Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 27,15 Kb.
səhifə1/8
tarix24.12.2022
ölçüsü27,15 Kb.
#77678
  1   2   3   4   5   6   7   8
12 мавзу (2)


. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH
12.1.Boshqaruv qarorlarining tushunchalari, turlari
Qaror- bu umumiy maqsadlar yo‘nalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir.
Qaror — bu bajarilishi lozim boʼlgan ishning aniq bir yoʼlini tanlab olishdir.
Qrror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning boʼlishi lozim boʼlgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qatʼiy belgilab qoʼyilgan narx bozor iqgisodiyoti sharoitida oʼz funktsiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish toʼgʼrisida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qnlnsh — bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun oʼz vakolati doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bogʼliqdir:
• qaror qabul qilish jarayoida axborotning toʼlaligi va sifati;
• qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
• qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga yetkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).
Boshqaruv qarori - bu boshqaruv faoliyatini oxirgi natijasidir. Agar boshqaruvda mehnat predmeti axborot bo‘lsa, uning mehnat (natijasi) mahsuloti-boshqaruv qaroridir.
Boshqaruv qarori- muammoli vaziyatni hal etish uchun yozma yoki og‘zaki shaklda ifoda etilgan va amalga oshiriladigan, qayd etilgan boshqaruv faoliyatidir. Yoki, boshqaruv qarori boshqaruv tizimi (menejment)ning aniq maqsadga erishishda bashorat etish, optimallashtirish, iqtisodiy asoslash va tahlil etish natijasi va ko‘pgina muqobil variantlardan birini tanlashdir. Boshqaruv qarori - korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o‘z extiyojlarini qondiradi, mavqeiga ega bo‘ladi, xar tomonlama o‘sadi va umuman jamiyat o‘sadi.



Yüklə 27,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin