|
Mavzu: Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
|
səhifə | 1/3 | tarix | 26.10.2023 | ölçüsü | 0,7 Mb. | | #161418 |
| Iqtisodiyot nazariyasi
- Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari
- o‘z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va
- matbubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy
- tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda
- yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarning
- shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi
- aralash mulk shakllarini va xususiy mulklami oladi. Shu sababli
- ≪ 0 ‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida≫gi qonunida
- turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki,
- jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (3.2-rasm).
Mulkchilik Shakllari
- Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ulaming iqtisodiy
- mezoni, awalo, ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi va
- ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan
- birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlaming holati, ijtimoiy
- mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining
- yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
- Davlat mulki - egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish
- davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat. Davlat mulki
- asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
- 1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga
- o‘tkazilishi;
- 2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli
- korxona va tashkilotlarda investitsiyalami amalga oshirish.
- Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan,
- bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda
- mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy
- resurslami, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy
- tuzilmaning kattagina qismini ко‘rsatish mumkin.
- 0 ‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika
- mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar
- inulkidan iborat bo‘ladi. yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i,
- o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika
- hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli
- madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxirasi,
- valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
- Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati
- mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari,
- munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa
- mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari
- kabilar mol-mulki bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|