O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirliGI
Shahrisabz Abu Ali Ibn Sino Nomidagi Jamoat salomatligi Texnikumi
FAN:LOTIN TILI
MAVZU: FE’LLARNING SHART MAYLI. SHART MAYLIDAGI FE’LLARNING RETSEPTURADA QO’LLANILISHI
Mustaqil
ish
Bajardi: 109 – GURUH TALABASI
Meyliyev Baxtimurod
Fan o’qituvchisi: G’ulomova I
Shahrisabz – 2021
Mavzu: Fe’llarning shart mayli. Shart maylidagi fe’llarning retsepturada qo’llanilishi
Predmetning ish-harakati yoki holatini ifodalovchi so’zlar fe’l deb ataladi. Masalan: curare - davolamoq, amare – sevmoq, legere - o’qimoq. Lotin tilida fe’l o’zbek tilidagidek shaxs-son, zamon va mayl bilan tuslanadi.
Lotin tilida fe’llar to’rt turga tuslanadi. Birinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-are» qo’shimchasi bilan tugallanadi:
dare – bermoq. Ikkinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-ere» qo’shimchasi bilan tugallanadi: miscere — aralashtirmoq.
Uchinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-ere» qo’shimchasi bilan tugaydi: solvere - eritmoq. To’rtinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-ire» qo’shimchasi bilan tugaydi: audire - eshitmoq.
Agar birinchi, ikkinchi va to’rtinchi turda tuslanishga kiruvchi fe’llardan noaniq shakldagi «-re», uchinchi turda tuslanishga kiruvchi fe’llarda esa, «-ere» qo’shimchalari olib tashlansa, fe’lning negizi hosil bo’ladi. Masalan:
Lotin tilida fe’llar xuddi o’zbek tilidagidek birlik (sin-gularis), ko’plik (pluralis)da tuslanadi.
Lotin tilida fe’lning uch mayli mavjud:
I Indicativus
|
-aniqlik mayli
|
II Conjunctivus
|
—- shart mayli
|
III Imperativus
|
— - buyruq mayli
|
Aniqlik mayli
Aniqlik mayli ish-harakat yoki holatining aniqligini ko’rsatadi.
Masalan:
Medicus aegrotam curat - Shifokor bemorni davolayapti.
Buyruq mayli
Buyruq mayli buyurish, so’rash, iltimos kabi ma’nolarni ifodalab, odatda, ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Buyruq mayli birlik sonini hosil qilishi uchun fe’lning noaniq shaklidan «-re» qo’shimchasini olib tashlash kerak. Masalan:
Buyruq mayli ko‘plik sonini hosil qilishi uchun fe’lning buyruq mayli birlik soniga «-te», faqat uchinchi tuslanish negiziga «-ite» qo‘shimchasini qo‘shish kerak. Masalan:
Shart mayli
Shart mayli ish-harakatning ma’lum bir sharoitda bo‘lishi mumkin ekanligini bildiradi. Masalan:
Misceatur — Aralashtirilsin! Aralashtirilgan bo‘lsin!
Signetur — Bildirilsin! Bildirilgan bo‘lsin!
Detur — Berilsin! Berilgan bo‘lsin!
Dostları ilə paylaş: |