Mavzu: Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 68,96 Kb.
səhifə1/5
tarix10.09.2023
ölçüsü68,96 Kb.
#142486
  1   2   3   4   5
SLAYD2

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA FAKULTETI IKKINCHI BOSQICH 223-GURUH MAGISTRANTI PARDAYEV ERGASHNING LINGVAKULTUROKOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Mavzu:Lingvokulturologiyaning TADQIQOT OBYEKTI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Lingvokulturologiya fanning maqsadi va vazifalari

Fanning maqsadi – magistrant-talabalarni etnik madaniyatning dunyoqarashi va shaklini ifodalovchi universal vosita bo‘lgan til bilan tanishtirish, ularda til va madaniyatning o‘zaro aloqasi va ta’siri bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Fanning vazifasi Antropotsentrik paradigmaning lingvistikada paydo bo‘lishida lingvo-kulturologiyaning ahamiyatini yoritib berish, magistrlarni “lingvokulturologiya” fanining “predmeti, vazifalari, metodlari va tushunchaviy-terminologik apparatidan xabardor qilish; ularning leksik birliklarda madaniyatning namoyon bo‘lishi haqidagi bilimlarini shakllantirish; magistrlarni o‘zbek tili leksikasini lingvokulturologik tahlil qilishga, shuningdek, o‘zbek tili leksikasini qiyosiy lingvokulturologik tadqiq qilishga o‘rgatishdan iborat.Ushbu fan bp`yicha dastur asosida 26 soat ma’ruza, 20 soat amaliy mashg‘ulot, 24 soat seminar ajratilgan.

“Lingvokulturologiya” fani bo‘yicha magistrant bilimlarning yangi antropotsentrik paradigmasi, lingvokulturologiya tarixi, lingvokulturo-logiya asosiy yo‘nalishlari, muqobilsiz leksika va lakunalar, mifologiya-lashtirilgan til birliklari, tilning paremiologik fondi, tilning frazeologik fondi, etalonlar, stereotiplar, ramzlar, tilning metafora-lari va obrazlari, tillarning stilistik qatlami, nutqiy muomala, nutq etiketi, lingvomadaniy paradigma, lingvokulturema, konsept, madaniy konsept, madaniy sema, madaniyat tili, madaniy matn, submadaniyat, madaniy universaliya, madaniy salohiyat, madaniy meros, madaniy an’analar, mentalitet va mentallik, o‘zbek mentaliteti, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri, “til-madaniyat” haqidagi lingvistik ta’limotlar, olam manzarasi, olamning tildagi manzarasi, lisoniy shaxs haqida tasavvurga ega bo‘lishi.


Yüklə 68,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin