Mavzu: Mustaqil so’z turkumlari. Fe’l va ot va so’z turkumlari reja



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü30,17 Kb.
#204942
  1   2   3   4   5
Mavzu Mustaqil so’z turkumlari. Fe’l va ot va so’z turkumlari r-hozir.org


Mavzu: Mustaqil so’z turkumlari. Fe’l va ot va so’z turkumlari reja


1
Mavzu: Mustaqil so’z turkumlari. Fe’l va ot va so’z turkumlari 


REJA: 
1. Fe’lning ma’no turlari va grammatik belgilari.
3. Fe’lning grammatik kategoriyalari, yasalishi va tuzilishi.

Tayanch tushunchalar: 
Fe’l ma’nosi, grammatik belgilari, grammatikada harakat tushunchasi,
mustaqil fe’l, yordamchi fe’l, sodda, juft, takroriy va qo’shma fe’llar, mustaqil so’z
turkumi, fe’llarning yasalishi
Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir. Grammatikada harakat
tushunchasi juda keng bo’lib, i uxlamoq, yotmoq, turmoq kabi fe’llar ifodalaydigan
holatlarni, qo’rqmoq, cho’chimoq, zavqlanmoq, qahrlanmoqkabi fe’llar
bildiradigan psixik o’zgarishlarni, gullamoq, o’smoq kabi fe’llar bildiradigan
biologik jarayonlarai va shu kabi hodisalarni o’z ichiga oladi. Bulardan har
birining o’ziga xos xususiy tomonlari bo’lishi bilan birga, ularning hammasi uchun
umumiy bo’lgan tomoni ham bor, ya’ni bularning hammasi zamon bilan bog’liq
holda yuz beruvchi hodisa hisoblanadi. SHuning uchun bu harakat-hodisalarni
bildiruvchi so’zlarning hammasi nima qilmoq?" so’rog’iga javob bo’ladi. Ularni
bir guruhga kiritish va fe’l" deb atashda ham xuddi ana shu umumiy xususiyati
asosga olinadi.
O’zbek tilidagi fe’llar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) harakat bildiradi (ya’ni
mustaqil ma’noga yega bo’ladi) va gapda uning biror bo’lagi vazifasida kela oladi:
Ishlarreja asosida bajariladi, 2) biror so’zni boshqarib keladi: ekinni sug’ormoq,
dalaga chiqmoq kabi; 3) harakatning ob’ektga bo’lgan munosabatiga qarab
mustaqil fe’llar ikki guruhgaga bo’linadi: a) ob’ektli fe’llar, b) ob’ektsiz fe’llar.
Ob’ektli fe’llar bildirgan harakat ob’ekt tushunchasi bilan bog’liq bo’ladi va
bunday fe’llar tushum kelishigidagi so’zni boshqaradi. Qolgan fe’llar bunday
xususiyatga yega bo’lmaydi. Qiyoslang: ol, so’ra, hayda - ob’ektli fe’l; kel, uxla,
qiziq - ob’ektsiz fe’l; 4) fe’l bildirgan harakat ob’ektiv harakatning tildagi ifodasi.
Lekin u ob’ektiv harakatning aynan nusxasi bo’lmay, kishi ongida aks etgan
harakat, hodisa, holat kabilar haqidagi mavhum tushunchadir. Demak, fe’l
bildirgan harakatning ob’ektiv voqelikka munosabati ifodasida bevosita inson,
aniqrog’i, so’zlovchi qatnashadi. Harakatning ob’ektiv voqelikka so’zlovchi
tomonidan belgilanadigan munosabati ham tilda o’z aksini topadi. Bunday
munosabat fe’l mayli deb ataladi va shunday munosabatni ifodalovchi formalar
mayl shakli deyiladi. Mayl ma’nosiga egalik fe’lning asosiy xususiyatlaridan
hisoblanadi: bor - buyruq mayli, borsa - shart mayli; 5) har qanday harakat
bajarilish yoki bajarilmaslikka munosabatda bo’ladi va fe’llar ana shunday
munosabatni ifodalovchi formaga ega bo’ladi. Bajarilishni bildiradigan shakl -
bo’lishli, bajarilmaslikni bildiradigan forma - bo’lishsiz shakl hisoblanadi: bordi -
bo’lishli, bormadi - bo’lishsiz, 6) yuqorida ko’rdikki, harakatning ob’ektga bo’lgan
munosabatiga qarab fe’llar bir-biridan farqlanadi. Bundan tashqari, harakat biror
kimsa yoki narsa tomonidan bajariladi. Boshqacha aytganda, harakat sub’ekt
(bajaruvchi) tushunchasi bilan ham bog’langan bo’ladi. Harakatning ob’ekt va
sub’ektga bo’lgan munosabati fe’l darajalari deyiladi. Bunday munosabat maxsus



2
grammatik formalar orqali ifodalanadi: ayt - bosh daraja formasi, ayttir -orttirma


daraja formasi; 7) harakatning bajarilishi, albatta, zamon (vaqt) doirasida bo’ladi.
SHunga ko’ra harakat zamon ma’nosi bilan bog’langan bo’ladi va fe’llar zamon
ma’nosini ifodalovchi formalarga ham ega bo’ladi: bordi - o’tgan zamon formasi,
boryapti hozirgi zamon formasi; 8) harakatning bajaruvchi shaxs bilan
bog’langanini ko’rdik. Harakatning voqelikka munosabati esa bevosita so’zlovchi
orqali reallashadi. So’zlovchi bor ekan, o’z-o’zidan tinglovchi ham bo’ladi.
Bundan tashqari, so’zlovchi va tinglovchidan chetdagi (o’zga) shaxs (shaxslar)ning
bo’lishi ham tabiiy. Harakat sub’ekti ana shu shaxslarning bin (so’zlovchi,
tinglovchi yoki o’zga shaxs) bo’ladi.
Bu munosabatni ifodalovchi formalar shaxs-son shakllari deyiladi: bordim,
bording, bordi kabi; 9) mustaqil fe’llarning ot, sifat, ravish turkumlariga xos
xususiyatlarga ega bo’lgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh formalari ham bor:
ishlash (foydali), ishlagan (odam), ishlab (charchadi) kabi.
Yordamchi fe’llar harakat bildirmaydi (mustaqil ma’no ifodalamaydi). Ular
turli grammatik ma’no ifodalash uchun yoki boshqa vazifada qo’llanadi.
Yordamchi fe’llarni asosiy xususiyatlariga qarab uch guruhga bo’lish mumkin: 1)
so’z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog’lama vazifasini bajaruvchi yordamchi
fe’llar: bo’l, qil fe’llari; 2) fe’llarga birikib turli qo’shimcha ma’no ifodalovchi
yordamchi fe’llar: boshla (yoza boshladi), chiq (o’qib chiqdi) kabi. Bularni, boshqa
yordamchi fe’llardan farqlagan holda ko’makchi fe’llar" deb atash mumkin; 3)
fe’llar, shuningdek, otlar bilan qo’llanib, turli ma’no ifodalovchi va yordamchi
vazifalarda qo’llanuvchi yordamchi fe’l. Bu fe’l lingvistik adabiyotlarda to’liqsiz
fe’l" deb ataluvchi fe’ldir: edi, ekan kabi.
Fe’lning so’roqlari 2 tagina bo’lsa-da, ular yuzga yaqin grammatik shakllarda
uchraydi: M.: nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?, nima
qilsa?, nima qilibdi? va hokazo.
Fe’lning so’roqlari so’roq olmoshi emas, balki qo’shma fe’l hisoblanadi.
Fe’lning so’roqlariga yakka holda boshqa birorta so’z turkumi javob bo’Iolmaydi.
Lekin fe’l sifatdosh shaklida sifatning, ravishdosh shaklida ravishning, harakat
nomi shaklida va otlashgan sifatdosh shaklida otning so’roqlariga javob bo’la
oladi.



Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin