Mavzu: O'zgarmas tok generatorlari. Sinxron generatorlar. Akkumlyatorlar



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/3
tarix06.06.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#125645
  1   2   3
Ozgarmas-tok-generatorlari.

ELEKTR YURITMA TUSHUNCHASI

Zamonaviy sanoat va qishloq xojalik ishlab chiqarish juda kop korinishdagi texnologik jarayonlar bilan xarakterlanadi. Ularni amalga oshirish uchun esa minglab har xil turdagi mashina va mexanizmlar yaratilgan. Masalan, material va maxsulotlarni qayta ishlash dastgohlar, prokat stanlari va presslarda amalga oshiriladi; qattiq jism va buyumlarni, gaz va suyuqliklarni boshqa joyga kochirishda esa konveyerlar, kotarish kranlari, eskalatorlar, nasoslar va kompressorlardan foydalaniladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagilar kabi va koplab boshqa mashina va mexanizmlar shahar kommunal xojaligi, medisina texnikasi, turmush, aloqa, qurilish va transportda ham keng ishlatiladi.

Ishlab chiqarish mashinasi (yoki ishchi mexanizmi) bir qancha ozaro boglangan qismlar va uzellardan tuzilgan bolib, shulardan biri mexanik harakatni amalga oshirish orqali berilgan texnologik jarayonni bevosita bajaradi, shuning uchun u ijro organi deb ataladi.

Kopgina hollarda ijro organining - dastgoh shpindeli, prokat stanining valiki, lift kabinasi, konveyer tasmasining harakat tezligini rostlash talab qilinadi. Ba’zida esa ijro organlari harakat yonalishini ozgartirish (reverslash) zaruriyati ham tugladi. Ijro organi ozining harakati jarayonida, ishqalanish yoki yerni tortilish kuchlari, materiallarni egiluvchan va plastik deformasiyalari orqali vujudga keladigan harakatga qarshilikni bartaraf qiladi.

Shunday qilib, ijro organi, texnologik jarayonni bajarish uchun talab qilinadigan (ba’zida rostlanadigan) tezlik bilan mexanik harakatni bajo keltirishi bunda qarshilik kuchini bartaraf qilishi kerak boladi. Buning uchun, ijro organiga, alohida qurilma orqali muayyan mexanik energiyani keltirib berish lozim, ushbu qurilma ozining vazifasiga kora yuritma nomini olgan.

Yuritma mexanik energiyani, boshqa turdagi energiyalarni ozgartirish natijasida hosil qiladi. Foydalanilayotgan energiya turiga qarab gidravlik, pnevmatik, issiqlik va elektr yuritmalar farqlanadi. Hozirda ishlab chiqarish, kommunal xojalik va boshqa tarmoqlarda elektr yuritma eng kop qollanishga egadir, u hosil qilinayotgan elektr energiyaning 60 foizdan koprogini iste’mol qiladi.

  • Yuritma mexanik energiyani, boshqa turdagi energiyalarni ozgartirish natijasida hosil qiladi. Foydalanilayotgan energiya turiga qarab gidravlik, pnevmatik, issiqlik va elektr yuritmalar farqlanadi. Hozirda ishlab chiqarish, kommunal xojalik va boshqa tarmoqlarda elektr yuritma eng kop qollanishga egadir, u hosil qilinayotgan elektr energiyaning 60 foizdan koprogini iste’mol qiladi.
  • Elektr yuritmaning bunday keng qollanishi, uning boshqa korinishdagi yuritmalarga nisbatan bir qator afzalliklari va oziga xos xusiyatlari bilan belgilanadi:
  • 1) ozga turdagi energiyalarga, shu jumladan mexanik energiyaga ham, ozgartirilishi va ozining tarqatilishi eng tejamli bolgan elektr energiyadan foydalanganligi;
  • 2) quvvati va tezligini ozgarish doirasining kengligi: zamonaviy elektr yuritmalarining quvvat diapazoni vattning yuzdan bir ulushidan on minglab kilovatt orasida boladi, aylanish chastotasi esa valning bir minutdagi aylanish ulushlaridan bir necha yuz ming bir minutdagi aylanishgacha chegaralanadi;
  • 3) turli tuman shart-sharoitlarda ishlashi mumkinligi: agressiv suyuqlik va gazlar muxiti, kosmik fazo sharoitlari, past va yuqori haroratlar va boshqalarda. Elektr dvigatellarini konstruktiv bajarilishining kop turliligi esa elektr yuritmani ishchi mexanizm bilan qulay biriktirish imkoniyatini beradi;
  • 4) oddiy vositalar yordamida ijro organi harakatining har xil va murakkab turlarini hosil qilish, shuningdek harakat yonalishi va uning korsatkichlarini tezligi va tezlanishini ozgartirish mumkinligi;
  • 5) ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni ongayligi, elektr yuritmani ishlab chiqarishning umumiy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga osonlik bilan ulash mumkinligi;
  • 6) yuqori foydali ish koeffisienti (f.i.k.), ishlashdagi ishonchliligi, xizmat korsatuvchi hodimlar uchun qulay sharoitlari va atrof muxitni iflos qilmasligi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin