Pnevmatik o`zgartirgichlar. Ikkilamchi pnevmatik texnik vositalardan o`zgartirgichlarga to`htalib o`tamiz.
O`zgartirgichlarning ikkita turini ko`rib o`tamiz.
Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
Ushbu o`zgartirgichning kirish signali bo`lib magnitoelektrik o`zgartirgich g‘altagidagi
i tok, chiqish signali bo`lib esa quvvat kuchaytirgichi chiqishidagi siqilgan havo bosimi
P hisoblanadi (1-rasm).
1-rasm. Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich. a) qurilma; b) struktura sxema; v) statik xarakteristika 1-richak; 2-nol korrektor; 3-doimiy drossel(tartibga soluvchi klapan); 4-qopqoqli konus
naycha; 5-pnevmatik quvvat kuchaytirgichi; 6-silfon; 7-magnitoelektrik o`zgartirgich;
8-kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
O`zgartirgich ketma-ket ulangan ikkita o`zgartirgichdan iborat (1.b-rasm). Birinchi -
i kirish tokni
F kuchga o`zgartiruvchi magnitoelektrik o`zgartirgich 7. Ikkinchi – ushbu kuchni
siqilgan havo bosimiga o`zgartirib beruvchi o`zgartirgich 8. Demak, ikkala o`zgartirgichning
statik xarakteristikasi chiziqli bo`lsa, u holda tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi barcha
o`zgartirgichlarning statik xarakteristikalari ham chiziqli bo`ladi.
O`zgartirgichning statik xarakteristikasi 1v-rasmda ko`rsatilgan.
Nol kirish tokida P
0
=0.2*10
5
Pa chiqish bosimi boshlang‘ich qiymatini o`rnatish nol
korrektor 2 orqali bajariladi.
Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirish uchun sanoatda EPP-60 tipdagi o`zgartirgichlar
chiqariladi.
Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich. O`zgartirgichning kirish signali trubkali prujinaga keluvchi bosim
P , chiqish signali esa
tok i (2-rasm). O`zgartirgichning struktura sxemasi 2.b-rasmda ko`rsatilgan.