Boshlang`ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalarining o`tilishi mundarija: I. Kirish



Yüklə 40,85 Kb.
səhifə1/8
tarix25.01.2023
ölçüsü40,85 Kb.
#80786
  1   2   3   4   5   6   7   8
BOSHLANG`ICH SINFLAR UCHUN JISMONIY TARBIYA DAQIQALARINING O`TILISHI


BOSHLANG`ICH SINFLAR UCHUN JISMONIY TARBIYA DAQIQALARINING O`TILISHI

MUNDARIJA:
I.KIRISH
1.Yosh sportchilarni jismoniy tayyorlash tushunchasi, turlari, vazifalari va vositalari……………………………………………..
2 Jismoniy qobiliyatlarningumumiy tavsifi………………………
3. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari
III. XULOSA…………………………………………………………
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………..

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktab davri barcha harakat sifatlarini rivojlantirish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Biroq muayyan yosh davrlarida harakat qobiliyatlarining tabiiy taraqqiy etish sur`atlari bir xil emas: bola organizmining jismoniy yuklamaga nisbatan javob reaksiyasi o’sish va rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha bo’ladi. Jismoniy yuklama sezuvchan yoki sensitiv deb ataluvchi muayyan davrlarda ko’proq hamda uzoq muddat saqlanib turuvchi samara beradi. Shu davrlarda muhitning tanlab yo’naltirilgan ta`sirotlariga organizmning moyilligi ortadi [7].
Harakat sifatlarining rivojlanishida egiluvchanlik alohida o’rin tutib, uning yuqori darajada taraqqiy etishi bir qator murakkab va mas`ul kasblarni egallashda, shuningdek, ko’pgina sport turlarida yuqori natijalarga erishishda katta ahamiyatga ega. Ilmiy-uslubiy adabiyotlardan olingan ma`lumotlar hamda sport amaliyotining ko’rsatishicha, katta yoshda egiluvchanlikni rivojlantirish – murakkab va kamsamarali jarayon, kichik maktab yoshi esa buning uchun qulay sharoit yaratadi [8].
Kichik maktab yoshi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta`sir qiluvchi maqsadga yo’naltirilgan ta`sirotlar uchun eng qulay davr hisoblanadi.
Basharti, aksar ko’pchilik sport turlarida ixtisoslashuvning boshlanishi kichik maktab davri bilan bir vaqtga to’g’ri kelishini nazarda tutsak, yuqoridagi holat alohida ahamiyat talab etadi. Shu sababli, bu muammoning yechilishi o’quv jarayonini takomillashtirishda nihoyatda dolzarb sanaladi.


Yüklə 40,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin