Mavzu: Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari uzluksiz ta’lim turlari. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tiziming boshlang’ich bo’g’ini sifatida
Mavzu: Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.uzluksiz ta’lim turlari. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tiziming boshlang’ich bo’g’ini sifatida. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi va uning turlari. Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya táshkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta’lim va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish.
Umumiy o'rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi o‘quvchilarga fan ta’limíni o ‘rganish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ularni tayyorlashdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadilar. Boshlang'ich ta’limning asosiy vazifasi va ish mazmuni umumiy o'rta ta’lim olish uchun zarur b o‘lgan savodxonlik, bilim, ko'nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o'quvchilarga bilmining zarur hajmini beradi (umumiy o ‘rta ta’lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga y o ‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish yo’llari Umumiy o'rta ta’lim doirasida bolalaming qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maklab-intrnatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan y o ‘nalishlar bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar) ni tashkil etish mumkin.
TOPSHIRIQ Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv haqida B/B/B jadvalini to’ldiring
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillarini klaster metodi orqali yoriting.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tiziming boshlang’ich bo’g’ini sifatida “T” jadvaliga solib bajaring.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar 1.Юсупова П. Мактабгача тарбия педагогикаси. Т.: Ўқитувчи. 1993.
2.Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.
3.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y
4.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y