5-rasm.
Hajmiy gidroyuritmaning ishlash prinsipi Paskal qonuniga asoslangan (5-rasm). Nasos 1
orqali ishchi suyuqlik bosim hosil qiluvchi gidroliniya 3 ga uzatiladi, keyin taqsimlagich 5
orqali
gidrodvigatel 2 ga keladi. Gidrotaqsimlagichning bitta holatida gidrodvigatelning ishchi yo`li
namoyon bo`lsa, boshqa holatida esa salt yo`li ko`rsatiladi. Dvigateldan
suyuqlik taqsimlagich
orqali to`kib yuboruvchi gidroliniyaga va keyin esa gidrobak 9 yoki nasosning so`rib oluvchi
gidroliniyasiga kelib tushadi (5a-rasm). Idishda suyuqlik sovutiladi
va gidrotizimga qayta
yuboriladi.
Gidroyurutmaning ishonchli ishlashi faqatgina ishchi suyuqlikni 8 filtrlar bilan mos holda
tozalashga bog`liq.
Gidrodvigatelning chiqish qismi harakat tezligini rostlash drosselli yoki hajmiy bo`lishi
mumkin. Drosselli rostlashda gidrotizimda rostlanmaydigan nasoslar o`rnatiladi, chiqish
qismining harakat tezligini o`zgarishi esa ishchi suyuqlik sarfini drossel 6 orqali o`zgartirsh bilan
erishiladi. Hajmiy rostlashda gidrodvigatel chiqish qismining harakat tezligi rostlanuvchi nasosni
uzatish bilan yoki rostlanuvchi gidromotorni qo`llash hisobiga o`zgaradi.
Gidrotizimni bosimning haddan tashqari ortib ketishidan himoya
qilish maksimal ruhsat
etilgan bosimga sozlangan saqlagichli 4a yoki qayta quyuvchi 4b klapanlar bilan ta‘minlanadi.
agar gidrodvigatelga qo`yilgan yuklama o`rnatilgan qiymatdan ortib ketsa,
u holda ishchi
suyuqlikning barcha oqimi gidrodvigatelga qaramasdan saqlagichli yoki qayta quyuvchi
klapanlar orqali ketadi. Gidrotizimning alohida sohalarida bosim nazorati manometr 11 orqali
amalga oshiriladi.
Gidroagregatlar ishlash jarayonida ishchi suyuqlikning sirqib chiqib turishi sodir bo`ladi.
Yopiq sirkulyatsiyali gidrotizimlarda ishchi suyuqlikning sirqib chiqishi natijasida kamaygan
o`rni mahsus suyuqlik nasosi 1a bilan to`ldirib turiladi (5a-rasm).