Rostlash imkoniyati bo`ycha: a) ekspluatatsiya qilish jarayonida gidrodvigatel
chiqish qismining tezligini talab qilingan qonuniyat bo`yicha o`zgartirish mumkin bo`lgan
rostlanuvchi gidroyuritma. O`z navbatida rostlash drosselli, hajmiy, hajmiydrosselli yoki nasosni
ishga tushiruvchi dvigatel tezligini o`zgartiruvchi bo`lishi mumkin. Bundan tashqari rostlash qo`l
orqali yoki avtomatik yo`l bilan amalga oshirilishi mumkin. Rostlash topshirig`I bo`yicha
gidroyuritma muvozanatlangan, dasturli yoki kuzatuvchi bo`lishi mumkin; b) ekspluatatsiya
jarayonida gidrouzatma chiqish qismining harakat tezligini o`zgartirb bo`lmaydigan
rostlanmaydigan gidroyuritma.
3.
Ishchi suyuqlikning sirkulyatsiya sxemasi bo`yicha: Ishchi suyuqlik gidrodvigateldan nasosning so`rib oluvchi gidroliniyasiga qaytadigan
sirkulyatsiyaning yopiq sxemali gidroyuritmasi (5a-rasm). Ishchi suyuqlikning yopiq
sirkulyatsiyali gidroyuritmasi zich, kichik massaga ega va nasos rotorining katta chastotada
aylanishiga imkon beradi. Kamchiliklariga ishchi suyuqlikni sovitish sharoitining yomonligini,
shiningdek gidroapparaturani almashtirish yoki remont qilishda gidrotizimdan ishchi suyuqlikni
bo`shatish zaruriyatini kiritish kerak.
Gidrobak yoki atmosfera bilan doimiy bog`langan ishchi suyuqlikdagi sirkulyatsiyaning
ochiq tizimli gidroyuritmasi(5b,v,g-rasm). bunday sxemaning afzalliklari – ishchi suyuqlikni
sovutish va tozalash sharoitining yaxshiligi. Lekin, bunday gidroyuritmalar qo`pol va katta
massaga ega, nasos rotorining aylanish chastotasi esa so`rib oluvchi gidroyuritmadagi ishchi
suyuqlik harakati ning ruhsat etilgan tezliklari bilan chegaralanadi.
4.
Ishchi suyuqliklarni uzatish manbasi bo`yicha: bunday gidroyuritmalar tarkibiga
kiruvchi, nasoslar yordamida gidrodvigatellarga ishchi suyuqlikni uzatuvchi nasosli
gidroyuritmalar; bunday gidroyuritmalar tarkibiga kirmaydigan, dastlab tashqi manbalardan
zaryadlangan
gidroakkumulyatorlardan
gidrodvigatelga
ishchi
suyuqlik
uzatiladigan
akkumulyatorli gidroyuritmalar;
Gidroyuritmalar tarkibiga kirmaydigan maxsus magistraldan gidrodvigatellarga ishchi
suyuqlik uzatiladigan magistralli gidroyuritmalar.
5.