Har bir qit’a, mamlakat, hudud, viloyat,shahar,tuman,qishloq va ovullarda shu joyning tabiatiga moslashgan odamlar yashaydi. Shunga ko‘ra, aholi deb ma’lum bir hududda – shahar, viloyat, tuman va mamlakatda – istiqomat qilayotgan odamlar majmuiga aytiladi.Aholi o‘zining tarkibiy tuzilishi bo‘yicha nihoyatda xilma-xil kishilardan tashkil topgan bo‘lib, ular yoshi bo‘yicha – katta va kichik; kasb-kori buyicha – dehqon, ishchi, ziyoli, tadbirkor, biznesmen, harbiy; jinsi bo‘yicha – erkak va ayol; axloqiy xislatlari bo‘yicha – yaxshi va yomon; estetik jihati bo‘yicha – go‘zal va xunuk kabi turlarga bo‘linadi. Kasbiy soha xodimlari ham ana shu aholi tarkibiga kiradi hamda aholining tinchligi va sog‘ligini,boshqa ko‘pgina manfaat va ehtiyojlarini ta’minlovchi qatlam a’zolari hisoblanadi.

Muomala madaniyatining umumiy qoidalari quyidagalardan iborat:

1.Odob va ehtiyot bilan muomala qilishdan hamma maqsadlar ro‘yobga chiqadi, yopiq eshiklar ochiladi. Muloyimlik bilan aytilgan so‘zlar ko‘ngilga rohat baxsh etadi. Ochiq yuz va shirin so‘zlik do‘stlik va muhabbatga dalil bo‘ladi. Shuning uchun hamma bilan odobga rioya etib muomala qiling, ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘ling.
2. Bir narsadan xafalanib, achchig‘ingiz kelib turgan vaqtda hech kim bilan so‘zlashmang, g‘azabingiz bosilguncha sabr qiling. Odamlarning kamchiliklarini kechiring, har ishda fikr qilish va e’tibor berishni unutmang.
3. Odamlarga aralashmay bir chetda turmang. Kim uchrasa, tekshirmay-netmay darhol og‘iz-burun o‘pishib do‘st bo‘lib ketmang. Har ishda hur fikrli, to‘g‘ri so‘zli bo‘ling, tilingiz va dilingiz bir bo‘lsin.
4. Qo‘pol kishilarning muomalasiga yaxshi muomala bilan javob qaytaring. Kishilarga qilgan muomalangiz siz ulardan kutgan muomaladan har holda yuqori darajada bo‘lishiga harakat qiling.

5. O‘zingizdan kichiklarni xo‘rlamang, aqlingiz va martabangiz bilan maqtanmang, balki o‘z martabangiz va boshqalarning martabalarini yaxshi tushunib, har kimning o‘ziga munosib muomala qiling.
6. Hamsuhbatingiz go‘zal muomala qilishini istasangiz, avval o‘zingiz unga go‘zal muomala qiling: «Odamlar meni yoqtirmasalar, yoqtirmay qo‘ya qolsinlar, nima ishim bor», demasdan, balki ular bilan do‘st bo‘lish yo‘llarini izlang, kishilarga muhabbatli bo‘lishingiz sababli kamolotingiz hech bir zoe ketmaydi.
7. Xalqqa yaxshi ishlarni so‘zlang, yomon ishlarni yashiring. Odamlar bilan muomalangiz shunday bo‘lsinki, hayotingizda sizni sevsinlar, vafot etganingizdan keyin sizni eslab, qayg‘ursinlar.
8. Juda zarur bo‘lib qolgan vaqtdagina xalqdan yordam so‘rash mumkin, boshqa vaqtda xalqning ustiga yuk bo‘lib turish to‘g‘ri emas. SHuning uchun xalqqa o‘z og‘irligingizni solmang, uning moliga tama qilmang, o‘zingiz ishlang, mehnat qiling, rizq-ro‘zingizni o‘z mehnatingiz bilan yarating. 9. Bir ishni bajarishga ahd qildingizmi, so‘zingiz ustidan chiqing, va’dangizga vafo qiling. Kim bilan do‘st bo‘lsangiz, do‘stlikka sodiq bo‘ling. Odamlarning shodliklaridan shodlaning, qayg‘ularidan qayg‘uring. O‘zingiz yoqtirmagan narsani boshqalarga ravo ko‘rmang. 10. Jamiyat manfaati uchun xizmat qiling, bu yo‘lda sarflagan vaqtingizga achinmang, chunki boshqalarni sevish, ularga yordam berish, kamchiliklarini tugatish ulug‘lik va odamiylik belgisidir.