Mavzu: O'rta osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish davri. Mundarija



Yüklə 60,97 Kb.
səhifə1/10
tarix21.05.2023
ölçüsü60,97 Kb.
#119159
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O\'rta Osiyo xalqlari tarixida 9-12 asrlarda yuz bergan uyg\'onish davri


MAVZU: O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA IX-XII ASRLARDA YUZ BERGAN UYG'ONISH DAVRI.


MUNDARIJA:



KIRISH

2

I BOB IX-XII ASRLARDA O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA MODDIY, MA’NAVIY MADANIYATI VA ILM-FANNING RIVOJLANISHI

6

1.1. Moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishini ta’minlagan tarixiy sharoitlar

6

1.2. IX-XII asrlarda fanning yuksalishi

7

II BOB IX-XII ASRLARDA O’RTA OSIYO XALQLARI HAYOTIDA DINNING O’RNI VA ARXITEKTURASI, MO’G’UL BOSQINCHILARIGA QARSHI KURASHI

11

2.1. IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida Islom

11

2.2. Qurilish va arxitektura

13

2.3. O’rta Osiyo xalqlarining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashi

14

XULOSA

25

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

26



KIRISH
IX-XII asrloar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo'ldi.VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O'rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo'lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy -iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo'ysindirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o'lkalarda faqat islom diniga emas,balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo'lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o'zlashtirshga intilish kuchli bo'lgan.islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat bo'lgan bo'lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o'z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashni garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo'lgan ehtiyoj va intilish tufayli ko'p vaqt o'tmay Movarounnahrda o'z ona tilidan ko'ra arab tili va yozuvini o'zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo'ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo'lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma'muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo'lgan bilimdonlar ham oz bo'lib, borlari ham zaif edi.
Ilm - fan, madaniyat va san'atda o'ziga xos o'zgarish yasagan qomusiy bilim sohiblari, olim, fozil, barkamol shaxslar ilk o'rta asrlar zamoni Sharq Uyg'onish davri nomi bilan ma'lum. O'zining ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy belgilarga ko'ra bu davr XV -XVI asrlarda G'arbiy Yevropada mamlakatlaridagi madaniy hayot, ilm - fan, falsafiy tafakkur sohasidagi buyuk yuksalishlar yuz bergan Renessans davriga ham qiyos qilinadi. Sharq renessansi iborasi va fikri ilk bor yevropalik sharqshunos olim A.Mets ning "Musulmon Renessansi" kitobida ilgari surilgan edi. Bu asar IX - X asrlardagi arab xalifaligi tarixiga bag'ishlangan kitob ko'plab olimlarning diqqat e'tiborini jalb qildi. Sharqda uyg'onish davri deganda ko'pchilik olimlar davrning madaniy taraqqiyot sohasidagi muvaffaqiyatlarini nazarga olib, uyg'onish g'oyasini muayyan bir tarixiy davrga xos ilm-fan, madaniyatning yuksalishi dehan ma'noda talqin etadilar.ularning fikricha sharq renessansi insoniyatning madaniy - tarixiy taraqqiyotidagi ana shu yuksalish davrlaridan biridir."Renessans" (uyg'onish) tushunchasi esa sharqqa nisbatan shartli ravishda qo'llaniladi1.
Sharq va g'arb uyg'onish davrlaridagi ijtimoiy -iqtisodiy negizlarining turlicha holatlarini ko'rsatish bilan birga IX-XII asrlarda sharq musulmon mamlakatlaridagi uyg'onishning yevropa renessansi arafasida jahon madaniyati taraqqiyotidagi muhim bosqich bo'lganini esdan chiqarmaslik lozim. Sharq uyg'onish davri tarafdorlarining ko'pchiligi bu nuqtayi nazarni e'tirof etadilar. Ammo ular sharqqa nisbatan renessans tiklanish, uyg'onish istilohini shartli ravishda ishlatish mumkin deb hisoblaydilar. Ming yilliklar davomida turli sivilizatsiya va madaniyatlar, jahon savdo yo'llari chorrahasida joylashgan o'lkamiz hududida o'ziga xos bebaho ma'naviy qadriyatlar va madaniyat mavjud bo'lgan.
Ilg'or madaniyat, ilm - fan xalifalik hukmi davrida aynan yurtimiz hududida rivoj topgan bevosita Bag'dod xalifaligidagi musulmon uyg'onish davri, ilm -fan madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ulkan xalifalik hududida taraqqiyot darajasi turlicha o'lka va xalqlarning bir davlatga birlashuvi, ular o'rtasida tegishli munosabatlarning o'rnatilishi, iqtisodiy hayotning ravnaq topishi ichki va tashqi savdo aloqalari rivojiga turtki bo'ldi. Bu esa xalifalik xalqlari madaniyatining yuqori taraqqiy etishiga ham turtki bo'ldi. Taraqqiyot, shuningdek, al-kimyoni rivojiga keng yo'l ochadi.ulkan xalifalik hududida arab tili nafaqat vosita tili balki ilm -fan tiliga ham aylandi.shu davrda yaratilgan aksariyat ilmiy adabiyotlar arab tilida bitilar edi.
Abbosiy xalifalar (750-1258) davrida yuqorida ta'kidlangan o'zgarishlar yanada taraqqiy etdi. Islom madaniyati,ilm turmush tarzi, urf-odat, madaniyat, me'morchilik sohalarida ko'proq sharqiy hududlar xususan Movarounnahrda namuna oldi, ko'p holatda Eron, Xuroson, Movarounnahr zaminida n chiqqan arboblar xalifalik ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayotida muhim rol o'ynay boshladilar. Abbosiylar davrida yaratilgan ma'naviy boylikda ajdodlarimizning ulkan hissasi katta edi. 762-yili xalifalik poytaxti Damashqdan Bag'dodga ko'chdi. Tez orada Bag'dod xalifalik ilmiy markazga aylandi.abbosiy xalifalardan Xorun ar -Rashid (786-809), ayniqsa Al -Ma'mun (813-833) nafaqat ilm fanga hayrixohlik bilan qaradilar, balki uning rivojiga ham homiylik qildilar.
Al -Ma'mun hukmronligi davrida ilm-fan sohasiga homiylik yanada kuchaydi. Tabobat, falsafa, astronomiya, matimstika fanlariga oid yunon, suriya sanskrit pahlaviy, xorazm tillaridagi asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Al-Ma'mun diniy ilmlar, falsafa aniq fanlar bilan qiziqqan va o'zi ham ular bilan muntazam shug'ullangan. Uning bevosita homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston, Rum, Eron va Marvdan "Bayt ul -hikma"ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar tushgan. Shu tariqa xalifalik poytaxti Bag'dodda "Bayt ul -hikma" ("donishlar uyi") -"halifa ma'mun akademiyasi tashkil topdi. Ilm markazida olimlaring aksariyati Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya va Farg'onadan bo'lgan. Bizning davrimizgacha IX - XII asrlar madaniayti, ilm - fan va falsafiy tafakkur robojiga doir anchagina manbalar yetib kelgan. Masalan, Yoqut al- Hamaviy ( 1179 - 1229 ) " Irshod al- arib ila ma'rifat al - adib" asarida IX - XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda yashagan. Mashhur va iste'dodli fan va madaniyat arboblari haqida, jumladan Mahmud ibn Aziz al - Xorazmiy, Ahmad ibn Muhammad Abul - Fadi, Ahmad ibn Muhammad Abul - Husayn al - Xorazmiy, Hasan ibn al - Muzaffar Abu -Ali, Ali ibn - Iroq , Abu -Yaqub as - Sakkokiy ( Xorazmdan ), Muhammad ibn Muhammad al- Muhammad al-Xorazmiy kabinadib va faylasuflar haqida batafsil ma'lumotlarni beradi.
Shu tariqa aksariyat O'rta Osiyo zaminidan chiqqan olimlar qo'li bilan arab tildagi ilm - fan yuzaga keldi. Yevropada keyinchalik katta xatoga yo'l qo'yilib, ularning barchasini "arab olimlari" deb atashgan edi. "Bayt ul - hikma" da yunon fani, hind - sanskrit madaniyatini o'rganildi, tibbiyot, astranomiya, matematikaga oid adabiyotlar tarjima qilindi, ularning ba'zilariga sharh yozildi, zamonaviy algebra, geometriya, optika asoslari yaratildi, kimyo fani juda taraqqiy topdi. Akademiya nafaqat tarjima va tahlil ishlari bilan, balki ilmiy asnodagi ekspeditsiyalarni ham uyushtirgan. Shu davrda nafaqat poytaxt Bag'dod balki Kat, Marv, Buxoro, Samarqand, Balx va boshqa O'rta Osiyo hududlaridagi shaharlarda ham ilm - fan keng taraqqiy topa boshlagan. Islom dini Qur'on va hadislardagi ta'limotda ilmga intilish, diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham egallashga imkoniyatini namoyon qildi. Bu esa o'z navbatida oddiy aholi ichida ham xat - savod chiqarish, badiiy adabiyotdan boshlang'ich ma'lumot olish, islom diniga oid bilimlar ko'nikmasiga ega bo'lish, afsona, rivoyat, doston, ertaklardagi qahramonlarni madh etish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Rasmiy doirada ilm - fan, ma'rifatni qo'llab -quvvatlash mazkur soha vakillari obro' - e'tiborini nihoyatda yuksak mavqega erishuviga sabab bo'ldi. Islom dinining birlashtiruvchi kuchi tufayli ilm - fan va madaniyat bobida ulkan muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi.
IX - XII asrlar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo'ldi. IX - X asrlarga kelib Movarounnahr hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta'sir ko'rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Gurganj va Marv kabi shaharlar ilm - fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. Yoqut al - Hamaviy " Mo'jam al -buldon" asarida shunday yozadi: " Movarounnahr eng ko'rkam, eng unumdor va xazinasi ko'proq o'lkalardandir. Aholisi esa yaxshilikka va saxovatga rag'batli chaqirgan kishiga kamtarlik bilan muomila qiluvchi, qo'llarida borini baham ko'ruvchilardir. Agar bir xonadonda bir kechada yuz, ikki yuz yoki ko'proq odamlar ot ulovlari bilan mehmon bo'lsa, ulovlarga yem - xashak, o'zlariga taom va ko'rpa to'shaklar ham topish mumkin edi. Uy egalari esa bu narsa doimiy odat bo'lganligi uchun hech qiynalmasdilar. Movarounnahr aholisining ko'pchiligi o'z mablag'larini bog' - rog' barpo qilishga, yo'llarni ta'mirlashga sarf qilishga odatlanganlar. Ko'rkamlikda esa butun dunyoda Buxorodan go'zal joy yo'q".
Yuqorida ko'rib o'tilganidek, IX-XII asr boshlarida O'rta Osiyoda Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar.bu davlatlar xalqaro maydonda o'z mavqei va tutgan o'rni jihatidan katta e'tibor va nufuzga ega bo'ldilar. Ahmad, Nasr, Ismoil Somoniy, Alptagin, Mahmud G'aznaviy, To'g'rulbek, sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko'ra oladigan davlat arboblari davrida O'rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. O'rta Osiyo hukmdorlari ahli bilan yaqinlashib, mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o'z saroylarida olim,shoir va usta san'atkorlar, turki sohalar bo'yicha qimmatbaho kitoblarni to'plashga odatlandilar.
Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo'lyozma asarlar bilan mag'rurlanadilar. Damashq, Qohira, Bag'dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O'rta Osiyodadan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan ajdodlarimiz soni bu davrga kelib ko'paya bordi. Bag'dod shahri sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda "Bayt ul -hikma"-("donisandlar uyi") sharqning o'ziga xos fanlar akademiyasi tashkil etilgan edi. Bunga monand xolda X asr oxirida Xorazmda ham Xorazmshoh Ma'mun davrida (995-997y). Donishmandlar uyi -"Baytlar ul -hikma -"Ma'mun akademiyasi "(Xorazm akademiyasi)tashkil topdi. Bu ikki ilm o'chog'ida sharqning mashhur va ma'lum olimu-allomalari tahsil olganlar.ular orasida Ahmad Farg'oniy, Al-Xorazmiy,Beruniy ,ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.



Yüklə 60,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin