Mavzu: O‘zbekistonda milliy taraqqiyotining yangi bosqichi. Reja: Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi



Yüklə 37,26 Kb.
səhifə1/3
tarix14.07.2023
ölçüsü37,26 Kb.
#136544
  1   2   3

Mavzu: O‘zbekistonda milliy taraqqiyotining yangi bosqichi.
Reja:
1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.
2. Fuqarolik jamiyati g‘oyalar evolyusiyasi. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.
3. Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.


1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko‘ralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qqaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.1
Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demosratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarining mazmun mohiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta’rif berildi: “Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorlik qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni ta’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‘llabquvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”.
Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini “...... bu erkin, demokratik, huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat bo‘lib, unda yakka hokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo‘ravonlik qilishga o‘rin yo‘q, Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko‘p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashshabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirib turiladi”2 yoki “Fuqarolar o‘rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o‘rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin”3 deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko‘p qirrali jarayyon ekanligi bilan harakterlanadi.
Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo‘ydi. SHu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi:
Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriybuyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish, fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejalitaqsimotchilik tizimidan kechish va ko‘p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish.
Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafko‘ra hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish.
Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.
Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongiruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi.
Fuqarolik jamiyati g‘oyalar evolyusiyasi. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari kattakichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.
Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida yoritilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan.
Xususan, Abu Nasr al-Farobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiyhuquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat etakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar”4, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni mungazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning «Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak»5 degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Evropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmunmohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiyaxloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol keltirish mumkin.
Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shog‘irdi Arastu (mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 10643 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g‘oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi.
Sitseron konsepsiyasiga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo‘ladi, bu o‘z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‘ladi. Ko‘pgina ekspertlar fikricha, aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida “fuqarolik jamiyati” o‘zining tushunchaviy asoslariga ega bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi Yevropa O‘rta yer dengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahardavlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida harakterlanadi.
Olimlar fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini, olmon madaniy doirasi ta’siridagi kontinentalevropa an’anasi bilan bog‘lashadi. Erkin fuqaroning paydo bo‘lishiga, birinchilardan bo‘lib birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, feodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ta’sir qilgan birinchi assotsiatsiya sabab bo‘lgan deb hisoblanadi.
Uchinchi tarixiy ildiz fuqarolik jamiyati zamonaviy tushunchasi shakllanishida liberal angloamerika an’anasi muhim ahamiyat kasb etgan. Tadqiqotchilar bu borada turlicha fikr bildiradi. Masalan, fuqarolik jamiyati tabiiy huquq va erkinlik asosida mulkka egalik qilishi haqidagi g‘oyani Jon Lokk, modernizatsiya va o‘zo‘zini boshqarishni fuqarolik jamiyatining muhim komponentlari sifatida Adam Smit, minimal davlat konsepsiyasi, fuqarolik jamiyati va zaruriy yovuzlik sifatidagi davlatning o‘ta chegaralangan roli haqidagi g‘oyani Tomas Peyn, amerikacha demokratiya tahlili hoyasini Aleksis de Tokvil, davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab bergan va fuqarolik jamiyati mustaqil bo‘lishi kerakligini ta’kidalagan Jon Styuart Mill kabi olimlarni ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 37,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin