4-rasm. Hajmiy gidroyuritma struktura sxemasi.
Gidroyuritmaning kuch qismi hisoblangan hajmiy gidrouzatma hajmiy nasos(yetaklovchi
dvigatelning mexanik energiyasini ishchi suyuqlik oqimi energiyasiga o`zgartirgich)
va hajmiy
gidrodvigatel(ishchi suyuqlik oqimi energiyasini chiqish qismining mexanik energiyasiga
o`zgartirgich)dan iborat.
Ba‘zi hajmiy gidrouzatmalar tarkibiga gidroakkumulyator ham kiradi.
Gidroakkumulyator bu gidrodvigatelni ishga tushirish uchun
keyingi safar foydalanish
maqsadida bosim ostidagi ishchi suyuqlik energiyasini to`plash uchun mo`ljallangan. Bundan
tashqari, hajmiy gidrouzatmalar tarkibiga gidroo`zgartirgichlarni ham kiritish mumkin.
Gidroo`zgartirgichlar
P
bosim va
Q
sarf qiymatga ega ishchi suyuqlik oqimi energiyasini boshqa
P
va
Q
qiymatga ega boshqa oqim energiyasiga o`zgartirib beruvchi
hajmiy gidromashinalar
hisoblanadi.
Boshqarish qurilmalari oqim yoki boshqa gidroyuritma qurilmalari orqali boshqarish
uchun mo`ljallangan. Bunda oqim bilan boshqarishda gidrotizimdagi bosim va sarfni o`zgartirish
yoki ma‘lum
sathda saqlash, shuningdek, ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini
o`zgartirish tushiniladi.
Boshqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
1.
Ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish,
gidrodvigatelni ishga
tushirishning talab qilingan ketma-ketligini ta‘minlash, chiqish qismlarning harakat
yo`nalishini o`zgartirish va shu kabilar uchun hizmat qiluvchi
Dostları ilə paylaş: