Mavzu: O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va uning sababalari



Yüklə 29,39 Kb.
səhifə1/2
tarix27.04.2023
ölçüsü29,39 Kb.
#103471
  1   2
Mavzu O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi


Mavzu:O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va uning sababalari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konsitutsiyaviy maqomi.
Reja:
1.O’zbekistonda Prezidentlik Respublikasi boshqaruvining joriy etilishi.
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy – huquqiy maqomi.
3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti chiqaradigan huquqiy hujjatlar.

Demokratiyani, jamiyatni rivojlantirishning tezlashuvi davlatchilik tizimining asta-sekin yangilanishi, prezidentlik lavozimining demokratik tabiatini belgilovchi kafolatlarning SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlanish 1990 yilda Sovet Ittifoqida prezidentlik lavozimining ta`sis etilishiga olib keldi. Shundan so’ng, ittifoqdosh respublikalarda ham prezidentlik lavozimlari ta`sis etilib, respublikalar prezidentlik boshqaruviga o’ta boshladilar.


O’zbekiston Respublikasi ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo’lib prezidentlik boshqaruviga o’tdi va respublikada Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi.
«Prezident» tushunchasi Konstitutsiyaviy – huquqiy ma`noda davlat boshlig’ini anglatsa, lug’aviy ma`nosi «oldinda o’tiruvchi» yoki «yuqorida o’tiruvchi» demakdir.
Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta`minlashi lozim.
Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning oliy vakilligini amalga oshiradi.
O’zbekistonda Respublikasida prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ta`sis etildi va shu munosabat bilan O’zbekistonning 1978 yil Konstitutsiyasiga Respublika prezidenti haqidagi maxsus 12-bob kiritildi. Respublika Konstitutsiyasiga 118 – moddada O’zbekiston Respublikasi prezidenti davlat boshlig’i deb e`lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida xalq deputatlari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylandi.
1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan respublika prezidentligiga saylov «O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to’g’risida»gi 1991 yil 18 noyabr Qonuniga asosan amalga oshirilgan. 1991 yil dekabridagi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik vaqtida ushbu lavozimga ikkita nomzod: O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan I.A.Karimov va «Erk» partiyasidan uning rahbari M.Solih ko’rsatilgan edi.
Saylov to’g’risidagi qonunga asosan, Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib, ikkala nomzodni ro’yxatga oldi.
Markaziy Saylov Komissiyasi 1991 yil 30 dekabrda saylov natijalarini yakunlab, saylov to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan, saylovchilarning 86 foiz ovozini to’plagan I.A.Karimov 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi to’g’risida qaror chiqardi .
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunnasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasiga ko’ra, prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda quyidagi vazifalarni birga olib bormasligi kerak:
Birinchidan, boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallash;
Ikkinchidan, vakillik organining deputati bo’lishi;
Uchinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik huquqiga ega. Prezidentning daxlsizligi mutlaq bo’lib, u bajaradigan majburiyatlardan kelib chiqib, prezidentning qonunlar bilan alohida muhofaza etilishini anglatadi.
Prezident shaxsining daxlsizligi unga qarshi jinoyat ishi qo’zgatilishi mumkin emasligini bildiradi. Prezident majburiy ravishda, masalan, guvoh sifatida sudga chaqirilishi, majburiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezident hibsga olinishi, tintuv etilishi va shaxsiy ko’zdan kechirilishi mumkin emas. Shu ma`noda Prezidentning shaxsi daxlsizdir.
O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, o’z lavozimini bajarishga kirishadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi. Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo’l ostida Konstitutsiya matni bo’ladi. Prezident O’zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning konstitsiya va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident qasamyod qabul qilishi bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo’lib saylansa, qasamyod takroran qabul qilinadi.
Prezidentning qasamyodi faqat rasmiy tantanali marosim sifatidagina qabul qilinmaydi. Shuningdek, u yuridik ahamiyatga ham ega.
Prezident qasamyodining yuridik ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Prezident qasamyod qabul qilishi bilan o’z lavozimiga kirishadi va o’zining Konstitutsiyaviy vakolatlarini bajara boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab, oldingi Prezident o’z vakolatini tugatadi;
Ikkinchidan, qasamyodning matni odatda Konstitutsiyada beriladi, xalqqa e`lon qilinadi va parlamentni oldida Prezident tomonidan tantanali qabul qilinadi, qasamyod matnida Konstitutsiyaga sadoqat, xalq va davlatga xizmat qilish bilan birga, ko’pincha diniy tusdagi ifodalar bo’ladi yoki kasamyod Qur`onda yoxud Injilda qabul qilinadi;
Uchinchidan, qasamyodni buzish Prezidentni javobgarlikka olib keladi, bu uning o’z lavozimidan chetlatilishi uchun asos bo’lishi mumkin (bunday marosim ko’p mamlakatlarda impichment nomini olgan);
To’rtinchidan, prezident o’ziga bevosita berilmagan vakolatlarga asoslangan harakatlarida unga qasamyod yuklagan majburiyatlarni ro’kach qilish imkoniga ega.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomiga, xususan, 93-moddasi respublika Prezidentining vakolatlariga bag’ishlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyasida ko’rsatilgan vakolatlarini maqsadi, mazmuniga ko’ra, shartli ravishda bir necha guruhga bo’lish mumkin:
Qonunchilik va qonuniylik sohasidagi vakolatlar;
Davlat organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar;
Fuqarolarning huquq, erkinliklari, burchlari va qonuniy manfaatlari sohasidagi vakolatlar;

Yüklə 29,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin