy axborot hajmining ortib borishi, ilmiy-sport markazlari va ko„pdan-ko„p tayyorgarlik bazalarining tashkil etilishi bilan belgilanadi (26, ). SHu bilan bir qatorda, ta‟kidlash joizki, «katta» sportga olib chiquvchi ko„p yillik tayyorgarlik tizimidan joy olgan dastlabki tanlov va sportga yo„naltirish jarayoni zamonaviy sportning o„ta dolzarb va fundamental ahamiyatga ega masalalardan biridir