Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari. Pnevmatik o`zgartirgichlar



Yüklə 68,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü68,14 Kb.
#199346
  1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu



Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari. 
Reja: 
1.
 
Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari. 
2.
 
Pnevmatik o`zgartirgichlar. 
3.
 
Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalari. 
4.
 
Gidroyuritmalarning tavsifi va ishlash tamoyili 
 
Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari
Pnevmatik qurilmalar mashinasozlikda texnologik jihozlarni avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirishning effektiv vositalari bo`lib hisoblanadi. 
Bu ularning o`ziga hos prinsipial afzalliklaridan kelib chiqadi. Ushbu afzalliklar 
detallarni qisish va qayd etish jarayonini bajarishda, chiziqli o`lchamlarini nazorat qilishda
detallarni qirrasi bo`ylab burishda, yig`uv jarayonini bajarishda, yuklarni transportlarda tashish, 
detall va instrument asosiy ishlov berish sirtini tozalashda, sanoat robortlari harakatini amalga 
oshirishda namoyon bo`ladi.
Pnevmatik qurilmalarning bunday prinsipial afzalliklariga quyidagilar kiradi:

Tuzilishi va hizmat ko`rsatishining soddaligi; 

Yuqori buzilmay ishlash hususiyati mavjudligi; 

Harorat, namlik va changlikning keng diapazonida ishlash ishlash hususiyatini saqlab 
qolishi; 

Alohida pnevmatik qurilmalar uchun 10…20.000 soatga etadigan katta ishlash vaqti

Chiziqli harakat uchun 15m/s, aylanuvchi harakat uchun 20.000 ayl/daq. ga etadigan ijro 
mexanizmlar siljishining yuqori tezligi; 

Energiyatashuvchi (siqilgan havo)ni uzoq masofalarga uzatishini oddiyligi; 

Energiya ishlab chiqarishni markazlashgan manbai (odatda zavodning kompressor 
tarmog`i); 

Mexanizmning shikastlanishsiz to`xtash va tormozlanish imkoniyati. 

Pnevmatik qurilmalar quyidagi kamchiliklarga ega: 

Boshqaruvchi signallarni uzatish tezligining yuqori emasligi;

Yuklama tebranganda ishchi organlarning ravon siljishini ta‘minlashning qiyinligi; 

Siqilgan havoni ishlab chiqish narhining birmuncha qimmatligi. 
Stanoksozlikda va umuman mashinasozlikda pnevmatik texnika bosimning uch xil 
sathida ishlatiladi: yuqori sath (0.2 … 1.0MPa), o`rta sath (0.1 … 0.25MPa) va quyi sath (0.001 
… 0.01MPa). 
Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalariga quyidagilarni misol qilishimiz 
mumkin: 
1. Pnevmatik o`zgartirgichlar: 
1.1. Kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi o`zgartirgich. 
1.2. Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi o`zgartirgich. 
1.3. Kuchni tokka o`zgartiruvchi o`zgartirgich. 
1.4. Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartiruvchi o`zgartirgich.
1.5. Ikkilamchi pnevmatik asbob o`zgartirgichlari. 
2. Pnevmoavtomatikaning asosiy bo`ginlari: 
2.1. Pnevmatik kameralar. 
2.2. Bosimlarni pnevmatik hal qiluvchi kuchaytirgichlar. 
2.3. Pnevmatik signallarni eslab qolish va kechiktirish qurilmalari. 
2.4. Impulsatorlar. 
2.5. Pnevmatik impuls generatorlar. 
2.6. Alohida kirishlarga ega triggerlar. 
2.7. Pnevmatik chiziqli pulsatsiya beruvchi qarshiliklar. 
3. Uzluksiz harakatdagi pnevmatik rostlagichlar. 
3.1. Pozitsion rostlagich. 


3.2. Proporsional rostlagich. 
3.3. Proporsional-integral rostlagich. 
3.4. Proporsional-integral-differensial rostlagich.
4. Pnevmatik ijro mexanizmlari: 
4.1. Ilgarilanma harakat ijro mexanizmlari. 
4.2. Aylanma harakat ijro mexanizmlari. 
4.3. Purkovchi ijro mexanizmlari 
5. Rostlash organlari. 
6. Pnevmatik kuchaytirgichlar. 
7. Pnevmatik qaytargichlar. 
8. Pnevmatik taqsimlagich klapanlar. 

Yüklə 68,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin