O`zbekison Respublikasi Fan va Inovatsiyalar vazirligi Buxora Davlat Pedagogika Instituti Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari (sirtqi talim) 1GIB-21S-guruh talabasi.
XUDOYBERDIYEYEV DOSTONning
Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:O‘rta Osiyoda gidrologiyaning rivojlanish tarixi
Reja:
1.Gidrologiya haqida umumiy tushuncha.
2.Buyuk mutafakkurlarimiz gidrologiya taraqiyoti uchun qo`shgan hissasi.
3.Sovet davrida gidrologiyaning rivojlanishi.
4.Hozirgi zamon o`lkadagi gidrologiyaning muomalari va yutuqlari.
1. Gidrologiya — tabiatdagi barcha suv, yaʼni okean va dengizlar, daryo va koʻllar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va yer osti suvlarini, ularning joylashishi, xususiyatlari, oʻzaro va atrof, tabiiy muhit bilan taʼsiri natijasida roʻy beradigan hodisalar hamda jarayonlar qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Gidrologiya. oʻrganiladigan suv havzalarining joylashishiga koʻra okean va dengizlar Gidrologiyasi, qurukdik Gidrologiyasiga boʻlinadi. Ayrim olimlar yer osti suvlari Gidirologiyasi alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida Gidrologiya atamasi kuruklik Gidrologiyasining sinonimi sifatida ishlatiladi.
Quruqlik Gidrologiya si gidrografiya, gidrometriya, umumiy Gidrologiya muhandislik Gidrologiyasi kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya suv obyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Gidrometriya Gidrologiya ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy Gidrologiya odatda, daryolar gidrologiyasi, koʻl va suv omborlari Gidrologiyasi, qor va muzliklar Gidrologiyasi, botqoqlar Gidrologiyasini oʻrganadi. Muhandislik Gidrologiya si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal etadi va shu maqsadda suv obyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Muhandislik Gidrologiya si tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida shakllandi va jadal rivojlanmoqda. Oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi suv massalarining harakati, toʻlqinlar, ular taʼsiri natijasida kuzatiladigan oʻzan yemirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar bilan bogʻliq holda oʻzan shakli va qiyofasining oʻzgarib turishini, ularning turlarini oʻrganadi. Suv transporta harakatini taʼminlash, suv inshootlarini qurish uchun tegishli xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar daryo oqimining koʻrsatkichlari ni anikdash bilan shugʻullanadi. Gidrologik bashoratlar Gidrologiya ning amaliy boʻlimi boʻlib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish usullarini ishlab chiqadi.
Gidrologiya fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli boʻlgan quyidagi vazifalar paydo boʻldi: 1) suv zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan tejash va muhofaza qilish; 2) tabiat va antropogen omillar taʼsirida ularning oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xoʻjaligi tadbirlari ni iqtisodiy va ekologiya nuqtai nazaridan asoslash uchun kerakli gidrologik maʼlumotlar bilan taʼminlash. Ushbu muammolar zamirida Gidrologiya ning yangi yoʻnalishlari — gidroekologiya, meliorativ gidrologiya alohida fan sifatida shakllanmoqda. Gidrologiya ning suv havzalarida kechadigan tabiiy , kimyoviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini, biologik zaxiralarini oʻrganadigan qismlari gidrofizika, gidronime, gidrobiologiya deb ataladi. Suv havzalarining hosil boʻlishi, rivojlanishi va hududlar boʻyicha taqsimlanishi, shuningdek, ularning gidrologik tartibi tabiiy mintaqalarga xos boʻlgan — zonal va xos boʻlmagan — azonal omillar ga bogʻliq. Ularni oʻrganishda Gidrologiya iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya, tabiiy geogr. kabi fanlar maʼlumotlariga tayanadi. Suv havzalarida kechadigan harakatlar qonuniyatlarini oʻrganishda Gidrologiya gidrodinamika, gidravlika fanlari usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa aerokosmik va matematik usullardan, zamonaviy hisoblash mashinalaridan keng foydalanadi. Oʻzbekiston Respublikasida togʻli hamda sugʻoriladigan hududlar Gidrologiya si boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari jahon miqyosida tan olingan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Boshgidromet hamda Oʻrta Osiyo regional ilmich tadqiqot instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston FA Suv muammolari instituti, Geologiya va geofizika instituti, "Oʻzsuvloyiha" instituti, "Toshsuvloyiha" instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining quruqlik gidrologiyasi kafedralari olimlarining hissalari katta.
Suv hayot bilan tenglashtiriladigan o‘lkamizdagi ko‘llar, daryolar, soylar, buloqlar va hattoki uning baland tog‘laridagi doimiy qorliklar va muzliklar to‘g‘risidagi bilimlar asrlar davomida xalq xotirasida, tarixiyarxeologik yodgorliklarda, yozma manbalarda to‘planib kelgan. Afsuski, bu masala Markaziy OsiyoTurkiston misolida V.V.Bartold, Ya.G‘. G‘ulomov kabi olimlar asarlarini hisobga olmaganda, yaxshi yoritilmagan.
Akademik Ya.G‘.G‘ulomov ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizda sug‘orma dehqonchilik yangi eradan oldingi 6000 yillikda ham mavjud ekan. Miloddan oldingi 4000 yillikning ikkinchi yarmi va 3000 yillikning boshlarida daryolar suvi to‘silib, kichik kanallar ham qazilgan. Qadimshunos olima G.N.Lisitsinaning guvohlik berishicha, ana shunday kanallar Turkmanistondagi Tajan daryosining qadimiy deltasida qazilgan bo‘lib, ularning uzunligi 2,5 km dan ortiqroq, kengligi 3,5-5,0 m, chuqurligi esa 1,2 m gacha bo‘lgan. Keyinchalik, yangi eradan oldingi 2000 yillikda shu usulda sug‘orish Surxondaryo vodiysida, Farg‘ona vodiysining sharqiy qismi da, Amudaryo deltasida, Zarafshon bo‘ylarida ham qo‘llanila boshlagan. Bu jarayon tobora rivojlana borib, yangi eraning boshlarida kanallar nisbatan uzaytirilgan, ulardan kichikkichik suv taqsimlagich tarmoqlarariqlar ham qazila boshlangan. Bu davrlarda daryodan olinadigan suv miqdori bevosita undagi suv rejimiga bog‘liq bo‘lgan.
Yangi eraning IIV asrlarida, ya’ni Kushon imperiyasi davrida sug‘orish ishlariga katta ahamiyat berilgan. Xuddi shu davrda Janubiy O‘zbekistondagi Zang, Toshkent vohasidagi Bo‘zsuv va Salor, Samarqand vohasidagi E Angor va Tuyatortar, Buxoro viloyatidagi Shoxrud va Romitanrud, Xorazmdagi Qirqqiz va boshqa kanallar qazilgan yoki qayta tiklangan.
Shu davrlarga oid, yurtimiz suv havzalariga tegishli bo‘lgan yozma manbalar qadimgi grek olimlari asarlaridagina saqlanib qolgan. Masalan, Gerodot (miloddan oldingi 490425 yillar) Kaspiy dengizi haqida, uning berk havza ekanligini yozib qoldirgan bo‘lsa, Strabon (63 yil eski era-20 yil yangi era) mashhur "Geografiya" asarida Ok-sus (Amudaryo) quyi oqimida ikki tarmoqqa bo‘linishini, biri shimolgadengizga (Orolga), ikkinchisi esa Kaspiyga quyilishini yozib qoldirgan. Shu fikr nisbatan keyinroq yashagan Ptolemey (yangi eraning II asri)da ham takrorlanadi.
Yangi eraning IVVI asrlarida ma’lum ijtimoiysiyosiy sabablarga ko‘ra sug‘orish ishlari ancha susaygan, hatto sug‘oriladigan maydonlar keskin kamaygan. Lekin VIIVIII asrlarda bu sohada qisman jonlanish kuzatiladi. Shu davrdan boshlab tog‘ oldi hududlarida joylashgan qiya tekisliklarni sug‘orish maqsadida maxsus qazilgan quduqlar tizimi-korizlardan ham foydalanilgan.
2. O‘rta Osiyo xalqlari hayotida IX asrdan XIII asr bosh-larigacha bo‘lgan oraliq uyg‘onish davri bo‘ldi. Shu davrda yashagan buyuk allomalar alXorazmiy (783850 yillar), Ahmad Farg‘oniy (797-861 yillar), Ahmad ibn Muhammad Saraxsiy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar), Nosir Hisrav (XI asrning birinchi yarmi), Mahmud Koshg‘ariy (XI asrning ikkinchi yarmi), Abulqosim az-Zamaxshariy (1074-1144 yillar), Muhammad Najib Bakron (XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr boshlari) kabilar nafaqat matematika, geologiya, geografiya, astronomiya, tilshunoslik singari fanlar, balki suv ilmi rivojiga ham ulkan hissa qo‘shdilar.
O‘rta asrning buyuk olimi Muhammad ibn Muso al-Xorzmiy (783-850 yillar) o‘zi boshchiligida tuzilgan "Ma’mun dunyo haritasi" (prof.H.H.Hasanov iborasi bilan "Dunyo atlasi")ga izoh sifatida "Kitobu surat- alarz" ni bitadi (arzer, suratko‘rinish, qiyofa). Unda shaharlar, tog‘-lar bilan bir qatorda dengizlar, daryolar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Yuqoridagilardan tashqari kitobda "G‘arbiy tashqi dengiz" (Atlantika okeani), "Qulzum dengizi" (Qizil dengiz), "Yashil dengiz" (Hind okeani), "Chashma (bu-loq) nomlari" kabi sarlavhali gidrografik bayonnomalar bor. Yuqorida tilga olingan "Atlas"da esa Nil daryosi havzasining, dengizlar qirg‘oqlari turli shakllarining chizmalari, Azov va Qora dengiz haritalari berilgan.
Ahmad al-Farg‘oniy (797-861 yillar) boshqa fanlar bilan bir qatorda suv ilmining ham katta bilimdoni bo‘lgan. Bu haqda H.H.Hasanov shunday yozadi: "ai-.Farg‘oniy Bog‘dod xalifasi al-Mutavakkilning buyrug‘i bilan Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan asbobni tuzatish va o‘rnatish uchun 861 -yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan". Shu davrgacha u Nil daryosining gidrologik rejimi va umuman suv ilmi haqida ma’lum bilimlarga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak. Aks holda oldingilardan tubdan farq qiladigan murakkab va shu bilan birga o‘ta mukammal suv o‘lchash inshooti"Nilometr" ni loyihalash hamda qurish ishlari unga topshirilmagan bo‘lur edi. Sharq manbalarida u “Miqyos an-Nil” deb tilga olinadi.
X asrga oid qo‘lyozmalar orasida al- Farg`oniyning noma’lum bo‘lgan "Kitobi hudud alolam minalmashriq ilal mag‘rib" (Sharqdan g‘arbgacha olam chegaralari kitobi) asari gidrologiya va gidrografiyaga tegishli ma’lumotlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ma’lum bo‘lishicha asar 983 yilda Amudaryoning chap sohilidagi Juzjon viloyatida yozilgan. Unda jahondagi yirik daryolar, ularning qayerdan boshlanib, qayerga quyilishi, suvining yerlarni sug‘orishga sarflanishi, hatto kemachilikka yaraydigan daryolar tavsiflangan. Kitobda Tinch va Atlantika okeanlari, ularning o‘rni, suvining rangi, janubda ham, shimolda ham birbiriga tutashib ketishi ta’kidlab o‘tiladi. Asarda daryolar haqidagi ta’rif quyidagicha boshlangan: "Daryo ikki xil bo‘ladi, biri tabiiy daryo, ikkinchisi sun’iy. Tabiiy daryolar shularki, ularning suvi qorliklarning erishidan (hosil) bo‘ladi... Ular... dengiz yoki botqoqlikka yetguncha oqadilar".
Bu asar batafsil gidrografik ma’lumotlarga boyligi bilan ham ajralib turadi: "Jayxun daryosi (Amudaryo) Vahon hududidan oqib chiqadi va Bomir (Pomir) viloyati va Shugnoni Vahon hududi orasidan o‘tib, to Xatlon va To‘hariston va Balx va Chag‘oniyon va Xuroson va Movarounnahr (yerlaridan) oqadi, to Xorazmgacha boradi, keyin Xorazm (Orol) dengiziga quyiladi..". Shunga o‘xshash batafsil tavsiflar Harnob (Panj), Vaxshob (Vaxsh), Kofirnihon, Surxondaryo, O‘zgand (Sirdaryo), Parak (Chirchiq), Buxoro (Zarafshon) daryolari misolida ham keltirilgan. Umuman olganda "Hudud alolam"ning muallifi o‘lkamiz daryolari to‘yinish manbalarini va gidrografiyasini o‘z davriga nisbatan ancha aniq tasavvur etgan.
XXI asrlarda yashagan olimlar suv ilmigidrologiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular orasida Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar)ning ushbu fanning shakllanish va rivojlanish jarayoniga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning "O‘tgan avlodlar yodgorligi", "Hindiston", "Attafqim", ""Qonuni Mas’udiy", "Geodeziya", "Minerologiya" kabi asarlarida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, buloqlar haqida gidrologiya fani uchun qimmatli fikrlar bayon qilingan.
Masalan, Beruniyning "Hindiston" asarining 58 bobi okeanlar, dengizlar, ulardagi suv qalqishi hodisalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. As
arning 18 bobida esa Hindiston daryolari, mamlakatni o‘rab turgan dengizlar, ko‘rfazlar, qo‘ltiqlar haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu asarning 25bobida esa daryolar haqidagi bilimlar yanadaBiz buyuk tilshunos olim deb biladigan Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asarida (1072-1074 yil-larida yozilgan) ham o‘lkamiz suv havzalari haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. "Devon" matnini o‘rganish unda 1200 dan ortiq gidrologiya atamalari mavjudligini aniqlashga imkon berdi.
Beruniy, uning zamondoshlari va nisbatan keyincharoq yashagan olimlar suv ilmining amaliytadbiqiga ham katta ahamiyat berganlar. Jumladan, Beruniyning "O‘tgan avlodlar yodgorligi" asarida sun’iy favvoralar, kanallarni uzunlik bo‘yicha nivelirlash uskunalari haqida axborot berilgan. X asrda yashagan boshqa bir xorazmlik olim Abu Abdulloh Xorazmiy "Ilmlar kaliti" asarida Marv vohasidagi sug‘orish ishlariga va texnikasiga alohida bob bag‘ishlagan. Umuman olganda shu davr olimlari suv inshootlari qurilishida yuksak muhandislik mahoratini namoyon etganlar. Masalan, arab olimi Istarxiy (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra Samarqand shahri IX asrdan boshlab tubiga qo‘rg‘oshin quyilgan akvedukko‘tarma ariq orqali suv bilan ta’minlangan..
XIV asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni Temur va temuriylar hukmronligi davrida aniq fanlar-matematika, geometriya va ayniqsa astronomiya jadal rivojlanganligi hammaga ma’lum. Shu davrda yashagan olimlarning ko‘pchiligi suv ilmiga ham katta e’tibor berganlar. Masalan, Xofizi Abru (1362-1431 yillar, asli ismi Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh al-Havofiy) "Zubdat atTavorix" (Tarixlar qaymog‘i) asarida dastlab olamning umumiy bayonini, yetti iqlim qismlarini, so‘ng okeanlar, dengizlar, ko‘llar va daryolarni ta’riflagan. Asarda o‘lkamizdagi deyarli barcha daryolarning gidrografik ta’rifi ancha mukammal berilgan. Masalan, asarda Amudaryo haqida quyidagilarni o‘qiymiz: "Balx daryosiki, uni Jayxun deydilar... Bu suvning manbai Badaxshon tomonda. Xutlon va Vaxsh chegarasida 5 ta katta daryo unga qo‘shiladiki, shu mavzeni Panjob deb ataydilar... Bu daryo Xorazm ko‘li (Orol) ga oqadi".
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 yillar"Boburnoma"da daryo va ko‘llarni badiiy mahorat bilan tasvirlanganining guvohi bo‘lamiz: "... Obi Istodag‘a (Afg‘onistondagi ko‘l) yetduk. G‘arib ul suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo ko‘rinmaydur. Suv osmon bila payvand ko‘rinadur, ul yuzdagi tog‘lar va pushtalar netavrkim,... yer birla ko‘kning orasida muallaq ko‘rinadur.
Ahmad Donishning esa Buxoro vohasini sug‘orish maqsadida Amudaryodan suv keltirish rejalari ham fanimiz tarixi uchun muhimdir.
3.Turkistonning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan sal avvalroq, 18481849 yillarda A.I.Butakov rahbarligidagi ekspeditsiya Orol dengizining to‘la s’yomkasini bajardi. Natijada, 1850 yilda, dengizning haritasi bosilib chiqdi. O‘sha yillari olib borilgan gidrografik ishlar natijasida Orol va Kaspiy dengizlari suv sathlari farqi 85 metr ekanligi, Sariqamish botig‘ining tubi Orol sathidan 85 metr pastdaligi ham aniqlandi. 1900-1902 yillarda L.S.Berg tomonidan mashhur "Orol dengizi" kitobi yozildi, so‘ng Balxash ko‘lining, keyincharoq esa Issiqko‘lning to‘la gidrografik bayonlari tuzildi.
O‘rta Osiyodagi suv havzalarida muntazam gidrologik kuzatishlar 1910 yildan boshlandi. Turkiston o‘lkasida dunyo amaliyotida birinchi marta gidrologik bashorat (prognoz) qilish xizmati tarkib topa boshladi. Bunda E.M.Oldekop, L.K.Davidov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Keyingi yillarda olib borilgan gidrologik tadqiqotlar hududda yirik miqyosdagi suv xo‘jaligi loyihalarini tuzish imkonini berdi. Bunda shu sohaning yirik olimlari R.A.Alimov, V.L.Shuls, A.M.Muhamedov, O.P.Shcheglova, A.Z.Zohidov Yu.M.Denisov, U.U.Uma-rov, A.R.Rasulov va N.R.Hamroyevlarning xizmatlarini alo-hida ta’kidlash joizdir.
4.Hozirgi kunda o‘lkamizdagi barcha suv havzalari, muzliklar, havo, tuproq holatini kuzatish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi tomonidan muvaffaqqiyatli amalga oshirilmoqda. Ularning muhofazasi masalalari esa O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat komiteti zimmasiga yuklatilgan. Yuqoridagilardan tashqari suv muammolari, suv inshootlarini loyihalash va qurish ishlari bilan shug‘ullanadigan bir qancha maxsus ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlari, jumladan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Suv muammolari insti¬tuti, Toshsuvloyiha instituti, O‘rta Osiyo Gidrometeorolo-giya ilmiytadqiqot instituti (O‘OGMITISANIGMI), O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (SANIIRI) va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular uchun yetuk va malakali mutaxassislar esa Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida tayyorlanmoqda. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida gidrometeorologiya bakalavrlari vash u yo‘nalish negizida 8 ta mutaxassisliklar bo‘yicha magistr tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumki, daryolarda suv o‘lchash postini qurish uchun joy tanlashda bir qancha holatlarni hisobga olish lozim.
Hozirgi kunda mutaxassisgidrologlar tayyorlashda o‘qitiladigan "Gidrometriya" faniga oid darsliklarda bayon qilinishicha, suv o‘lchash ishlarini bajarish uchun tanlangan joy quyidagi talablarga javob berishi shart:
1) tanlangan joy daryoning butun uzunligi bo‘yicha suv rejimi elementlarining shu daryoga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi;
2) tanlangan joyda daryo yo‘nalishi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda bo‘lishi;
3) shu joyda daryo uzunligi bo‘yicha suv yuzasi nishabligi sezilarli darajada o‘zgarmasligi;
4) uzunlik bo‘yicha daryo chuqurligining bir xil bo‘lishi;
5) daryoning qirg‘og‘i va o‘zani mumkin qadar barqaror, ya’ni o‘pirilish, qulash, loyqa bosish, yemirilish kabi holatlardan holi bo‘lishi;
6) daryo o‘zani suv o‘tlari, harajatlari va boshqa to‘siqlardan holi bo‘lishi;
7) daryoning shu qismi irmoqsiz bo‘lishi;
8) eng asosiysi, tanlangan joyda suv o‘lchash va kuzatish ishlarini katta aniqlikda amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim.
O
Dostları ilə paylaş: |