Mavzu: oits kasalligiga qarshi kurashish



Yüklə 6,95 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü6,95 Kb.
#171160
OITS KASALLIGIGA QARSHI KURASHISH


MAVZU:OITS KASALLIGIGA QARSHI KURASHISH
Har yili 1 dekabr sanasi an'anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.
Kun.uz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Azizbek Nishonov bilan suhbat uyushtirdi. Mutaxassis har bir inson OIV infeksiyasi va OITS xastaligi bo‘yicha nimalardan boxabar bo‘lishi, profilaktika uchun nimalarga rioya qilinishi kerakligi xususida batafsil ma'lumot berdi.
─ OIV infeksiyasi va OITS xastaligi nima? Uning inson organzmi uchun zarari qanday namoyon bo‘ladi?
─ OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni tashqi xavfli ta'sirlardan himoya qiluvchi tizim ─ immun tizimini izdan chiqaradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, virus organizmga tushgan dastlabki davrda hech qanay noxush alomatlar sezilmaydi, immun tizimi viruslarning tajovuzini bostirib turadi. Odam virusni yuqtirib olganidan boshlab 10 yilgacha o‘zi kasal ekanini sezmaydi. Bu davrda organizmda OIV viruslari bilan kasallangan hujayralar soni sog‘lom hujayralarga qaraganda oshib boradi, natijada OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqadi. Bu surunkali tarzda kechuvchi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tushunish xato. Organizmning viruslar bilan mahv etilishi natijasida immun tizimi o‘z vazifasini bajara olmaydi, natijada inson har qanday tashqi ta'sirga sezuvchan bo‘ladi, oddiy kasalliklarni ham og‘ir kechiradi. Organizmning kurashuvchanligi yo‘qolgani bois yondosh kasalliklar rivojlanib boraveradi. OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi (diareya), og‘iz bo‘shlig‘i va turli a'zolar yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
─ OIV infeksiyasi qanday yo‘l bilan yuqadi? Undan himoyalanish uchun nimalarga diqqat qaratish lozim?
─ UNAIDS (BMTning OIV/OITS bo‘yicha dasturi) ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ayni kunda 37 mln kishi OIV infeksiyasi bilan kasallangan. Kasallik ko‘pincha 20-49 yoshlilar o‘rtasida qayd etiladi. Bu xastalikning uzoq vaqt yashirin tarzda kechishi, natijada bemorning o‘zi bilmagan holda boshqalarga ham kasallikni yuqtirishi bilan boqliq.
OIV infeksiyasi OIV bilan zararlangan shaxs bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganda, giyohvand moddalarni guruh bo‘lib tomir orqali qabul qilganda, virus bilan zararlangan, tekshirilmagan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, zararsizlantirilmagan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boshqa tibbiy asboblar
Yüklə 6,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin