Mavzu: Lahm oʻtuvchi kombaynlar tuzilishi va vazifalari Reja: Lahm oʻtuvchi kombaynlarning umumiy tavsifi Kombaynlarda qazilmalarni qazib olish



Yüklə 19,9 Kb.
tarix11.11.2022
ölçüsü19,9 Kb.
#68586
yoʻnalishga kirish



Mavzu: Lahm oʻtuvchi kombaynlar tuzilishi va vazifalari
Reja:
1. Lahm oʻtuvchi kombaynlarning umumiy tavsifi
2. Kombaynlarda qazilmalarni qazib olish
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar

Kon-geologik omillarga kon lahimining o‘tish usuliga ta’sir etuvchi tog‘ jinslarining mahkamligi, ko‘mir yotqizig‘ining yoki ruda ta’nasining qalinligi, foydali qazilma yotqizig‘ining yotish burchagi, gazdorligi, suvdorligi, kon bosimining urishi yoki otilib chiqishi kiradi. Bu ko‘rsatkichkar ichida, asosan, kon-geologik sharoitlarga katta ta’sir etuvchi tog‘ jinsining mahkamligidir. Mahkamlikka qarab kon lahimini qanday o‘tish texnologiyasi orasidagi chegara kombaynlar yordamida yoki burg‘ilash-port- latish usuli bilan aniqlanadi. Kon lahimlari ko‘ndalang kesimi yuzasi, o‘tilishi lozim bo‘lgan masofasi, xizmat qilish muddati, kon lahimini qazib o‘tish chuqurligi, yotish burchagi, kon massasini tashish transporti va ish- lab chiqarish jarayonlarga qarab tanlanadi. Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bu burg‘ilash portlatish usuli. Bu usuli yordamida ruda konlarida 100 %, ko‘mir konlarida 65 % gacha kon lahimlari o‘tiladi. Kon kombayni — oʻtish kombayni, uchastkada lavani birinchi ishga tushirish uchun moʻljallangan Kon kombayni — kesish kombayni deb ataladi.Tozalash Kon kombayni ning qiya, yotiq va tik qatlamda ishlovchi; juda yupqa (0,8 m gacha), yupqa (0,81 — 1,21 m), oʻrtacha yupqa (1,21—3,5 m) va qalin (3,5 m dan yuqori) qatlamlardan qazib oladigan; shuningdek, tor joyni kamraydigan va keng joyni kamraydigan xillari bor. Tik qatlamda ishlovchi kombaynda koʻmir yuklovchi qismi boʻlmaydi. Tozalash Kon kombayni dagi asosiy ish organlari: kesuvchi zanjirlari boʻlgan bir yoki bir necha bar (rama)lardan iborat boʻlgan barli; aylanish oʻqi vertikal yoki gorizontal joylashgan barabanli; aylanish oʻqi gorizontal joylashgan shnekli; burgʻilash ish organlari. Boʻlardan tashkari, birlashtirilgan (mas, burgʻilash va barabanli) ish organlari ham qoʻllaniladi. Tozalash Kon kombayni kombaynga montaj qilingan mexanizm, kanat yoki gusenitsa yordamida harakatlanadi. Oʻtish Kon kombayni foydali qazilmani yoki jinslarni asosiy massadan ajratuvchi, strelkasimon, burgʻili (rotorli, rotorli-planetarli) va tebranma ish organiga ega. Ular gusenitsali, odimlovchi aralash harakatlantirgich yordamida harakatlanadi. Yuklash organi kovsh, sidirgichli konveyer, shnek va boshqa koʻrinishda boʻladi. Oʻtish kombaynlari yordamida butun kon yoʻlaklari ochib boʻlingach, shaxta maydoni lava deb ataluvchi ish uchastkalariga boʻlinadi. Har qaysi lavada tozalash kombaynlarida qazilmani qazishga kirishishdan oldin kesish Kon kombayni yordamida kon massasi butun lava boʻylab kesiladi. Bu kombayn bilan istalgan qatlamdagi koʻmir katlamini kesish mumkin. Bunday Kon kombaynining ish organi ikki sharnirli zanjiri boʻlgan tebranuvchi qoʻshaloq bardan iborat. Qazib chiqarilgan foydali qazilma yoki togʻ jinslari yuklash organi yordamida konveyerta ortiladi.Kon laxmlarini o’tishda asosan ishni siklik tashkil qilishdan foydalaniladi. O’tish sikli deganda asosiy va yordamchi o’tish operatsiyalari majmui tushuniladi. Bir sikldagi ish hajmi mexanizatsiya vositalari, kon-geologik sharoitlar, lamning yuzi, bur’ulash-portlatish pasporti va kon laxmini mustahkamlash pasportlariga bog’liq bo’ladi.Bir jinsli mustahkam tog’ jinslarida laxm o’tish Kveshlaglar, maydon shtreklari va shtolnyalarni o’tishda asosan, trapetsiyasimon, taqasimon va arkasimon ko’ndalang kesim yuzalardan foydalaniladi. Burg’ulash va portlatish ishlari. Bir sinsli mustahkam tog’ jinslarida laxm o’tishda o’tish sikli vaqtining 30-60 % qismini tashkil etadigan burg’ulash va portlatish ishlari yordamida amalga oshiriladi. Mustahkam tog’ jinslarida shpurlar burg’ulash uchun perfaratorlar yoki burg’ulash uskunalari qo’llaniladi. O’rtacha mustahkamlikdagi va yumshoq tog’ jinslarini burg’ulashda ЭБК-2м, СЭР-20Д va boshqa tipdagi kolonkali va qo’l perfaratorlari ishlatiladi. Shpurlarning diametri 32-46 mm va chuqurligi 2-3 m bo’ladi, shpurlarning soni laxmning ko’ndalang kesim yuzasiga, tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlariga, qo’llanilayotgan portlovchi modda, patron diametric va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.Koʻmir konlari — foydali qazilmalar sifatida tarkibida, asosan, koʻmir boʻlgan konlar. Koʻmir konlari tabiatda choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shaklida uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, koʻmirning sifati, atrofidagi geologik sharoitlariga qarab Koʻmir konlarining umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajratiladi. Geol.-razvedka ishlari natijasida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida olinadigan qushimcha maʼlumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga oʻtkazishga asos boʻladi. Xalq xoʻjaligi talablarini, zamonaviy texnologiya va texnika imkoniyatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, Koʻmir konlarining balansdagi zahiralari sanoat zahiralari toifasiga oʻtkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vositalari imkoniyatidan kelib chiqib, koʻmirning bir qismi qazib olinmasdan yer ostida qoldiriladi va bu koʻrsatkich foydali qazilmani konda yoʻqotish va qazib chiqarish koeffitsiyentlari bilan baholanadi. Koʻmirni konlardan qazib olishda ochiq, yer osti va kombivatsiyalashgan usullar qoʻllaniladi. Ochiq usulda qazishning asosiy sharti — foydali qazilma qatlamlari yer yuzasiga yaqin joylashgan boʻlishi kerak, bu sharoitda karyer (koʻpincha Koʻmir konlarida — kesma)da yuqori quvvatli rotorli qazib olish kombaynlaridan foydalaniladi. Qatlamlar chuqurligi oshavergach, ochiq usulda qazib olingan koʻmirning hajmiga nisbatan puch togʻ jinslarining miqdori oshib boradi. Muayyan sharo-itlarda koʻmirni yer osti (shaxta) usulida qazib olish samaradorli boʻladi. Baʼzi Koʻmir konlarida qatlam qanotlarining bir tomoni yer yuzasiga yaqin joylashib, hatto yuzaga chiqib qolish holdari ham uchraydi, lekin ularni yotish burchagi katta boʻlgani uchun tez chuqurlashadi, bunday sharoitlarda Koʻmir konlarining bir qismi ochiq usulda, qolgan chuqur-lashgan qismi esa yer osti usulida qazib olinadi.
Xulosa shuki, qazib olish ishlari oson va qulay boʻlishi uchun lahm oʻtish kombaynlaridan foydalaniladi. Tozalovchi kombaynlar koʻmir qatlamini ishchi organi yordamida toʻliq buzib oladi. Burgʻilash usuli bilan qazib oluvchi kombaynlar tosh koʻmirni va joylashuvi tik boʻlggan 25° Dan yuqori boʻlgan koʻmir qatlamlarini qazib olish uchun moʻljallangan. Qazib oluvchi mashinalar quydagicha tavsiflanadi:
1. Ishchi organning turiga qarab (barli, aylana barli, disk shtangali, barabanni, shnekli, baraban desklu, karonkali)
2. Sarflaydigan energiya turiga koʻra (elektr va elektrogidravlik)
3.harakatlanish yoki surunish mehanizmiga koʻra (kanotli, zanjirli, tishli rikali, riduktirli, gidravlik)

Foydalanilgan adabiyotlar


OʻzME Birinchi jild. Toshkent (2000-yil)
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
Foydalanilgan saytlar
http://remfile.ndki.uz
http://www.ndki.uz
http://library.ziyonet.uz


Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin